Нигинахон шермухамедова


elementlar olinadi. Element



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

elementlar
olinadi.
Element
–(lot. 
elementum
– birlamchi modda) 
butunning nisbatan 
bo„linmas qismi. Q
ism tushunchasi o‗z hajmiga ko‗ra «element» tushunchasidan 
kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‗linmas qism. Bunda 
«qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan 
munosabatga kirishadi. Element
 
narsaning boshqa bo‗linmaydigan zarrasini 
anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar 
moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma‘lumki, atom parchalanadi. 
Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? 
SHuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman 
maydonlarning elementlari hisoblanadi.
Element qismdan farqli o‗laroq, har qanday sistemaning muayyan tarkibiy 
qismi bo‗lib, materiya rivoji tashkillanish darajasining nisbatan navbatdagi quyiroq 
darajasiga o‗tish chegarasini anglatadi. Element sistemaga nisbatan har doim 
boshqa sifatdagi ob‘ekt ham bo‗la oladi. Masalan, xozirgi rivojlangan 
mamlakatlardagi davlat tuzilishi sistemasi nisbatan mustaqil harakat qiluvchi to‗rt 
element (hokimiyat)dan tashkil topadi: qonun chiqaruvchi organ, ijroiya organi, 
sud organi va ommaviy axborot vositalari. Davlat sistemasi doirasida, bir-birining 


499 
ishlariga aralashmay, faqat o‗ziga xos funksiyalarni bajarganlari takdirdagina 
bunday davlat sistemasi hayotiy, ta‘sirli va qudratli bo‗ladi. Mabodo o‗sha to‗rt 
elementga bir butunning tarkibiy qismlari sifatida qaralsa va munosabat bildirilsa, 
ularning samarali ishlashiga jiddiy putur etadi.
Elementlar sifatida narsalar, jarayonlar, xossalar, kattaliklar va hodisalarning 
boshqa har qanday xususiyatlari amal qilishi mumkin. Elementlar o‗rtasidagi 
munosabatlar yig‗indisi tizimning strukturasini tashkil etadi. Hamonki narsalar va 
jarayonlarni turli usulda qismlarga ajratish mumkin ekan, ular strukturalarning 
rang-barangligi bilan tavsiflanadi.
Hodisalarni o‗rganishga nisbatan tizimli-strukturaviy yondashilganda 
«yaxlitlik effekti»ni e‘tiborga olish lozim: butun doimo uning qismlari 
yig‗indisidan kattaroq narsadir. Ayni hol u tashkillashtirilgani, ya‘ni tizim 
elementlarini bir butunga birlashtiradigan tizim yaratuvchi, tartibga soluvchi 
aloqalarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu aloqalar qancha kuchli bo‗lsa, 
tizimning yaxlitlik darajasi shuncha katta bo‗ladi. Tizimlarni o‗rganishda ularning 
xossalarini ularning qismlari xossalariga bog‗lash mumkin emasligini hisobga 
olishni talab etuvchi yaxlitlik tamoyili tizimli yondashuvning asosiy tamoyillaridan 
biridir.
Narsalar va jarayonlarni harakatdagi tizimlar sifatida o‗rganish ikki jihatni 
farqlash imkonini beradi.
1. Tizimda yuz berayotgan elementlar va strukturaning o‗zgarishlari bir-
birining o‗rnini shunday to‗ldiradiki, tizimning o‗zi o‗zgarishsiz qoladi yoki siklli 
o‗zgaradi, ya‘ni muntazam ravishda ayni bir holatga qaytadi. Bu statsionar tizimlar 
deb ataladi. Ularga, masalan, gomeostatik tizimlar, tebratuvchi (ossillyasiya 
qiluvchi) tizimlar – o‗zgaruvchan yulduzlar, ishlayotgan yurak va shu kabilar 
kiradi.
2. Elementlar va strukturaning o‗zgarishi natijasida tizimda orqaga qaytarib 
bo‗lmaydigan sifat o‗zgarishlari yuz beradi. Pirovardida tizim o‗zining dastlabki 
holatidan butunlay boshqacha shakl-shamoyil va mazmun kasb etadi. Bu 
nostatsionar yoki evolyusiya qiluvchi tizimlar deb ataladi. Ularni biz o‗z 
atrofimizda ko‗p kuzatamiz: bular yuluzlar, sayyoralar, geologik tuzilmalar, jonli 
organizmlar va h.k.
Berk (tashqi muhit bilan o‗zaro aloqa qilmaydigan) tizimlar statsionar 
holatga evolyusiya qiladi. Bu holat zarralarning tartibsiz harakati bilan tavsiflanadi 
va turg‗un hisoblanadi, chunki bunday harakat natijasida u o‗zgarmaydi. Ammo 
mutlaqo berk tizimlar tabiatda mavjud emas. Amalda mavjud bo‗lgan tizimlarning 
barchasi ochiqdir. 
Statsionar va evolyusiya qiluvchi ochiq tizimlar o‗rtasidagi farq nisbiydir. U 
ko‗p jihatdan kuzatish vaqtiga bog‗liq.
Masalan,quyosh sistemasi yoki bizning Galaktika statsionar deb tasavvur 
qilinadi, chunki ularda yuz beruvchi o‗zgarishlar inson hayoti va hatto 
insoniyatning mavjudlik davri bilan taqqoslaganda juda sust kechadi. Ammo 
millionlab va milliardlab yillar ichida bu sistemalarda orqaga qaytarib 
bo‗lmaydigan o‗zgarishlar baribir yuz beradi.


500 
YOki boshqa bir misol. Hozirgi zamon kosmologiyasida Metagalaktika 
(bizni qurshagan barcha astronomik ob‘ektlarni qamrab olgan kosmik sistema) 
nostatsionar sistema sifatida qaraladi; taxminan 20 mlrd yil oldin o‗ta zich 
jismning portlashi natijasida vujudga kelgan bu sistema shundan beri tinimsiz 
kengayib bormoqda. Ammo vaqt o‗tishi bilan kengayish siqilishga o‗tishi va 
Metagalaktika «pulsatsiya qiluvchi» statsionar sistemaga aylanishi mumkin.
Biz tizimni kuzatayotgan davr mobaynida unda yuz bergan orqaga qaytarib 
bo‗lmaydigan o‗zgarishlar ularni e‘tiborga olmaslik mumkin bo‗lgan darajada oz 
bo‗lgan taqdirda biz odatda ularni mavhumlashtiramiz va tizimni statsionar deb 
hisoblaymiz. SHu sababli barcha ob‘ektlar pirovard natijada evolyusiya qiluvchi 
tizimlar hisoblanadi (garchi uzoq vaqt mobaynida deyarli o‗zgarishsiz statsionar 
holatda bo‗lishi mumkin bo‗lsa ham).

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish