Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport. Maktablar va boshqa turdagi o’quv 

yurtlarida jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tibor kuchaydi. Bu, o’z navbatida, 

jismoniy tarbiya va sportning yanada tez, shiddat bilan   rivojishiga sabab bo’ldi. 

Shuningdek, o’quvchi yoshlarni harbiy tayyorgarlikka o’rgatish, o’sib kelayotgan 

avlodning salomatligini tobora yaxshilash oqibatlari ko’zda tutildi. Chunki harbiy 

tayyorgarlik harajatlari sovuq urush xavfi mavjud bo’lgan davrlarda o’zga 

mamlakatlarning hududlarida harbiy istehkomlar (bazalar) qurish avj olganligi sababli 

aholidan  soliq undirish, ishsizlarning ko’payishi aholining, ayniqsa, yoshlarning 

sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsata boshladi.  

1949-1950 yillarda AQShda 9 mln.ga yaqin chaqiriq yoshidagi o’smirlar harbiy 

xizmatga jismoniy jihatdan yaroqsiz deb topilgan. 1957 yil prezident Duayt Eyzenxauer, 

1961 yil prezident Jon Kennedi Amerika aholisining jismoniy tarbiyasi masalalari bilan 




 

32 


shaxsan shug’ullandi. Ular ko’pichilik yoshlarning harbiy xizmatga jismonan 

layoqatsizligidan tashvishga tushdilar.  

Jismoniy tarbiya va sportning salomatlikni yaxshilash va jismonan chiniqishdagi 

ahamiyatini amerikalik yoshlar ongiga singdirish yo’lida yetarli darajada ish olib 

borilmadi. Davlat qarmog’idagi va xususiy maktablarda, o’quv yurtlarida jismoniy 

tarbiya va sportning qo’llanishida katta farqlar, tafovutlar mavjud edi. AQShda davlat 

hisobidagi boshlang’ich maktablarda asosan mehnatkashlarning bolalari o’qitilib, ularda 

sport maydonlari yetishmas edi. Ko’pgina maktablarda jismoniy tarbiya darslari 

o’tilmadi. Ayrim bolalargina shahardan tashqaridagi yozgi dam olish maktablariga jalb 

etilar edi. Barcha xususiy maktablarda boylarning bolalari o’qitilib, ularda sport 

inshootlari mavjud bo’lgan, hamda mutaxassislar dars o’tkazgan. Ularda haftada 5 soat 

jismoniy tarbiya darslari tashkil etilgan. Dasturlarda sport va o’yinlarning majburiy 

ravishda o’rgatilishi ko’satilgan. Yengil atletika, suzish, basketbol, beysbol va boshqa 

turlar bo’yicha maktablarda va maktablararo musobaqalar tashkil etilgan. O’quv 

ishlaridan tashqari paytlarda g’oyaviy (ideologiya) va sport ishlarini o’qituvchilar orasida 

Skaut va Xristian yoshlar tashkiloti o’tkazgan.  

AQShda sport ishlari markazini avvalgidek kollejlar va universitetlar tashkil etar 

edi. Kaliforniya, Pensilvaniya, Chikago va boshqa shtatlarning universitetlarida  gigiyena 

hamda  jismoniy tarbiya bo’limlari, sportklublar tashkil topgan edi. Ularning faoliyati 

jismoniy tarbiya darslarining o’tkazish, tibbiy   ko’riklar, ichki hamda universitetlararo 

musobaqalarni tashkil qilishga qaratilgandi. Amerikaning kollej va universitetlarida 

asosan basketbol, regbi, beysbol, yengil atletika, boks, suzish, eshkak eshish sporti, tennis 

kabi turlar keng qo’llanilar edi. Universitetlar yirik stadionlar, sport zallari, suv 

havzalariga ega bo’lgan.  Talabalar orasida ommani ko’proq jalb etuvchi, daromad 

keltiruvchi sport turlari va musobaqalar ko’proq rag’batlantirilar edi. Sport musobaqalari 

universitetlarga bir necha yuz minglab dollarlar foyda keltirgan. Sport musobaqalarida 

g’olib chiqqan, rekord qo’ygan va faol talabalarga imtiyozlar berilgan, ya’ni ularga 

stipendiyalar belgilangan, o’qishga pul to’lashdan ozod etilgan, o’quv qo’llanmalari, 

yashash joylari bilan  ta’minlangan va h.k. Ularning ixtiyoriga yaxshi sport inshootlari, 

asbob-uskunalar muhayyo etilgan. Universitet sportida faqat yaxshi natijalar  

ko’rsatuvchilargina  shug’ullanishga muyassar edi. Shu sababdan ham u yoki bu sport 

turi bilan  shug’ullanuvchi talabalar ozchilkni tashkil etardi. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish