ishlab chqiladi, bu xujjatni DAN dan tasdiqdan otkaziladi, kerakli joylarga
tarqatiladi (korxonada, shox va bosh bekatlarda, mahsus nozimxonalarda).
Yo’l xujjati tarkibiga: yo’nalish pasporti; yo’nalish sxemasi, yo’nalish
bayonnomasi, yo’nalish xarakatlanish grafigi, yo’nalish tarifikatsiyasi kabilar
kiradi.
Xodimlar faoliyati mahsus ishlab chiqilgan yo’riqnoma asosida o’zlarini
xuquq va majburiyatlarga egadirlar. Smenadagi navbatchi nozim asosan kunlik
yo’lovchi jo’natishni qo’l ostidagi xodimlar bilan tashkil etadi. Avtobosh va
shoxbekatlarni avtobus bilan butlash ularga chipta sotishni tashkil etishni navbatchi
g’aznachidan talab qiladi. Grafiklarni butlashda paritetdagi avtobus korxonalari
bilan shartnoma asosida tashkil etadi. Yo’nalishdagi taksilarni grafiklarga
biriktirish, joy uchun ijara to’lovlarini talashni tashkil qiladi. Yuk tashuvchilarga
aravacha beradi, hamda ulardan kunlik daromad tushimini va kunlik to’lovlarni
topshirishlarini talab qiladi. Yo’lovchlardan, xaydavchilardan tushgan etirozlarni
o’rganib chiqadi va tegishli choralar ko’radi. Har bir avtobuslarni bekatdan
siljiyatganda uni mavjud yo’riqnomaga asosan pasadchk tekshirib chiqadi, undan
so’ng avtobusga chiqib olgan yo’lovchilarni bekat ravoti oldidagi nazoratchi
tekshirib chipta sottiradi, noqonuniy avtobusga yuklar olish, me’yordan ortiq odam
olish, chiptasiz yo’lovchilarni ketishga yo’l qo’ymaslik ishlarini tashkil etadi. Ish
oxirida avtoshox va bosh bekatga kelgan avtobuslarni kunlik gaznadagi xaqini
qaytarib beradi, yoki xisob raqamga o’tkazib beradi. Shubhali yo’lovchlarni
o’rganib boradi, aniqlagan jinoyatchi shaxslar bo’yicha melitsiya tayanch punkitiga
murojat qiladi. Barcha ishchi va xizmatchilarni faoliyatini nazoratga oladi,
boshbekatdagi sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilgan holda tozalikka javob
beradi.
Avtoshox va bosh bekatga kelayotgan har bir avtobusni texnik holatini
tekshirib nosoz xarakat vositalarini ishlashga yo’l qo’ymaydi. Xaydavchlarni
tibbiy ko’rikdan o’tishini tashkil etadi. Har bir reysdan oldin xarakatdagi
tarkiblarni texnik sozligini tekshiradi, nosoz chiqqanlarini avtokorxonasiga
jo’natib yuboradi., mayda nosozliklarni bartaraf gilinadi.
Uzoq masofadan kelgan xaydovchilarni tunashini tashkil etadi. Xududdan
qatnovchi yengil avtomobillar joy uchun bekatga to’lov qilib boradi. Bu to’lovlar
narx o’zgarishi bilan qayta ko’rib chiqiladi. Avtoshox va bosh bekatga kelgan
barcha xarakat vositalaridan chipta sotish orqali tushgan tushim, ijara to’lovlaridan
tushgan tushimlar inkassa qilinadi. Avtoshox va bosh bekatlarda yo’lovchlarni
sug’urta qilinadi, sug’urta summasi biletga qo’shib sotiladi. Avtoshox va bosh
bekatga kelgan yo’lovchi oqimi o’rganib boriladi, uni xarakat vositasi bilan
ta’minlash chorasi ko’riladi. Boshbekatda onalar va bolalar xonasi tashil etiladi.
Chipta sotishda imtiyozli yo’lovchlarga sharoit qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: