Marketing darslik


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/108
Sana25.06.2022
Hajmi1,79 Mb.
#703943
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , YUsupov M A Marketing Darslik

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing axboroti tizimi qanday tuzilishga ega? 
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko„rsatiladi? 
3. Marketing axboroti asosini nimalar tashkil etadi? 
4. Amaliyotda axborot to„plashning qanday uslublari qo„llaniladi? 
5. Axborot to„plashning imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 
6. Axborotlar tahlili qanday olib boriladi? 


53 
7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan 
foydalaniladi? 
8. Axborot manbalari nimalardan iborat? 
Adabiyotlar 
1.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini 
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010-yilda 
mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga 
mo„ljallangan 
eng 
muhim 
ustuvor 
yo„nalishlarga 
bag„ishlangan 
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‟ruzasi. 
– T.: O „zbekiston, 2011.– 48 b. 
2.
Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. 
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 b.
7.
Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: 
Учебное пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c. 
8.
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. 
дом «Вильямс», 2010. – 656 c. 
3.
Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М,
2010. – 219 c. 
4.
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное 
пособие. –М.: КНОРУС, 2010, -208с. 
 


54 
4-bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI 
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH 
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketingi 
Marketing tizimi - bu qo„yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli 
bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. 
Tarkib o„zida to„rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot 
va siljitishlarni birlashtiradi. 
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat 
darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o„lchovning 
holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud 
mahsulotni sotishni to„xtatish paytini aniqlab olish kerak. 
Marketing 
tizimi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
elementlar, 
subyektlar 
yig„indisidan iboratdir. Marketing tizimi o„z tarkibiga turli elementlarni 
qamrab oladi: 

ta‟minotchilar; 

raqobatchilar; 

vositachilar; 

iste‟molchilar (bozor); 

firma (kompaniya). 
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o„rab turgan 
muhit ta‟sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 
madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta‟minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar 
yig„indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot 
resurslari bilan ta‟minlaydi. 
Raqobatchilar – istak bo„yicha, safdosh tovar bo„yicha, tovar turi 
bo„yicha, tovar markasi bo„yicha turkumlanadi. 
Marketing bo„yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini 
mijozlarga 
yetkazish, 
sotish, 
aloqa 
o„rnatish bo„yicha yordam 
ko„rsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga 
bo„linadi. 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim 
holatlarini transportirovka qilish bilan shug„ullanish. 
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug„urta va boshqa moliyaviy 
xizmatlarni amalga oshiradi. 


55 
Iste‟molchilar – firmalar, alohida jismoniy shaxslar yoki ularni 
potensial guruhi bo„lib, ular bozorda mavjud bo„lgan tovar va xizmatlarni 
olishga tayyor. 
Iste‟molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste‟molchining 
xulq-atvorini o„rganish, uning ehtiyojini firma mahsulotiga bo„lgan 
munosabatini o„rganish, tahlil qilishdan iborat. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o„zaro ta‟sir 
o„tkazib, dialektik bog„liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi 
texnologik jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga 
faqat bozordagi munosabatlar sabab bo„ladi. 
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, 
maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta‟minlovchi barcha omillarning 
o„zaro aloqasidir. 
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g„oyasi serqirradir. Uning 
tarkibi yoki faoliyat sohalarida quyidagicha: 
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- iste‟mol tovarlari marketingi, 
- xizmat ko„rsatish marketingi singari turlarini ko„rsatish mumkin 
(4.1-rasm).
Har birining faoliyatida umumiy tamoyil va vazifalar saqlanib qoladi, 
ammo bu yo„nalishlarning har biri o„ziga xos tomonlari bilan ajralib 
turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab 
chiqarish talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga 
muvofiqlik maqbullik qat‟iy uyg„unlik eng birinchi o„rinda turadi. 
Iste‟mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo„lgan 
iste‟molchilarning keng doiralari bilan bog„liq. 
Bu sohada iste‟molchi fe‟l-atvorining tub mohiyatini o„rganishga 
katta e‟tibor beriladi. Xususan, iste‟molchilarni guruhlash, reklama, 
mahsulot sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste‟mol tovarlari 
bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, 
do„konlarda o„z-o„ziga xizmat ko„rsatish tamoyillari iste‟mol tovarlari 
marketingi samarasi. 


56 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish