Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204
Bog'liq
dorivor

Shaqiqa (migren’) kasalligi

Shaqiqa, boshning bir tomonida ko’zg’aladigan og’riqdir. Jolinus esa 
uni boshning o’rtasigacha qoplovchi og’riq deb ta`rif qiladi. Uning sababi 
ba`zan bosh kosasining ichida, ba`zan kosani sirtdan o’rab turuvchi pardada 
bo’ladi, ko’pincha og’riq chakka mushaklarida bo’ladi. Uning sababi bosh 
kosasining sirtida bo’lsa, og’riq boshga tegishli ko’tara olmaydigan darajaga 
yetadi. Moddalar og’riq o’rniga tashqi venalar yoki arteriyalar orqali yoki 
miyaning o’zi va pardalari orqali yetishadi, bunda ko’pincha, bosh 
kosasining choklari orqali ko’tariladi. Shaqiqa aksariyat hollarda moddali 
mizoj buzilishidan vujudga keladi. Moddasiz buzilgan mizojdan shaqiqa 
deyarli vujudga kelmaydi. 


169 
Xiltlardan bo’ladigan shaqiqa issiq xiltlardan, sovuq xiltlardan va 
keraksiz gazlarni to’planishidan bo’lishi mumkin. Sovuq moddadan 
bo’ladigan shaqiqa isitish bilan tezda bosiladi va unda tortishish ham 
seziladi. haroratli modda bilan bo’ladiganida boshni ushlab ko’rilganda issiq 
tuyuladi, chakkalarida lo’qillash seziladi va sovituvchi narsalardan 
rohatlanadi, shuningdek, og’riq zo’rayganda sovuq moddali shaqiqada 
sovuqlik va issiq moddalisida issiqlik seziladi. 
Davolash. 
Shaqiqani davolash xuddi bayza kasalligidek, tomirdan, 
ayniqsa, peshona va chakka tomiridan qon olish, surgi dori va huqnalar 
ishlatish hamda moddani qarshiga tortish bilan davolanadi. Sabr ivitilgan 
sachratqi suvi issiqdan bo’lgan shaqiqada foyda qiladigan dorilardan 
sanaladi. Bu dorilardan har gal bir uqiyadan olti uqiyagacha ichiriladi. 
Peshona tomiridan va shuningdek, burun tomiridan qon olish ham juda 
foydalidir. 
Agar Shaqiqa davriy bo’lsa, tutishidan burun butun badanni tozalab, keyin 
mizojni o’zgartirish kerak, modda issiq bo’lsa, afyun, mehrigiyo ildizining 
po’stlari, ukrop, mingdevona va kofurdan iborat uvishtiruvchi dorilarni ikki 
chakkaga surtiladi. 
Shaqiqa kasalligi bilan og’rigan bemorlarga gohida yozuv siyohi ham foyda 
qiladi, uni boshning kasal tomoniga surtiladi. Za`faron shaqiqaga 
uchraganlarning peshonalariga suriladigan dorilardandir. Bundan tashqari
gazago’t yalpizni siyox va gul yog’i bilan qo’shib tayyorlangan quyuq 
surtma ham foyda qiladi.
Shuningdek, pavel qo’lchalari, dafna daraxtining mevasi va gazago’tning 
bargidan bir bo’lakdan va xardaldan yarim bo’lak olib, suv bilan qo’shib, 
quyuq surtma va tog’ gazago’tining yelimidan tayyorlangan mumli surtma 
ham ishlatiladi. 


170 
Agar mizoji sovuq bo’lsa, farfiyun, xardal, nazla o’ti va shularga o’xshash 
dorilar bilan quyuq surtma qilinadi. Ammo uzoq vaqtga cho’zilgan Shaqiqa 
hamma vaqt ham sovuq moddadan kelgan bo’lib, unga qarshi tarqatuvchi va 
kuchli qizdiruvchi dorini ishlatishga to’g’ri keladi. 
Badanni bo’shattirib tozalaganingdan keyin surtiladigan dorilarni 
ishlatish kerak bo’lsa, oldin og’riq tomondan chakka mushagiga surtma 
surtiladi. 
Uvishtiruvchi dori ishlatilganda luqillab og’riq kuchaysa, og’riq 
tomondagi chakka arteriyasiga afyun va anziratgo’shtxo’rni burishtiruvchi 
dorilar bilan birga surtma qilib ishlatish foyda qiladi. O’sha yerga taxtacha 
bog’lansa, lo’qillatib og’ritayotgan kuchli tomir urishga to’sqinlik qiladi. 
Bundan tashqari, yovvoyi bodring ildizi va ermanni suv va zaytun 
yog’ida titilgunicha qaynatib,boshning og’riyotgan tomoniga shu suv va 
yog’ni issiq holida quyiladi va cho’kindisini quyuq surtma qilib bog’lanadi. 
O’sha xotin har gal shu dorini ishlatganida Shaqiqa xox isitmali bo’lsin, xox 
isitmasiz bo’lsin, tuzalar ekan. 
Agar kasallik uzoqqa cho’zilsa, tog’ gazago’ti yelimi, kovul ildizining 
po’sti, dengiz piyozi va farfiyunlarni yanchib, elakdan o’tkaziladi va
rayxoniy sharob bilan qorib quyuq surtma qilinadi, bu haqiqatdan ham
juda foydali bo’lib hisoblanadi. Shaqiqaga uchraganlarga dastlab hammomga 
tushish va issiq suvga bir necha martagacha engashib turish ham foydali
ishlardan hisoblanadi. Bemorlarning burniga pista yog’i yuboriladi, bu 
og’riqni o’sha zahotiyoq qoldiradi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish