61
XULOSA
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritganidan buyon o’tgan qisqa
tarixiy davr mobaynida demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini
barpo etish, bozor munosabatlariga o’tish hamda xalqaro huquqning teng huquqli
a’zosi sifatida jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash yo’lida
sobitqadamlik bilan harakat qilmoqda. O’zbek davlatchiligi rivojining boy tarixiy va
ma’naviy
merosiga
tayanib,
jahon
huquqiy
tafakkuri
va
rivojlangan
mamlakatlarning qonunchilik tajribasidan ijobiy foydalangan holda butun milliy
huquqiy tizimni yangilash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda va inson
huquqlariga rioya etilishi bo’yicha milliy monitoring tizimini yanada rivojlantirish
va mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
O’zbekistonda kuchli jamiyat qurishning milliy jixatlari va ilmiy manbalarini
Prezident I.A.Karimov tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan “ bugun bizning
oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizning
tanqidiy baxolab, milliy davlatchiligisiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz
tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy
an’analariga yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak
1
….! ”.
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, davlat,
jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan, butun ta’lim
tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim hayotiy masalalar ilgari
surilgan. Endilikda ta’limning, tarbiya jarayonining sifati jahon standartlari
darajasiga ko’tarilib, ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarining
butunlay yangi usullari joriy etila boshlandi. O’quv yurtlari tuzilmalari
takomillashtirilib, yoshlarga milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok
etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat
ruhida ta’lim-tarbiya berish izchilligi ta’min etila boshlandi. Mamalakatimizda
fuqarolik jamiyatini shakllantirishni jadallashtirish uchun avvalo barchaning
huquqiy va ma’naviy yuksak bilimlarga ega bo’lishini ta’minlash zarur, chunki
respublika Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “ma’naviy potesialni ildam
1
I.A.Qarimov. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolini asosiy tamoyillari. // Vatan sajdagox qabi
muqaddasdir .T. 3 – T. O’zbekiston, 1996. 7-bet.
62
rivojlantirmay turib, respubliqaning chinaqam mustaqilligini va ravnaq topishini
ta’minlab bo’lmaydi”.
1
Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda albatta jamoat birlashmalarining o’z
o’rni bor. Hozirgi paytda O’zbekistonda (2005 yil 1 martgacha bo’lgan holat) 5278
ta jamoat birlashmalari rasmiy ravishda ruyhatdan o’tib, faoliyat ko’rsatmoqda.
Ularga, jumladan 4 ta siyosiy partiya, 40 tadan ziyod milliy-madaniy marqaz, 67 ta
jamgarma va xayriya tashkilotlari, 77 ta jamiyat, 24 ta uyushma, 57 ta assosiasiya,
53 ta federasiya, 18 ta tarmok qasaba uyushmalari, 3 ta ijtimoiy haraqat, 5 ta
qo’mita (olimpiya, xotin-qizlar va b), 48 ta ayollar va bolalar tagkiloti kiradi.
Shuningdek 62 ta xaqaro jamoat tashkiloti, 79 ta vakolatxona ham mavjud. Mazkur
tashkilotlarning 4800 tadan ortig’i viloyatlar adliya boshqarmalaridan ruyxatdan
o’tgan
2
.
Davlatning fuqarolik jamiyati institutlari sifatida jamoat birlashmalari, jumladan,
turli jamgarmalarning qaror topishida xayrihohlik bildirayotganligi O’zbekiston
Respubliqasi Prezidentining farmonlari va hukumat qarorlarida o’zining ifodasini
topmoqda.
O’zbekiston Respubliqasi Prezidentining 2010 yil 12 noyabrda Parlament
palatalarining qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” deb,
nomlangan ma’ruzalarida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va
rivojlantirishda “Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi
Do'stlaringiz bilan baham: