Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Armiya va harbiy-o’quv yurtlarida jismoniy tayyorgarlik



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Armiya va harbiy-o’quv yurtlarida jismoniy tayyorgarlik.  Rossiyaning Krim 

urushidagi mag’lubiyati rus armiyasining tayyorgarlik, tashkiliy va texnik jihatdan 

qurollanishida jiddiy kamchiliklar borligini ochib tashladi. Biroq chor hukumati tub 

islohot o’tkazish yo’lidan bormadi, balki qo’shinlar ta’limi,  tarbiyasi va jismoniy 

tayyorgarligi sohasida ba’zi bir yangiliklar joriy etish bilangina cheklandi.  

1856 yili chor hukumati qo’shinlar ta’limining yangi dasturini joriy qildi, ustavni 

birmuncha soddalashtirdi va armiyadagi jismoniy tayyorgarlikni qonunlashtirdi. 1859 yili 

«Qo’shinlarda gimnastika o’rgatish qoidalari» tasdiqlandi. Unda jismoniy mashqlar uch 

guruhga ajratilgan edi: 1) gavda mushaklarini o’stirish uchun tayyorgarlik mashqlari; 2) 

yugurish; 3) harbiy-amaliy mashqlar hamda snaryadlarda: xoda, arqon, zina, xari, brusya, 

konda bajariladigan mashqlar, balandlikka va uzunlikka sakrash mashqlari, xoda ustida 

muvozanat saqlash va tirmashib chiqish mashqlari. 

1874 yilda amalga oshirilgan qurolli kuchlar islohoti armiyaga chiqariluvchilar 

sonini ko’paytirdi va haqiqiy xizmat muddatini cheklab qo’ydi. Bu tadbirlar askarlar 

jismoniy tarbiyasini yaxshilashni shart qilib qo’ydi. Yo’l-yo’riqlar va metodik 

qo’llanmalar ishlab chiqila boshlandi. 1879 yildayoq «Qo’shinlarga gimnastika o’rgatish 

yo’l-yo’riqlari va ochiq joyda bajariladigan gimnastika» qo’llanmasining ikkinchi nashri 

chiqdi. Ochiq joyda bajariladigan gimnastika askarlarni jismonan tayyorlashning 

suvorovcha metodika elementlari, xususan: ungir, chuqurlikdan sakrab o’tish, emaklash, 

tirmashish, o’rmalash, tezlashtirilgan marshlar, suzish, suvdan hosil topgan to’siqlarni 

yengish va  shu singarilar kirardi.  

Harbiy ministr D.S.Milyutinning eng yaqin yordamchisi M.I.Dragomirov (1830-

1905 yillar) janglarda harbiy-amaliy malakalar hosil qilish, chidamlilik, epchillik va 

harakatchanlik xislatlarini tarbiyalashga yordam beradigan jismoniy tayrgarlikni joriy 

etish tarafdori edi. Dragomirovning fikricha, gimnastika yurish, yugurish, sakrash, 

muvozanat saqlash, tirmashish va to’siqlarni yengish malakalarini takomillashtirishga 

imkon berishi kerak. U gimnastika mazmuniga yurish, yugurish, sakrash, tirmashish, 

to’siqlarni yengish, muvozanat saqlash va nayza bilan jang qilish mashqlarini kiritdi. 

Armiyada zovur, xoda, gulzor, o’ngir, g’or singari to’siqlardan iborat hujum doirasini 

egallash mashqlarini joriy etishni ham M.I.Dragomirov taklif qilgan edi. 

P.F.Lesgaft harbiy qo’shinlar jismoniy taryyorgarligi nazariyasini taraqqiy 

ettirishga talaygina hissa qo’shdi. P.F.Lesgaft 1875-1876 yillarda harbiy vazirlikning 

topshirig’i bilan G’arbiy Yevropadagi bir qancha mamlakatlarda bo’lib, u yerlarda 

jismoniy tarbiyaning qanday yo’lga qo’yilganligi va gimnastika o’qtuvchilarini 

tayyorlash ishlari bilan tanishgan edi. 1877 yili u Rossiyaga qaytishi bilan harbiy 

gimnaziyalar uchun jismoniy tarbiya dasturini ishlab chiqdi va 12 ta harbiy bilim yurtida 




 

50 


bu dasturning amalga oshirilishini kuzatib bordi. Lesgaft harbiy gimnaziyalar uchun 

gimnastika o’qituvchilari tayyorlash kurslari (1877 yil) hamda gimnastika va qilichboz 

o’qituvchilar malakasini oshirish kurslari (1884 yil) tashkil qilishda faol ishtirok etdi. U 

jismoniy tayyorgarlikka baho berar ekan, jismoniy mashqlar qo’shinlar harbiy 

tayyorgarligining muhim vositasidir, degan fikrga asoslandi. Lesgaft jismoniy 

tayyorgarlik mazmuniga oddiy harakatlar (bukish va yozish) irg’itish yoki uloqtirish va 

to’siqlardan oshib yugurish, og’ir narsalarni ko’tarib mashq qilish, suzish va sakrash 

(hamma turlari), kurash, o’yinlar, snaryadlarda bajariladigan mashqlarni kiritdi. 

General A.D.Butovskiyning (1838-1917 yillar) faoliyati armiyada jismoniy 

tayyorgarlik nazariyasi va amaliyotini taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. 

General Butovskiy 1888 yili –  kadetlar korpuslarida jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yish 

komissiyasining a’zosi bo’lgan vaqtida – «Sinfdan tashqari mashg’ulotlar qo’llanmasi»ni 

yozdi. Bu qo’llanmada kadet korpuslarida tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarini har xil 

o’yinlar va jismoniy mashqlarga bag’ishlashi nazarda tutildi.  

A.D.Butovskiy kadet korpuslarini jismoniy tarbiyadan malakali mutaxassislar 

bilan ta’minlash maqsadida 1890 yili maxsus kurslar tashkil qildi va 16 yil davomida 

ularga o’zi rahbarlik qildi. U kurslarda jismoniy mashqlar tarixi va metodikasidan 

ma’ruza o’qidi. A.D.Butovskiy jismoniy tayyorgarlik o’tkazish metodikasiga ko’pgina 

yangiliklar kiritdi. U jismoniy tarbiyada vositalar emas, balki ulardan foydalanish 

metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishini ta’kidlab o’tar edi. A.D.Butovskiy 

gimnastika, o’yinlar va qo’l mehnatini jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari deb 

hisobladi.  

Progressiv arboblarning zo’r berib qilgan harakatlariga qaramasdan, armiya va 

harbiy bilim yurtlarida jismoniy tayyorgarlik qoniqarsiz ahvolda qolaverdi. Ayrim harbiy 

qismlar va bilim yurtlarining ijobiy tajribalaridan foydalanilmadi. Armiya va harbiy bilim 

yurtlari uchun jismoniy tayyorgarlik bo’yicha kadrlar tayyorlash tizimida birlik 

bo’lmaganligi jismoniy tayyorgarlikning nazariy va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab 

chiqishga salbiy ta’sir ko’rsatdi.  




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish