74
mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan)
va qadimiy
moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan.
Birinchi
banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi
"banca" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib
chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun
kursida o‘tirib almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi
muassasalar
tijorat banklari
(commercial banks) deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni
bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni
taklif
etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari
funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada
universal banklar
deb
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida
ular qaysi
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya
68
bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari,
odatda qimmatli
qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga
kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.
Depozit-jamg‘arma
yoki
ssuda-jamg‘arma muassasalari
(depository
savings
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma
assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun
qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida,
shu jumladan, AQShda
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun
ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma
tashkilotlari va kredit
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma
institutlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: