Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Pedagogikaga doir adabiyotlarda jismoniy tarbiya masalalari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Pedagogikaga doir adabiyotlarda jismoniy tarbiya masalalari. Rus davlatining 

taraqqiy etishi va mustahkamlanishi bilimning turli sohalariga doir adabiyotlarga ijtimoiy 

ehtiyoj tug’dirdi. Tabiatshunoslik, medisina va pedagogikaga oid har xil kitoblar chiqa 

boshladi.  

Yoshlar jismoniy tarbiyasiga salbiy munosabatda bo’lgan ruhoniylar bu masalaga 

doir adabiyotlarning Rusda tarqatishiga xalaqit berardi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, 

XVII asr oxirlarida jismoniy tarbiya masalalari haqida ham to’xtalib o’tilgan pedagogik 

asarlar paydo bo’ladi. Ularning orasida eng yirigi olim,  monax Yepifaniy 

Slavineskiyning (1676 yilda vafot etgan) «Bolalar odatlarini tarkib toptirish» nomli kitobi 

edi. Muallif o’zining bu kitobida «Domostroy»da (Turmush qoidalari va bolalar tarbiyasi 




 

44 


to’g’risida maslahatlar to’plami) bayon qilingan tarbiya g’oyalaridan tubdan farq qiluvchi 

yangi insonparvar pedagogika g’oyalarini ilgari surdi. Slavineskiyning asari bolalar 

shaxsiga hurmat bilan sug’orilgan edi. U bolalar tarbiyasida harakatli o’yinlarga alohida 

ehtibor berdi. Slavineskiy harakatli o’yinlarga faqat bir ermak deb qaramadi, balki ularni 

sog’liqni mustahkamlash va ma’naviy jihatdan kamol toptirish vositasi deb hisobladi.  

Yepifaniy Slavineskiy Rusda birinchi bo’lib o’yinlarni bolalar tarbiyasida qo’llash 

uchun kerakli va keraksiz guruhlarga ajratib, ularni toifalashga intildi. U to’p o’yini, 

yugurish va har xil sakrash o’yinlarini birinchi guruh o’yinlariga; pul yutish va yutqizish 

bilan bog’liq bo’lgan oshiq va qarta o’yinlarini, shuningdek, firibgarlik, shuhratparastlik 

va boshqa nuqsonlarning ildiz otishiga sabab bo’ladigan o’yinlarni ikkinchi guruh 

o’yinlariga kiritdi. Slavineskiy «O’yinni nima bezaydi?» degan savolga shunday javob 

beradi: «Barqarorlik, haqiqiy quvonch, jonlilik va tafakkur kuchi o’yinni bezaydi. 

Odamlar aytganidek, o’yinda ko’zbo’yamachilik va ayyorlik bilan emas, balki halollik va 

to’g’rilik bilan g’alaba qilish kerak». Uning xatosi shuki, suzish va kurashni sog’liq 

uchun zararli deb hisobladi.  

Xulosa qilib aytganda,  Rossiya  xalqlarining jismoniy tarbiyasi eng qadimgi 

vaqtlardan boshlab to XVIII asrga qadar ular hayotining iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlari 

ta’siri ostida taraqqiy etdi. Vatanimiz hududidagi ilk quldorlik davlatlarida jismoniy 

tarbiya  bilan quldorlargina shug’ullanar edilar. Qullar esa jismoniy mashqlar bilan 

shug’ullanishning har qanday imkoniyatlaridan mahrum etilgan edilar. Erkin 

dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi, quldorlar qo’shiniga olinuvchi aholigina o’zini 

jismoniy jihatdan o’stirish va harbiy tayyorgarlik ko’rish maqsadida jismoniy mashqlar 

va o’yinlardan foydalanar edi.  

Avlod-ajdodlarimiz bo’lmish sharqiy slavyanlarda jismoniy tarbiya o’ziga xos 

mustaqil yo’l bilan taraqqiy etdi. Slavyanlar o’z ijtimoiy taraqqiyotlarida quldorlik 

tuzumini chetlab o’tdilar.  Shuning uchun ham ularning jismoniy tarbiyasiga qadimgi 

quldorlik jamiyati ta’sir etmadi. Slavyanlar jismoniy tarbiyasining taraqqiyoti quldorlik 

davlatlaridagi jismoniy tarbiya taraqqiyotiga qaraganda harbiy ishlar ta’sirida emas, balki 

ko’proq mehnat faoliyati ta’sirida sodir bo’lardi. Slavyanlarda jismoniy tarbiya 

umumxalq xarakterida edi. Jismoniy mashqlar va o’yinlarning har xil turlari yuksak 

jismoniy va irodaviy sifatlar, harbiy-amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishga 

yordam berdi.  

Kiyev Rusida jismoniy tarbiya o’z tarixining ilk davrlarida mehnat va harbiy 

faoliyat orqali tarkib topgan qadimiy mustaqil negiz va a’analar asosida taraqqiy etdi. 

Jismoniy tarbiya feodal aslzodalar uchun harbiy tayyorgarlik vositalaridan biri bo’ldi va 

uning keng xalq ommasi ustidan o’z hokimiyatini mustahkamlashi uchun xizmat qildi. 

Vaqt o’tishi bilan feodallar jismoniy tarbiyada foydalanadigan xalq jismoniy mashqlari 

turlari borgan sari hukmron sinf ehtiyojlariga moslasha bordi. Buning natijasida feodallar 

jismoniy tarbiyasi xalq jismoniy tarbiyasidan ajralib qoldi va sinfiy xakarter kasb etdi.  

Jismoniy tarbiya markazlashgan Rus davlatida, ayoniqsa, sezilarli taraqqiy etdi. 

Biroq feodal zulm, xalq ommasining shafqatsizlik bilan ekspluatasiya qilinganligi sababli 

jismoniy jihatdan taraqqiy etish imkoniyatlari chegaralanib qolgan edi. Feodallar va rus 

podshohlari hukmron sinf jismoniy tarbiyasiga g’amhurlik qildilar va mehnatkashlar 

jismoniy tarbiyasini taraqqiy ettirishga yordam  bermadilar. XVII asrning ikkinchi 

yarmida rus podshohlari xalq jismoniy mashqlari va o’yinlarini hatto taqiqlab qo’ydilar. 

Cherkov dehqonlar va quyi tabaqadagi shahar aholisi o’rtasida jismoniy mashqlar va 

o’yinlarning rasm bo’lishiga qattiq qarshilik ko’rsatdi.  


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish