Фукаролик жвмияти ваунинг конистуциявий тузилиши


kundalik)  ong;  siyosiy  faoliyat;  siyosiy  munosabatlar  va  siyosiy  normalar



Download 436,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana18.06.2021
Hajmi436,26 Kb.
#69553
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi

kundalik)  ong;  siyosiy  faoliyat;  siyosiy  munosabatlar  va  siyosiy  normalar; 

siyosiy  institutlardir.  Siyosatni  bir  butun  yaxlit  struktura  bo’lishida  siyosiy 

munosabatlarning  o’rni  o’zgacha,  chunki  siyosiy  munosabatlar  davlat  amalga 

oshirayotgan  siyosat  mazmunini  belgilashda  hal  qiluvchi  ahamyatga  ega  bo’ladi. 

Sosial institutlar, ayniqsa siyosiy partiyalar, milliy va boshqa uyushmalar esa davlat 

amalga oshirgan siyosiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini belgilab beradilar. 

                                                      

1

 Anvar Choriyev. Inson falsafasi II Mustaqil shaxs  T. “Chinor ENK” 2002  201-b. 



2

 Filosofskiy ensiklopedicheskiy slovar.M., 1999, 352-bet; Kratkiy filasofskiy slovar. M., 236-237 betlar 

 



 

47 


          Siyosat  doimo  o’zgarib  turuvchi  ijtimoiy  voqyea  sifatida  o’ziga  xos 

xususiyatlarga  ega.  Uning  o’ziga  xos  xususiyatlari  quyidagi  to’rt  holatda  yaqqol 

namoyon bo’ladi. 

-  Birinchidan,  siyosat  milionlab  kishilarning  ongi  va  faoliyati,  buguni  va 

kelajak taqdiri bilan bevosita bog’liq bo’ladi.  

-  Ikkinchidan,  siyosat  ijtimoiy  turmushining  barcha  jabhalarida  o’z  ta’sirini 

o’tkazadi.  Jamiyatning  moddiy  va  ma’naviy,  ruhiy  va  mafkuraviy,  maishiy 

sohasidagi  faoliyatlarini  umumlashtiradi  va  rivojlanishining  asosiy 

yo’nalishlarini belgilaydi.  

-  Uchinchidan,  siyosat  fan bilan doimo  hamkorlikda  bo’ladi va  o’z  navbatida 

alohida  fan  darajasga  ham  ko’tariladi.  Bunday  holat  siyosatni  har  qanday 

subyektiv  yondashuvlardan,  o’zboshimchalikdan  saqlab  qolish  uchun  real 

imkoniyat yaratadi., siyosatning maqsad va vazifalarini aniq belgilashda har 

tomonlama ko’maklashadi.  

-  To’rtinchidan,  chinakam  siyosat  san’at  va  ijodiyot  bilan  doimo  aloqada 

bo’ladi.  Bu  aloqadorlik  siyosatning  o’z  oldiga  qo’yilgan  maqsad  va 

vazifalarini aniq va samarali bajarilishiga ko’maklashadi. 

          Siyosatning  eng  muhum  harakterli  tomoni  shundaki,  u  insonning  ongi  va 

faoliyatidan  tashqarida  sodir  bo’lmaydi.    Xuddi  shuning  uchun  ham  siyosat  inson 

siyosiy  yetukligi  bilan  bevosita  bog’liq  bo’ladi.  Inson  siyosiy  yetukligi  ham,  o’z 

navbatida, bir butun yaxlit struktura bo’lib, bir necha barqaror elementlardan tarkib 

topadi.  Inson  siyosiy  yetukligining  barqaror  elamentlaridan  biri  –  siyosat 

to’g’risidagi bilimlardir. 

 Siyosat to’g’risidagi bilimlar deganda, eng avvalo, siyosiy tuzum, siyomy 

hokimiyat amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosat mohiyati, mazmunini ilg’ab 

olish  uchun  zarur  bo’lgan  axborotlar,  ma’lumotlar,  tasavvurlar,  tushunchalar, 

hukmlar, xulosalar tushiniladi. Shuningdek, jamiyatning siyosiy tizimi uni vujudga 

keltirgan  tashkilotlar,  muassasalarning  o’rni  va  ahamiyati  haqidagi  bilimlar, 

jamiyatning  boshqaruv  mexanizmi,  ya’ni  jamiyatning  siyosiy  tizimga  tayanadigan 

g’oyaviy-nazariy  asoslar,  normalar  va  prinsiplar  haqidagi  bilimlar,  davlatning 




 

48 


tuzilishi, 

fuqarolarning  davlatni  boshqarish 

ishlariga  ishtiroki  haqidagi 

ma’lumotlar;  inson  haq-huquqlarini  himoya  qiluvchi  xalqaro  va  davlat  hujjatlari, 

ayniqsa,  inson  siyosiy  erkinligini  kafolatlovchi  huquqiy  normalarining  bajarilishi 

haqidagi ma’lumotlar tushuniladi. 

          Siyosiy bilimlar insonning umumiy ma’lumot darajasi bilan bevosita bog’liq 

bo’ladi.  Chunonchi,  insonning  umumiy  ma’lumot  darajasi  qancha  yuqori  bo’lsa, 

uning  siyosiy  bilimlari  saviyasi  shuncha  baland  bo’ladi  va,  aksincha,  kishinig 

umumiy ma’lumot darajasi qancha zaif bo’lsa, uning siyosiy bilimlari ham shuncha 

past  bo’ladi.Siyosiy  bilimlar  darajasi  qancha  baland  bo’lsa,  insonning  siyosiy 

saviyasi ham shuncha yuqori  bo’ladi. Xuddi shuning uchun ham siyosiy bilimlari 

zaif  kishilar  hamisha  siyosatdan  yiroq  bo’ladilar.  Jamiyatning  siyosiy  hayotida 

ishtirok etmaydilar. Tajriba shundan dalolat beradiki, siyosiy bilimlar darajasi past 

kishilar turli mish-mishlarga, uydirmalarga ishonuvchan bo’ladilar.  

          Har tomonlama ilmiy asoslangan chuqur siyosiy bilimga ega bo’lgan kishida, 

jamiyatni , davlatni boshqarish ishlariga qatnashish istagi ham kuchli bo’ladi.Xuddi 

shuning uchun ham O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi bilan fuqarolarning 

jamiyatni,  davlatni  boshqarishishlariga  qatnashishlari  uchun  real  imkoniyatlar 

yaratildi.  Bunday  tendensiyaning  kuchayib  borayotganligini  biz  o’tkazgan 

sosiologik  tadqiqodlar  ham  yana  bir  bor  isbotladi. “O’zbekiston  fuqarolarining 

jamiyat  va  davlat  ishlariga  ishtirok  etishlari  uchun  real  imkoniyat  yaratilganmi?” 

degan  savolga  so’ralganlardan  31,2%  -  “ha,  yetarli  imkoniyatlar  yaratilgan”; 

14,2%-  “katta  imkoniyatlar  yaratilgan”; 32,5%-  “shunday  imkoniyatlar  kam 

bo’lsada  mavjud”  deb  javob  yuyergan  ibo’lsalar, 12,9% -  “imkoniyatlar  qonun 

yordamida  rasmiylashtiralgan  bo’lsada,  amalda  bunday  imkoniyatlar  mavjud 

emas”; 5,4% esa – “bunday imkoniyatlar mutlaqo mavjud emas” deyishdi

1



          Fuqarolarning  jamiyatni,  davlatni  boshqarish  ishlariga  intilishlarining  ortib 

borishi  bilan  ularning  siyosiy  bilimlarin  o’rganishga  bo’lgan  ehtiyojlari  ham 

kuchayib bormoqda. Chunonchi, “Siyosiy adabiyotlarni mustaqil o’qib turasizmi?” 

degan  savolga  so’ralganlardan  21,5%-  “ha,  muntazam  o’qib  turaman”, 18,3% - 

                                                      

1

 Anvar Choriyev. Inson falsafasi II Mustaqil shaxs  T. “Chinor ENK” 2002  203-b. 



 


 

49 


“tez-tez  o’qib  turaman”, 17,9%-“zaruriyat  bo’lganda  o’qiyman”  deyishgan 

bo’lsa,5,3%-“umuman  o’qimayman”-  deb  javob  berishdi.  Javoblardan  ko’rinib 

turibdiki, 40% ga  yaqin  kishi  siyosiy  adabiyotlarni  doimiy  o’qib  borayotgan 

bo’lsalar, 54,9% bunday mashg’ulot bilan ahyon-ahyonda, zaruriyat bo’lganidagina 

shug’ullanadilar

1

. Turgan gapki, bunday holat , yani fuqarolar siyosiy bilimlarining 



buugngi  darajasi,  mamlakatimizda  bunyod  etilayotgan  insonparvar,  demokratik 

jamiyat  talabiga  to’la  javob  bermaydi.  Xuddi  shuning  uchun  ham  fuqarolarning 

siyosiy bilimlarini oshirishning samarali yo’llarini izlab topish – bugunning dolzarb 

vazifalaridan biridir. 

          Siyosiy bilimlari uzluksiz oshib borayotgan fuqarolarda, siyosiy axborotlarga 

bo’lgan  ehtiyoj  borishi  bilan  unda  yangi  siyosiy  axborotlarga  uzluksiz  o’sib 

borayotganligi  kuzatilmoqda.  Aniqrog’i,  insonning  siyosiy  bilimlari  oshib  bo’lgan 

ehtiyoj  kuchayib  boradi.  U  bunday  ehtiyojni  qondirish  vositalarini  izlay  boshladi. 

Bugun  O’zbekistonda  fuqarolarning  siyosiy  bilimlarga  bo’lgan  ehtiyojlarini  

qondirish uchun barcha imkoniyat mavjud ekanligini alohida takidlamok zarur. Bu 

borada, shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining xizmati beqiyosdir.  

          Fuqarolarning  siyosiy  ma’lumotlarga  bo’lgan  ehtiyojlarini  qondirishda 

ommaviy  axborot  vositalarining  o’rni  va  ahamiyatini  bilish  maqsadida  sosiologik  

tadqiqotlar  o’tkazdik.  Tadqiqotlarimizda  ishtirok  etgan  kishilarga  «Ommaviy 

axborot  vositalaridan  olgan  ma’lumotlaringiz  sizni  qoniqtiradimi?»-  degan  savol 

bilan  murojaat  qildik.  Sosiologiya  anketa  savollariga  javob  bergan  kishilarning 

13,8% -“hamisha qoniqtiradi”, 50,3% -  “aksariyat xollarda qoniqtiradi” deyishgan 

bo’lsa, 25,6% -  “ommaviy  axborot  vositalarida  berilayotgan  materiallarning  sifati 

meni  qoniqtirmaydi”, 8,3% -  “ommaviy  axborot  vositalarida  berilayotgan 

materiallarning sifati past” deb o’z fikr mulohazalarini aniq bayon qildilar, 1,9% - 

ommaviy  axborot  vositalarida  berilayotgan  materiallar  haqida    “aniq  fikrni  bayon 

qilishim qiyin” , - deb javob berdilar.  

          “Ommaviy  axborot  vositalarida  e’lon  qilingan  materiallarning  saviyasi 

haqida nima deya olasiz?” degan savolimizga: 13,3%-“materiallar yuqori saviyada 

                                                      

1

 Anvar Choriyev. Inson falsafasi II Mustaqil shaxs  T. “Chinor ENK” 2002  203-b.  204-



б. 


 

50 


tayyorlangan  bo’ladi”, 29,85%-“materiallarning  aksariyat  qismi  yuqori  saviyada 

tayyorlangan bo’ladi”, 38,8%-“faqat ba’zi materiallar yuqori saviyada tayyorlangan 

bo’ladi”  deyishgan  bo’lsa, 14,4%-“materiallarning  saviyasi  nihoyatda  past”  degan 

fikrni bayon etdilar. 3,7% esa-“bilmayman” deb o’z fikrlarini ro’y-rost aytdi.  

             “Ommaviy  axborot  vositalarining  yordamida  o’zingizning  bilimlarini 

oshira olastzmi?” degan savolga: 20,2%-“ha oshira olaman”, 53,8%-“qisman oshira 

olaman”,  deyishgan  bo’lsa, 18,4%-“yo’q  oshira  olmayman”, 7,6%-“aniq  javob 

berish qiyin”,-dedi. 

              “Ommaviy  axborot  vositalarida  mamlakatimizning  ijtimoiy-iqtisodiy, 

siyosiy,  ma’naviy-madaniy  taraqqiyoti  to’liq  yoritilmoqdami?”  degan  savolimizga 

so’roqda 

ishtirok 

etgan 

kishilarning 



12,5%-“ha”, 45,2%-“anchn 

keng 


yoritilmoqda”,  deb  javob  berilgan  bo’lsa, 35,3%-“sust  yoritilmoqda”, 4,8%  esa-

“umuman yoritilmaydi”, deb javob berishdi

1



          Ko’rinib  turibdiki,  ommaviy  axborot  vositalari  fuqarolarning  uzliksiz  o’sib 



turgan  madaniy-ma’naviy,  xususan siyosiy  axborotlarga bo’lgan  ehtiyojlarini to’la 

qondirmoqda  deb  ayta  olmaymiz.  Buning  oqibatida  fuqarolarning  ma’lum  qismi 

o’zlarining yangi siyosiy axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun xorijiy 

axborot  vositalariga  murojaat  etmoqdalar.  Ommaviy  axborot  vositalarida 

fuqarolarning  quvonchlariyu  tashvishlari,  ularni  bezovta  qilayotgan  muammolar, 

xususan  ayrim  kishilarimiz  ongi  va  faoliyatida   hukumronlik  qilayotgan  siyosiy 

loqaydlik,  siyosiy  kaltafahimlik  kabi  illatlarni  bartaraf  etish  yo’llari,  usullari  va 

uslublari  o’z  ifodasini  topayotgani  yo’q.  Ikkinchidan,  fuqarolarning  katta  qismi 

mustaqillik  sharofati  bilan  O’zbekiston  Konstitusiyasi  kafolatlab  bergan  so’z 

erkinligi,  yani  o’z  fikr-mulohazalarini  erkin  bayon  qilishdek  muqaddas  huquqdan 

to’la  foydalana  olmayaptilar.  Uchunchidan,  mustabit  tuzum  mafkurasi  tufayli 

fuqarolar  ongi  va  faoliyatida  mustahkam  o’rnashib  olgan  siyosatdan  yiroq  turish, 

siyosatga  aralashmaslik  kayfiyati,  siyosiy  voqyealarni  kimningdir  qosh-qavog’iga, 

allaqanday  nizom  yoki  yo’l-yo’riqqa  qarab  baholash  kabi  ijtimoiy  illatlar  kishilar 

turmush-tarzidan  juda  sustlik  bilan  surib  chiqarilayotganligidan  dalolat  beradi. 

                                                      

1

 Anvar Choriyev. Inson falsafasi II Mustaqil shaxs  T. “Chinor ENK” 2002  203-b. 206-



б. 


 

51 


To’rtinchidan,  fuqarolar  siyosiy  madaniyatini  shakllantirish  borasidagi  amalga 

oshirilayotgan  ishlarning  mazmuni  va  shakllarini  takomillashtirishning  samarali 

yo’llarini izlab topish zaruriyatining o’sib borayotganligidan darak beradi.  

          Sosiologik  tadqiqotlardan  yana  bir  narsa  ayon  bo’ldiki,  siyosiy  bilimlar, 

siyosiy  axborotlar  insonning  kundalik  ijtimoiy  amaliyoti  chig’irig’idan  

o’tkazilganida  o’sha  bilimlar,  o’sha  axborotlarning  chinakam  mazmuni,  mohiyati 

namoyon  bo’ladi.  Boshqacha  aytganda,  siyosiy  bilimlar,  siyosiy  axborotlar 

insonning kundalik amaliy faoliyatiga tatbiq etilganda uning mazmun va mohiyati 

yaqqol ko’rinadi. Inson siyosiy voqyealar, siyosiy jarayonlar mazmunini chuqurroq 

tushuna  boshlaydi.  Siyosiy  voqyealar,  siyosiy  jarayonning  mohiyati,  mazmunini 

chuqur  anglash  –  insonning  o’sha  real ijtimoiy  voqyeylikka  bo’lgan  munosabatini 

tubdan o’zgartiradi. Boshqacha aytganimizda, insonda yangicha fuqarolik mavqyei 

vujudga  keladi.  Vujudga  kelgan  siyosiy  vazitga  qarab  inson  xatti-harakatining 

yo’nalishini  aniqlaydi.  Oqibatda  insonda  barqaror  siyosiy  e’tiqod  vujudga  keladi. 




Download 436,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish