Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Asab tizimining funksional kasalliklari



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   204
Bog'liq
dorivor

Asab tizimining funksional kasalliklari 
 


166 
 
Bayza yoki huda (temir qalpoq) kasalligi
Bu xil bosh og’irig’ining «temir qalpoq» deb atalishi boshning hamma 
qismini o’rab olganligidandir. Bu butun boshni o’rab oluvchi, turg’un va 
uzoq vaqt cho’ziladigan bosh og’rig’i bo’lib, u har vaqt arzimagan bir sabab 
bilan qo’zg’alishi mumkin. Kasallikni harakat qilish, ichkilik ichish yoki gaz 
paydo qiluvchi maxsulotlarni yeyish ko’zg’atishi mumkin. Ba`zan kasallik 
kuchli tovush, ba`zan o’rtacha tovushdan ham qo’zg’aladi, shuning uchun bu 
kasallik bilan og’rigan bemorlar qattiq tovushni, yorug’likni va odamlar bilan 
aralashishni yoqtirmay qoladi. Bemor yolg’iz qolishni, qorong’ulik, tinchlik 
va chalqancha yotishni yaxshi ko’radi. 
Kasallik klinikasi juda kuchli bo’lib, go’yoki boshga bolg’a 
urilayotgandek yoki boshi bir tomonga tortilayotgandek, yorilayotgandek 
bo’lib tuyuladi va og’riq ko’z taglarigacha boradi. 
Jolinus bu kasallikning etiologiyasi miyaning kuchsizligi yoki miya 
sezgisining kuchliligi, deb ko’rsatadi. U kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy 
sabab qilib, organizmda yetilmagan xilt yoki issiq va sovuq shishlarni 
ko’rsatadi. Bu bosh og’rig’i, ko’pincha savdo, safro moddasi hosil qiluvchi 
shishlardan vujudga keladi. Shish, ko’pincha miya pardasining o’rtasida 
bo’lib, yo bosh kosa suyagining sirtida yoki ichkarisida bo’ladi. Bosh 


167 
og’rig’ining sababi shish yoki boshqa narsa bu bosh kosasi ichidagi pardada 
bo’lsa, kasal og’riqni ko’ziga cho’zilib borayotganini sezadi, chunki u parda 
kovak asablarni o’raydi va uning bir bo’lagigacha boradi. Agar sabab sirtqi 
pardada bo’lsa, boshga qo’l tegishi bilanoq og’riq seziladi va kasal boshiga 
qattiqroq tegishni yoqtirmaydi. 
Bu bosh og’rig’i, ko’pincha, ilgari bo’lib o’tgan kasalliklar natijasida 
ham
 
paydo bo’ladi: u kasalliklar sababli miya moddasi va uning ichki 
pardalari kuchsizlangan bo’ladi, natijada har qanday ta`sirotdan qo’zg’alishi 
mumkin. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, boshni sirtqi va ichki tomondan 
o’rab turadigan og’riqni garchi uning sababi, me`dadagi yoki boshdagi turli 
patologik jarayonlar bo’lsa xam, bu kasallik temir qalpoq deb nomlangan. 
Davolash. Kasallikning sababi qon ko’pligi bo’lsa, tomirdan qon 
olinadi. 
Burishtiruvchi xossaga ega bo’lgan erituvchi va qizdiruvchi yengil 
dorilar solib tayyorlangan suvlarni kasal boshiga surtiladi. 
Masalan: qora chayir guli, bobuna, yalpiz. Asta-sekin kuchli dorilarni 
ishlatishga o’tib o’ziga mos keladigan dorilar bilan bo’shatish, bundan 
tashqari, xab dorisini mastaki bilan qo’shib iste`mol qilish juda foydali 
tadbirlardan biri hisoblanadi. Buni har uch kunda 1 marta iste`mol qilib 
turiladi. Bo’shatishdan keyin miyani
va uning pardalarini quvvatlovchi 
dorilar beriladi. Mushkianbardan tayyorlanadigan hidli dorilar shular 
jumlasidandir, bularga yana kofur ham aralashtiriladi. 
Kasalning boshiga, doimo issiq va uvishtiruvchi quyuq surtmalarni
surtib turish kerak. Kasallik belgilari pasaysa, ularni hammomga tushirib, 
kuchli tarqatuvchi quyuq surtmalardan foydalaniladi. Agar bosh og’rig’i 
boshlanish davrida bo’lsa moddalarning issiqligi ma`lum bo’lsa, kasalga bir 
necha kun ketma-ket bodom yog’i bilan xiyorshanbar mag’zi ichiriladi. 


168 
Bemorlarning burniga mo’miyo bilan binafsha yog’ini yuborish ham 
foyda qiladi. 
Agar «temir qalpoq» uzoqqa cho’zilsa, u issiq sababdan paydo bo’lgan 
bo’lsa ham sovuq mizojga aylanishi mumkin. Uzoqqa cho’zilgan «temir 
qalpoq»ni kuchli tarqatuvchi va qizdiruvchi dorilardan boshqasi ketkiza 
olmaydi. Ayrim hollarda bosh og’rig’iga uchraganlarga «yulduz kulchalari»,
mushk dorisi va shunga o’xshashlarni burunga yuborish ham foyda qiladi.
«Temir qalpoq» bosh og’rig’ida isituvchi kompresslar, arteriyalardan 
qon olish va ularni kesish hamda peshona tomiridan qon olish davolash 
choralariga kiradi. Ovqatlanish tadbiri esa gaz paydo qilmaydigan 
mahsulotlardan iborat bo’lishi kerak, masalan, ular shirin bodom yog’i bilan 
yasmik yeyishlari va shuningdek, sabzavotlar sho’rvasi ovqatlanish tartibida 
bo’lish kerak. Sovuq mizojli kishilarga ham o’shanday ovqat beriladi. 
Asosiy surtuvchi dorilar: Afyun, daraxt yelimi, za`faron va arab yelimidan 
tayyorlanadi. Bemorga qo’l-oyoqlarning uvishishi kuzatilsa, dori chakkaga 
va qo’l-oyoqlarga surtiladi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish