504
Indeterminizm sababiy aloqalarni mutlaqo inkor etadi yoki uni tafakkurga
xos hodisa, deb hisoblaydi. Jumladan, ayrim hozirgi zamon Јarb fiziklari
mikroolamda ham, psixik jarayonlarda ham, ijtimoiy hayotda ham sababiyat
yo‗qligini isbotlashga urinmoqda. Dalil sifatida ular klassik mexanika qonunlarini,
mikroprotsesslarga va kvant mexanikasiga qo‗llanilishi mumkin emas, deb
ko‗rsatmoqdalar. Ular makro va mikro jarayonlarning o‗ziga xos jihatini e‘tiborda
tutmaganlari holda, makro jismning fazodagi holati va tezligini ayni bir vaqtning
o‗zida aniqlash mumkinligi masalasini mikrozarralarning koordinati va impulsini
bir vaqtda cheksizlik bilan aniqlash mumkin emasligi masalasiga qarshi
qo‗ymoqdalar.
Biroq, klassik fizika qonunlarini kvant mexanikasiga
mos kelmaganligi
mikrozarralar olamida sababiy aloqa yo‗qligini bildirmaydi. SHu bilan birga,
mikrozarralar o‗z harakatida hech qanday qonuniyatga bo‗ysunmaydi va hech
qachon erkin yo‗nalishda bo‗lmaydi. SHuni ham hisobga olish zarurdirki, kvant
mexanikasi
o‗rganadigan mikrozarralar klassik mexanika o‗rganadigan
ob‘ektlardan sifat jihatidan farqlanadi. Buni hozirgi zamon fizikasining dalillariga
qarab isbotlash mumkin.
Sabab va oqibat zanjirida birinchi kelgan hodisa sabab, undan so‗ng sodir
bo‗lgan voqea oqibat bo‗lar ekan, lekin bundan har qanday ketma-ket kelgan
hodisalarning
birinchisi doim sabab, ikkinchisi doim oqibat bo‗laveradi, degan
xulosa kelib chiqmasligi lozim. CHunonchi, yoz bahordan so‗ng keladi, kunduzdan
so‗ng tun boshlanadi, bundan bahor yozga sabab yoki kechasiga kunduzi sabab,
deb xulosa chiqarish tamomila nojo‗ya bo‗lar edi. Bu misollardagi hodisalarning
asli sababi Erning o‗z o‗qi va Єuyosh atrofida aylanishidir.
Sabab va oqibat bir-biri bilan o‗rin almashishi, oqibat boshqa hodisaga
nisbatan sabab rolini o‗tashi ham mumkin. Masalaning bu jihatini ushbu misolda
ko‗ramiz. Muayyan
organizmning biror qismini, o‗ziga xos patologiyasini
o‗rganish uni davolashning yo‗li va metodlarini ishlab chiqishga sabab bo‗ladi.
Organizmning shu kasallangan qismini davolash oqibatida yana bir boshqa
qismidagi kasallikning oldini olishga sabab bo‗ladi. Sabab va oqibatning mazkur
holatini xarakterlab, sabab bilan natija doimo o‗rin almashtirib turadi, ya‘ni hozirgi
vaqtda sabab bo‗lgan narsa boshqa vaqtda natija bo‗ladi va aksincha.
Inson o‗z amaliyotida sabab va oqibat aloqasining muhim hamda nomuhim
tomonlarini, sababiy aloqalarning xilma-xilligini birdaniga ajratib va bilib
ololmaydi. SHuning uchun kuzatish, bilish, amaliy faoliyat jarayonida muayyan
oqibatning kelib chiqishidagi aniq sababning o‗rni va ahamiyatini anglash,
asosiy
va asosiy bo‗lmagan, ichki va tashqi sabablarga ajrata olish kerak. Asosiy sabab
hodisa va jarayonning kelib chiqishini zaruran belgilaydigan hamda uning eng
muhim xususiyatlarini ifodalovchi sababdir. Asosiy bo‗lmagan sabab esa voqea va
hodisaning yo‗nalishini belgilamaydigan, unga aytarlik ta‘sir ko‗rsata olmaydigan
sababdir. Masalan, ijtimoiy rivojlanishni belgilaydigan asosiy sabab moddiy va
ma‘naviy boyliklardir. Geografik muhit va aholi zichligi ham jamiyat taraqqiyotiga
muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatadi.