3.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari;
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul
qilingan O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha “Harakatlar
strategiyasi to'g'risida”gi Farmonida olib borilayotgan isloxotlar samarasini yanada
oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha
soxalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish
maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiklandi . Ushbu Harakatlar
strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo'nalishlari aloxida muxim o'rin egallaydi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkiby
o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini
oshirish masalasi turadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o'zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doyr loyixalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida e'tiborga loyiq.
2016 yilda iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSh dollaridan ko'p investitsiya kiritildi,
bu 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko'pdir. O'zlashtirilgan chet el investitsiya va
kreditlari xajmi esa 11,3 foizga o'sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo'ldi.
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard
dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob'ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon
IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug'-gaz turbinasi va Angren IESda ko'mir
kukunidan foydalanishga mo'ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki
qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, “Indorama
Qo'qon tekstilь” xorijiy korxonasi va “Fanteks” MChJda yigiruv ishlarini tashkil
etish, “GM O'bekiston” aktsiyadorlik jamiyatida «T-250» ruso'midagi yengil
avtomobillar ishlab chikarishni tashkil qilish», shu bilan birga, «Sirdaryo
viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo'ushma korxonasida steril shpritslar ishlab
chiqarish» va boshqa loyixalar shular jumlasidandir .
2017-2021 yillarda O'bekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida tarkibiy o'zgartirishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo'nalishida
korxonalarning mablag'lari, O'zTTJ, tijorat banklari kredita, xorijiy investitsiya va
kreditlar xisobidan 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari
miqdoridagi 649 ta investitsiya loyixasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari
amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat maxsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar,
uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash
tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi
raqobatdosh tayyor maxxsulotlar o'zlashtiriladi.
2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish
quvvatini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
- meva-sabzavot va go'sht-sut maxsulotlarini qayta ishlash soxasida 147 million
dollarlik 63 ta loyixa;
- rangli va qimmatbaxo metallarni chuqur qayta ishlash bo'yicha 217 million
dollorlik 6 ta loyixa;
- kimyoviy xom ashyolarni chuqur kayta ishlash bo'yicha 25 million dollarlik 2 ta
loyixa;
- uglevodorod xom ashyolarini kayta ishlashni chuqurlashtirish bo'yicha 342
million dollarlik 6 ta loyixa;
- tayyor charm-poyabzal maxsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha 6
million dollarlik 9 ta loyixa;
- farmatsevtika maxsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo'naltirilgan 24 million
dollarlik 7 ta loyixa;
- qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo'yicha 151 million
dollarlik 29 ta loyixa;
- tayyor to'qimachilik va tikuv-trikotaj maxsulotlari ishlab chikarishni oshirish
bo'yicha 178 million dollarlik 15 ta loyixa.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida 2017-2021
yillarda axolining energiya ta'minotini yaxshilash uchun ko'mir qazib olish
soxasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish xisobidan ko'umir qazib olishni
yiliga 7,8 million tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyixalarni
amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-xarakatlar, ularning natijalari atroflicha
muxokama qilinmokda.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish
masalasini xal etish bo'yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch
tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va
moliyaviy sog'lomlashtirish hamda ishlab chikarish quvvatlaridan foydalanish
darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko'paytirishga erishish
rejalashtirilgan. Bu tadbirlar latijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi,
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko'payadi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim o'zgarish
korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o'zgarishlar va diversifikatsiyaning
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional isloxotlarning
sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo'l ochib berish, sanoat ishlab
chikarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori
korxonalarini qo'llab-quvvatlash, o'rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish
bo'yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga karatildi.
Turizm tarmog'i jaxon savdosining eng yirik tarmog'iga aylanib bormoqda
va bugungi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad
keltirish bo'yicha ikkita yirik tarmoq — neftь qazib olish va avtomobil sanoatidan
keyingi uchinchi uchinchi o'rinda turadi. Turizm soxasi jaxonda bo'ladigan jami
eksportning 10 foizini beradi xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to'g'ri
keladi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari
xodimlarining ish xaki, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini
inflyatsiya sur'atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib
qo'yilgan.
Byudjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy
nafaqalar xajmi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida
muntazam oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016 yil 22 avgustdagi PF-
4822-son «Ish xaki, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish
to'g'risida»gi Farmoniga asosan 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab O'zbekiston
Respublikasi hududida eng kam:
- ish xaki - oyiga 149 775 so'm;
- yoshga doyr pensiyalar - oyiga 292 940 so'm;
- bolaligidan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 292 940 so'm;
- zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mexnatga layoqatsiz
fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 179 755 so'm kilib belgilandi.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash tizimini tubdan
takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va axolining boshqa ijtimoiy extiyojmand
qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so'zsiz ta'minlash, ularning
O'zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar
uchun to'lovlarni to'siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish
maqsadida O'bekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaki,
pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doyr
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-2753-son karori qabul kilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevralь oyidan boshlab:
- barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida xech kanday cheklovlarsiz
to'liq xajmda naqd shaklda beriladi;
- 58 ta tog'li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to'lash,
ijtimoiy to'lovlar hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga
oshiriladi;
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo'lsada,
o'tgan yili Bandlikka kumaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5
foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl
va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik.
Bunday xolat bandlikka ko'maklashishiing faol siyosat choralarini amalga oshirish,
ya'ni ish o'rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj axoli
toifalarini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlik faolligini rag'batlantirish chorasini
ko'rishga zaruriyatini keltirib chikaradi.
Shuningdek, Harakatlar strategiyasida o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi
muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta'lim
yo'nalishlarini qisqartirishii va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab
chiqarish soxasi, uy-joy kommunal xo'jaligi soxasi mutaxassislari tayyorlashni
kengaytirishni ko'zda tutuvchi o'rta maxsus va kasb-hunar ta'lim mutaxassislik
yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish rejalashtirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenta Sh.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor yo'nalishlariga
bag'ishlangan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruzasida
ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to'xtalib,
quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar: «Uchinchi vazifa - ayollarni ularga munosib
mexnat bilan bandligini ta'minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari
yaratish borasidagi muxtsm masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik,
xunarmandchilik, tomorqa xo'jaligini keng rivojlantirish ishlari amalga
oshirilmoqda».
Do'stlaringiz bilan baham: |