Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish


Salco Furniture Co.Inc.tugagan 2014 yil 30 iyun uchun naqt pul budjeti



Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/199
Sana24.06.2022
Hajmi3,18 Mb.
#700626
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   199
Bog'liq
Маъруза матнлари - копия

Salco Furniture Co.Inc.tugagan 2014 yil 30 iyun uchun naqt pul budjeti 
 
Bosqich 1. yechim strategiyasini tuzish 
Firmaning keyingi olti oydagi naqd pul kirimi va chiqimi oqimini hisoblang 
uning budjetini hisoblab chiqing. Bu oylik daromad va xarajatlarni baholash 
tayyorligini talab qiladi, biroq bu jarayonning tugagani emas. Tahlil daromadning 
haqiqiy qabul qilinganligini baholashi kerak (naqd pul savdolari qabul qilingan 
hisoblar yigʻindisi) xuddi xarajatlar kabiUshbu baholashlar tayyor boʻlishi bilan, 
naqd pul budjetini tashkil qilishimiz va har bir firmadagi oylik oʻzgarishlarni 
baholab chiqamiz.
Bosqich 2: raqamlarni solishtirish 
16.3-jadval barcha oylik budjet va talab qilngan baholash koʻmaklarini oʻz ichiga 
oladi.
 


149 
Bosqich: 3 natijalaringizni tahlil qiling 
Salconing naqd pul budjetiga kerakli boʻlgan moliyaviy yoʻnalish firmaning 
asta-sekin ortadigan qisqa muddatli qarzalrini May oyigacha 97.599$ boʻlishini 
aniqlaydi. Biroq bu Iyundagi subsidiya uchun boshlangʻich oʻsuvchi zarurat 
sanaladi va uning qarzlarini 79.875 $ ga kamaytirishga qodir. Yodda tuting, naqd 
pul budjeti nafaqt biror davr davomidagi moliyaviy zarurat miqdorini koʻrsatadi, 
balki kerakli jamgʻarmalarni ham koʻrsatib oʻtadi. 
 
17-mavzu: Investitsion loyihalar tahlilining moliyaviy jihatlari
 
Reja: 
 
1.
 
Kapital bahosini hisoblash 
2.
 
Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash 
3.
 
Investitsiya loyihalarini moliyaviy tahlil etishning maqsadi va uning 
asosiy jixatlari. 
 
1.
 
Kapital bahosini hisoblash 
Investitsiya jarayonlarini amalga oshirishda va kapital byudjet tuzish 
jarayonida kapital bahosini hisoblash muhim ahamiyatga ega. Chunki, investitsiya 
ob’ekti bahosini belgilashda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sir etadi. Iqtisodiyotda har 
qanday sub’ekt o‘z faoliyatini rivojlanish va joriy operatsiyalar nuqtai-nazaridan 
moliyalashtirish uchun pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadi. Bunday moliyalashtirish 
davomiyligiga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli tusga ega. U, yoki bu moliyalashtirish 
manbasini jalb qilish, kompaniya uchun davriy tusdagi xarajatlar bilan bog‘liq. 
Kapital hajmiga nisbatan foiz ko‘rinishidagi bunday xarajatlar yig‘indisi 
kompaniya kapitali bahosini o‘zida aks ettiradi.
Kapital 
bahosi 
konsepsiyasi 
moliyaviy 
menejmentning 
muhim 
nazariyalaridan biri bo‘lib, kompaniyaning yuqori bozor bahosini ta’minlash uchun 
zarur bo‘lgan investitsiya kapitali rentabelligini tavsiflaydi. Kompaniyaning bozor 
bahsini maksimallashtirish, foydalaniladigan manbalar bahosini ma’lum bir 
darajada minimallashtirish orqali erishiladi. Zero, kapital bahosi ko‘rsatkichi 
investitsiya loyihalarini va kompaniyaning investitsiya portfelini samaradorligini 
baholashda keng qo‘llaniladi. Moliyaviy menejmentdagi ko‘pincha qarorlar 
(aylanma 
aktivlarni 
moliyalashtirish 
siyosatining 
shakllanishi, 
lizingdan 
foydalanish qarori, kompaniyaning operatsiya foydasini rejalashtirish va h.k.) 
kompaniya kapital bahosi tahliliga asoslanadi. Kapital bahosi bozor qatnashchilari 
tomonidan ma’lum bir investitsiya loyihalariga mablag‘ jalb qilish uchun talab 
qilinadigan kutilayotgan daromadlilik darajasidir
84
. Iqtisodiy atama nuqtai-
nazaridan, kapital bahosi bu ma’lum bir investitsiya loyihasi uchun muqobil 
xarajat, ya’ni qo‘ldan boy berilgan boshqa bir yaxshi muqobil investitsiya loyihasi 
qiymatidir.
84
Shannon P. Pratt, Roger J. Grabowski. Cost of capital: Applications and examples, 3rd ed., 2008


150 
Kompaniya kapital bahosi ko‘plab omillar ta’sirida shakllanadi. Ular ichida 
asosiylari quyidagilardir:

moliyaviy muhit va moliya bozorlarining umumiy holati;

tovar bozori kon’yukturasi;

moliya bozorida shakllangan o‘rtacha ssuda foiz stavkasi;

ma’lum kompaniya uchun turli moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;

kompaniya operatsiya faoliyatining rentabellik darajasi;

operatsiya levereji darajasi;

o‘z kapitalining raqobatbardoshlik darajasi;

operatsiya va investitsiya faoliyati hajmi o‘rtasidagi munosabat;

amalga oshiriladigan operatsiyalarning risk darajasi;

kompaniya faoliyatida sohaning muhimligi hamda, ishlab chiqarish va 
operatsiya siklining davomiyligi.
Kompaniya kapital bahosini aniqlashda bir-qancha bosqichlar amalga oshiradi. 
Birinchi bosqichda, kompaniya kapitalini shakllanish manbalarining asosiy 
komponentlarini aniqlash amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda, har bir manba 
bahosi alohida hisoblanadi. So‘ngra, umumiy investitsiya qilingan kapitalning har 
bir komponentini solishtirish orqali o‘rtacha tortilgan kapital bahosi aniqlanadi. 
Shundan so‘ng, kapital tarkbini shakllantirish va optimallashtirish chora-tadbirlari 
ishlab chiqiladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, kapital va fondlar, odatda, pul mablag‘lari 
ko‘rinishida bo‘ladi. Lekin, ba’zan, kapital boshqa aktivlar shaklida bo‘lishi ham 
mumkin. Kapital bahosi odatda foiz shaklida ifodalanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, investor investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yillik pul miqdorining foiz 
ko‘rinishida ifodalanadi. “Modomiki, har qanday narsaning bahosi unga egalik 
qilish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdori sifatida aniqlanishi mumkin. 
Kapital bahosi esa, bu moliya bozoridan kapital jalb qilish uchun kompaniya 
tomonidan va’da qilinishi lozim bo‘lgan mablag‘dir. Kompaniya o‘z kapital 
bahosini o‘zi belgilamaydi, aksincha, kompaniya kapital bahosini aniqlashi uchun 
bozorga kirishi lozim. Ammo, kapital bahosi moliya bozorining asosiy o‘lchov 
mezonlaridan biri bo‘lib, uning yordamida kompaniya faoliyatini aniqlash 
mumkin
85
.” 
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra kompaniya, qimmatli qog‘oz, yoki loyiha uchun 
kapital bahosini hisoblash uchun ko‘p ma’lumotlar moliya bozoridan olinadi. 
Kapital bahosi doim kutilayotgan daromad va shuning uchun ham, tahlilchilar va 
potensial investorlar uni kuzatmaydilar.
Rodjer Ibbotson ta’kidlaganidek, “Muqobil kapital bahosi (ing. opportunity 
cost of capital) ma’lum bir risk darajasida muqobil investitsiya qilish orqali 
erishish mumkin bo‘lgan daromadga teng
86
”.
85
Mike Kaufman, ‘‘Profitability and the Cost of Capital,’’ in Chapter 8 of Handbook of Budgeting, 4th ed., ed. 
Robert Rachlin (New
 
York: John Wiley & Sons, 1999), 8–3.
86
Ibbotson Associates, Cost of Capital Workshop (Chicago: Ibbotson Associates, 1999).


151 
Kapital tarkibi tushunchasi kompaniya o‘z faoliyatini ichki pul, aksiya va 
qarz mablag‘larini shakllantirish orqali moliyalashtirish bilan bog‘liq. Kapital 
tarkibini tahlil qilishda asosiy e’tibor, kompaniyaning qarz mablag‘lari bilan o‘z 
mablag‘lari o‘rtasidagi nisbatga qaratiladi. Kapital tarkibini boshqarish 
kompaniyalar uchun muhim va murakkab masalalardan biri bo‘lib, u o‘z va qarz 
mablag‘lari manbaini optimallashtirish orqali, kompaniya umumiy kapital 
xarajatlarini minimallashtirish va kompaniya bozor bahosini maksimallashtirish 
imkonini beruvchi aralash kapital tarkibini tuzishdan iboratdir. 
Qarz mablag‘larini qo‘shimcha moliyalashtirish manbai sifatida foydalanish, 
yoki foydalanmaslik qarori ikki xil riskning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bu 
ikki xil risk - ishlab chiqarish va moliyaviy risklardir. Ishlab chiqarish riski 
olinadigan daromad hajmini o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan aktivlar rentabelligining 
tebranishini o‘lchaydi. Aktivlarning rentabelligi (
ing. 
Return on Asset, ROA) 
investor daromadining aktivlar hajmiga nisbati orqali aniqlanadi. Qarz mablag‘lari 
mavjud bo‘lmaganda, ROA sof foydani oddiy aksiya shaklidagi aksiyadorlik 
kapitaliga nisbati orqali aniqlanadi. 
O‘z va qarz mablag‘laridan tashkil topgan investitsiya qilinadigan 
kapitalning daromadlilik darajasi (
ing. 
Return on Investment, ROI) soliqdan 
keyingi operatsion foydani aktivning sof balans qiymatiga nisbati hisoblash orqali 
aniqlanadi. Moliyaviy risk - oddiy aksiya egalari qarz kapitalidan foydalanishida 
yuzaga keladigan dividend va aksiya kursini tushish riski sifatida ko‘riladi.
Kapital tarkibini boshqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi 
borasidagi muammolar doim iqtisodchilarning e’tibor markazida bo‘lgan. Asosiy 
savol quyidagiga borib taqaladi: optimal kapital tarkibi haqiqatda mavjudmi va u 
kapital hamda kompaniya bahosiga qay tarizda ta’sir qiladi? Bu savolga 
F.Modilyani va M.Miller o‘zlarining an’anaviy yondashuvlari va nazariyalari bilan 
javob berishga harakat qilganlar
87
. An’anaviy yondashuvga ko‘ra, optimal kapital 
tarkibi bilan birga unga bog‘liq bo‘lgan kapital bahosi ham mavjud. Kapital bahosi 
uni tashkil qiluvchi o‘z va qarz kapitali bahosiga bog‘liq. Kapital tarkibining 
o‘zgarishi bilanoq bu manbalar bahosi ham o‘zgaradi. Umumiy manbada qarz 
kapitali ulushining ozgina ortishi o‘z manbalari bahosini oshishiga sezilarli 
darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. Qarz kapitali ulushi oshishi bilan o‘z kapitali bahosi 
o‘sishni boshlaydi, qarz kapitali esa, bahosi oldiniga o‘zgarmaydi. Keyin esa, asta 
sekinlik bilan o‘sishni boshlaydi. Qarz kapitali bahosi o‘rta hisobda o‘z kapitali 
bahosidan past bo‘lganda, optimal kapital tarkibi mavjud bo‘ladi. 
Kompaniya kapital bahosini quyidagi uch xil rakursda ko‘rish mumkin.
“Kompaniya balansining aktiv qismida u kelajakda kutilayotgan pul 
oqimlarining joriy qiymatini diskontlash uchun qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 
ko‘rsatkichdir. Majburiyatlar qismida esa, u kompaniyaning raqobat muhitida jalb 
qilingan va taqsimlanmagan kapitali uchun iqtisodiy xarajat hisoblanib, unda 
investorlar barcha daromad olish imkoniyatlarini puxta tahlil qiladilar va 
solishtiradilar. Investorlar tomonidan qaralganda u kompaniyaning aksiya va 
87
Modigliani F., Miller M. The cost of capital, corporation finance and the theory of investment// American 
Economic Review, Vol. 48, 1958, pp. 261–297.


152 
obligatsiyalariga qilingan investitsiyalardan kutilayotgan daromaddir”
88
. Odatda, 
o‘z kapitali bahosi (
ing. 
cost of ownership capital) deganda, xususiy kapital 
bahosini (cost of equity capital) tushuniladi. Kompaniyaning umumiy kapitali 
bahosi deyilganda odatda o‘rtacha tortilgan kapital bahosi (weighted average cost 
of capital, WACC) ni nazarda tutamiz. Sodda qilib aytganda, “xususiy kapital 
bahosi – bu, investor tomonidan kompaniyaning xusuiy kapitaliga qilingan 
investitsiyadan kutilayotgan daromadlilik darajasi
89
.” SHuni tan olish kerakki 
kapital bahosi qarz va ulushli instrumentlarning ikkisiga birdek aloqador bo‘ladi. 
Tadqiqotchi olimlarning fikriga ko‘ra, “sof pul oqimlari barcha investorlar uchun 
mavjud pul oqimlari bo‘lganligi sababli, kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapitali 
bahosi o‘zida har bir investor uchun kutilayotgan daromadni aks ettirishi lozim”
90

Bugungi kunda kompaniya kapital bahosini hisoblashning turli xil metodlari 
mavjud bo‘lib, ular ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani WACC hisoblanadi va u 
quyidagicha hisoblanadi:
91
Bu erda, 

Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish