O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya. Krepostnoy huquq bekor qilinganidan keyin
grajdan bilim yurtlarida jismoniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishi qoniqarsiz ahvolda
qolaverdi. Chor hukumati yosh avlod jismoniy tarbiyasiga unchalik g’amxo’rlik qilmas
edi. Biroq ijtimoiy ta’lim-tarbiyaviy harakat ta’siri ostida 1864 yilning 19 noyabrida
qabul qilingan yangi maktab ustaviga muvofiq gimnaziyalar va progimnaziyalarda
gimnastkani joriy etish mo’ljallandi.
1864 yilgi o’rta maktab islohoti jismoniy tarbiyani taraqqiy ettirish ishida ma’lum
darajada oldinga tomon qadam qo’yilganligini anglatardi. Ammo bu islohot moddiy baza
va kadrlar bilan mustahkamlanmagan edi. Shuning uchun ham u bilim yurtlari
o’quvchilarining jismoniy tarbiyasini yaxshilash imkonini bermadi.
1889 yilda maktab o’quvchilari va harbiy tayyorgarlikka chaqiriluvchilar jismoniy
tarbiyasini yaxshilash maqsadida xalq maorifi vaziri tomonidan «Erkaklar bilim
yurtlarida gimnastika o’qitish qo’llanmasi va dasturi» tasdiqlandi. Unda yoshlar jismoniy
tarbiyasining vazifalari to’g’risidagi umumiy qoidalar, darslarni o’tish metodikasi va
maktab majburiy fan sifatida joriy qilgan jismoniy mashqlar ro’yxati berilgan. Jismoniy
tarbiyaning asosiy vositalari sifatida gimnastika va o’yinlar tavsiya etilgan edi. Bilim
yurtlarida gimnastikani joriy etish oson ish bo’lib chiqmadi. Undan dars bera oladigan
kishilar yo’q edi. Gimnastika darslarini o’tishga ofiserlar va hatto unter-ofiserlar taklif
qilina boshladi. Bu hol shunga olib keldiki, grujdan bilim yurtlarida harbiy gimnastika
joriy etildi. Uni o’rgatuvchi o’qituvchilar juda oz maosh olishar, shuning uchun ham
gimnastika o’qitishga tasodifiy bir mashg’ulot deb qarardilar. Faqatgina ayrim
gimnaziyalarning direktorlari jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini tushunar, bu ishga
tajribali o’qituvchilarni taklif qilish yo’llarini axtarar edilar.
Ko’pchilik olimlar, pedagoglar va shifokorlar jurnal sihifalarida bilim yurtlaridagi
jismoniy tarbiyaning mavjud ahvolini tanqid qilishar edi. 1899 yili Moskva universiteti
huzuridagi pedagoglar jamiyatining yig’ilishida N.S.Filitis o’zining o’rta maktabda
gimnastika o’qitish haqida qilgan ma’ruzasida qo’yidagi xulosalarga keldi: «1889 yilda
belgilangan gimnastika sistemasida yaxshi narsalar ham, shu bilan birga ko’pgina yomon
narsalar ham bor. Biroq undagi yaxshi narsalar maktablarda qo’llanilmaydi, yomon
narsalar esa qo’llaniladi. Ana shuning uchun ham o’rta maktab dasturlarini qayta ko’rib
chiqish bo’yicha Moskva pedagoglarining yaqindagina bo’lib o’tgan majlisida tuzilgan
jismoniy tarbiya masalalarini aniqlash komissiyasi bir ovozdan gimnastikaning hozirgi
ahvolda o’rgatilishini zudlik bilan yo’q qilishni iltimos etishga qaror qildi».
Rasmiy doiralar maktabda jismoniy trabiyani yo’lga qo’yishni yaxshilash
yuzasidan choralar ko’rmadilar. Faqat ayrim pedagoglarning tashabbusi bilan
maktablarda jismoniy tarbiyani yaxshilash harakati boshlandi. Sankt-Peterburg (1892
yil), Odessa (1892 yil); Kiyev (1893 yil), Moskva (1893 yil) va boshqa shaharlarda
tuzilgan o’quvchi yoshlar jismoniy kamolotiga yordam beruvchi jamiyatlar bu sohada
katta rol o’ynadi. Ular o’yin maydonchalari ochdilar, o’quvchilar uchun sayr va
ekskursiyalar uyushtirdilar. Jamoat tashkilotlari, ilg’or pedagoglar, shifokorlar va
adabiyotchilarning qattiq turib talab qilishlari natijasida xalq maorifi vaziri 1902 yilning
15 avgustida farmoyish chiqarib, bu hujjatda maktablarda harakatli o’yinlar, harbiy
gimnastika, buyumlar bilan bajariladigan gimnastika, konki va chang’i, suzish va eshkak
eshish, velosipedda yurish, qilichbozlik, qo’l mehnati, raqs va ashulani joriy etishni
nazarda tutdi. Unda maktab gimnastika bayramlari o’tkazish zarurligi ham ko’rsatib
o’tilgan. Jismoniy mashqlar mashg’ulotlarini har kuni 30 minut davomida va, albatta,
o’quv kunining o’rtalarida o’tkazish, o’quv kunining dastlabki va oxirgi darslarida
o’tkazilishiga sira yo’l qo’ymaslik tavsiya etilar edi. 1904 yilning 10 iyunida chiqarilgan
49
yangi farmoyishda o’quvchilarning o’qituvchilar va qarindosh-urug’lar bilan sayr
etishlari ham qo’shimcha qilinib, bu imkoniyatlar yanada kengaytirildi. Unda suv sportini
keng yoyish, suzish maktablari tashkil qilish tavsiya etilar, yuqori sinf o’quvchilarini o’q
otadigan qurol bilan tanishtirish nazarda tutilardi.
Biroq ish «tavsiya etish» va farmoyish berishdan nariga bormadi. Chunki bu
ishlarni amalga oshirish uchun zaruriy sharoit yo’q edi. Malakali pedagoglar va moddiy
baza yo’q, o’quv va o’quvchilarning o’qishdan tashqi hayoti umuman normal tartibga
solinmagan edi. Gimnastika mashg’ulotlari maxsus ma’lumotga, xatto durustroq umumiy
ma’lumotga ega bo’lmagan o’qituvchilar boshchiligida chang-to’zoni ko’tarilib yotgan
yo’lak yoki dam olish zallarida o’tkazilgan vaqtda o’quvchi yoshlar jismoniy
tarbiyasining bu tarzda yo’lga qo’yilishi o’quvchilarda fanga qiziqish va rahbarga
ishonch tug’dira olmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |