Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat va sportni o


Germaniya Federativ respublikasi, Angliya, Fransiya, Italiya, Skandinaviya



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/87
Sana18.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#69591
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
jismoniy madaniyat tarixi

Germaniya Federativ respublikasi, Angliya, Fransiya, Italiya, Skandinaviya 

mamlakatlarida ham jismoniy tarbiya va sport jamiyat taraqqiyoti xizmatida bo’ldi. Bu 

mamlakatdagi maktablarda jismoniy tarbiya tizimi davlat tomonidan, ya’ni sport 

vazirligi, maorif va harbiy vazirliklar rahbarligida boshqarilgan. Boshlang’ich va o’rta 

maktablarda jismoniy tarbiya majburiy dars sifatida o’qitildi. Darslar haftada 2 soatdan 4 

soatgacha o’tkazilar edi. Bunda asosan sport-o’yini usullari qo’llanilardi. Shvesiya va 

Norvegiya maktablarida gimnastika mashg’ulotlariga umumiy darslarning 50% ajratildi. 

Ba’zi bir mamlakatlarda haftaning bir kuni o’yin va sayohatlar uchun ajratib berilgan. 

Skandinaviya mamlakatlarida gimnastika darslaridan tashqari sport ixtisosligi 

(biror sport turi) keng qo’llanilgan. Shvesiyada sport uyushmalari hamkorligida havaskor 

guruhlar tashkil etilgan. Ular darsdan tashqari paytlarda o’quvchilar bilan chang’i, 

konkida uchish sporti, suzish, yengil atletika, futbol, eshkak eshish va boshqa sport turlar 

bo’yicha turli tadbirlar olib borilgan. Maktab sporti uyushmalari (Skone) Skandinaviya 

mamlakatlari va Finlyandiya maktablarining o’quvchi-sportchilarini o’ziga birlashtirardi. 

Bu o’quvchi-sportchilar yoshi, jinsi  va musobaqa talablari asosida turli darajalarga 

(toifa) ajratilagn. Mazkur mamlakatlarda ba’zi bir sport turlari bo’yicha nishonlar 




 

33 


(znachok) keng tarqalib, ular yoshlarning qiziqishi va e’tiborini jalb etgan. Bu esa sport 

mahoratlari yanada ko’tarilishi uchun turtki bo’lib hisoblandi. Barcha sport turlari 

bo’yicha  talab me’yorlarini bajarishga qiziquvchi o’quvchilar soni doimiy ravishda o’sib 

bordi. 


Yaponiyadagi maktab va o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya o’ziga xos 

xususiyatlarga ega edi. Xalqaro sport turlari bilan  bir qatorda an’anaviy milliy jismoniy 

mashqlar ham keng miqyosda qo’llanildi. Saqlab kelinayotgan milliy sport turlari 

an’anaviy tadbirlar sifatida yoshlarni samuraylar ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Bunday 

turlar katta qilich (yoki uzun tayoq) bilan qilichbozlik, sumo kurashi, dzyu-do, karate, 

kamondan o’q otish va suzish kabilardan iborat edi. Murakkab malakalarni tarbiyalashda 

qo’lda qurol bilan  suvda suzish, og’ir narsalarni ko’tarish, sayoz va suvli joylarga 

balanddan sakrash, suv to’siqlarini egallash va boshqalardan foydalanildi. Institut va 

universitetlarda jismoniy tarbiya kafedralari, sport klublari faoliyat ko’rsatdi. Bu 

mamlakatda ham sport bilan shug’ullanuvchi talabalar uncha ko’p emas edi. «Akademik 

sport» faqat sport yulduzlari, yaxshi ta’minlangan oilalarning bolalarigagina xizmat 

qilardi. 

 Avstraliyadagi maktablarning jismoniy tarbiya tizimi qiziqarli hisoblanadi. Bu 

mamlakatda jismoniy tarbiya maktabgacha tarbiya muassasalarida boshlanib, keyin 

boshlang’ich va o’rta maktablarda davom ettirilgan. Hukumat tomonidan bu sohaga 

yordam juda kam berilgan. Amerikadagi kabi bu yerda ham xususiy o’quv yurtlarida 

jismoniy tarbiyaga e’tibor kuchli edi. Ko’pgina xususiy maktablar diniy tashkilotlarga 

mansub bo’lgan. Xususiy maktab-inetrnatlar yuqori saviyada o’quv,  sport va 

sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish bilan ajralib turardi. Ularda qat’iy tartib 

o’rnatilgan, ya’ni har kuni cho’milish yoki dush, kunduzi bir yarim soatlik sport o’yinlari 

va suzish shart. O’qish uchun mablag’lar bahosi yuqori darajada bo’lgan. Davlat va 

xususiy o’quv yurtlaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayonlar bir xil bo’lmaganligi tufayli 

o’quvchilar har xil bilimlarga va jismoniy tayyorgarlikka ega bo’ladi.  

Ta’kidlash lozimki, o’quv jarayonidagi bunday shakllarning mavjudligi davlat va 

jamoat o’rtasiga turli munosabatlarni yuzaga keltirib, demokratik tamoyillardan 

uzoqlashib bordi. 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish