Marketing darslik



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

 
 
 
 
 
 
4.5- rasm. Marketing tomonidan nazorat qilinadigan ichki omillar 
Uncha katta bo„lmagan yoki o„rtacha tashkilotlarda umumiy siyosat 
masalalarini ham marketing qarorlarini ham, bir shaxs, odatda, mulk egasi 
yoki oliy rahbar qabul qiladi, lekin bunday hollarda dastavval umumiy 
maqsadlarni belgilash, so„ngra ularga marketing rejalarini moslashtirish 
kerak. 
Nazorat qilinmaydigan omillar tashkilot va uning marketing xizmatlari 
tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta‟sir ko„rsatuvchi tarkibiy 
qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta‟siri natijasida 
qanchalik jozibali bo„lmasin har qanday reja barbod bo„lishi mumkin. 
Shuning uchun tashqi muhitni muntazam kuzatish, uning ta‟sirini hisobga 
olish lozim, kutilmagan vaziyatlar sodir bo„lganda qilinadigan ishlar rejada 
ko„zda tutilishi kerak. 
Quyidagi rasmda esa marketingni tashqi omillari (makromuhit 
omillari) keltirilmoqda (4.6- rasm). 
Nazorat: 
kundalik; 
vaqti-vaqti bilan 
Maqsadli bozorni
tanlash (segmentni): 
hajmi bo„yicha; 
tavsifnomalari bo„yicha 
Marketing 
maqsadlari: 
iste‟molchilarning
ehtiyojini qondirish; 
foyda olish;
imidj; 
o„ziga xos ustunliklari 
Marketing
tuzilishi (kompleksi) 
tovar xizmat; 
narx; 
taqsimot; 
kommunikatsiya
va siljitish 
Marketingni
tashkil etish: 
turlari 
Firma
(korxona) 
marketingi


62 
4.6- rasm. Tashqi omillar (makromuhit omillari) 
Quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni doimo hisobga olish va 
oldindan ko„ra bilish talab etiladi: iste‟molchilar, raqobat, hukumat, 
iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, firma yoki korxonaning butun 
faoliyati to„la-to„kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Firma va 
bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib 
bo„lmaydigan 
iqtisodiy 
kategoriyalar hisoblanadi. Chunki firmalar 
faoliyatisiz bozor bo„lishi mumkin emas. 
Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan 
idoralarning tashkiliy ko„rinishi bo„lib, biror-bir topshiriqni bajarish uchun 
bo„ysunish va javobgarlikni belgilaydi. 
Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo„nalishda amalga 
oshirilishi mumkin: 
1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta‟minot va tovar 
harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. 
2. 
Tovarlar tamoyili bo„yicha tashkil etish. Unda funksional 
tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo„shiladi. 
3. 
Bozor 
tamoyili 
bo„yicha 
tashkil 
etish. 
Unda 
funksional 
tamoyillariga, yana bir hudud bozorlari va iste‟molchilar turi bo„yicha 
boshqaruvchilar qo„shiladi. 
Texnologiyalar 
Qonunlar 
Iqtisodiyot 
Raqobatchilar 
Infratuzilma 
Yetkazib
beruvchilar 
Sotuv 
kanallari 
Madaniyat 
Xaridorlar 
Fan 
Siyosat 
Tashqi holat (situatsiya) 
tahlili 


63 
Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo„limlarning boshqarishdagi 
soddali, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iborat. Lekin bu 
tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:

tovarlar bo„yicha maxsus bo„limlarning yo„qligi;

bozorning hududiy segmentlari bo„yicha maxsus bo„limlarning 
yo„qligi; 

bozor talablarining o„zgarishi va iste‟molchilar talabiga operativ 
reaksiyaning sustligi; 

marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini 
hal etishning murakkablashganligi. 
Tovar tamoyili bo„yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari 
bo„yicha bo„limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo„limlari 
bo„yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy 
tuzilishi bu kabi bo„lgan shakl, avvalo, ishlab chiqaradigan tovarlar 
assortimenti katta bo„lgan firmalarga to„g„ri keladi. 
Tovar tamoyili bo„yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek, 
kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining 
o„ziga xos tomonlarini doim ham e‟tiborga olmaydi. Tovarlar bo„yicha 
guruhlar ishchilari o„z majburiyatlarini samarali bajarish uchun yetarlicha 
huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va 
guruhchalar paydo bo„lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab 
qiladi. 
Bozor tamoyili bo„yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o„z 
tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo„lgan bozorlarda sotadi. Turli 
bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar afzalliklariga ega 
bo„lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko„ra tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. Shuning uchun marketing xizmati bo„limlari asosiy bozorlarga 
qarab tuziladi.

 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish