Ko’rinib turibdiki, siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar insonning siyosiy
faoliyati darajasiga ko’tarilishi uchun bir qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Chunonchi, dastlabki bosqichda insonda siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlarni
tinglashga moyillik bo’ladi. O’sha moyillik, ya’ni hayotiy zaruriyat tufayli
inson siyosiy bilimlar va axborotlarni o’rganishga, o’zlashtirib olishga
kirishadi. Ikkichi bosqichda inson eshitgan siyosiy xabarlarini har birining
o’ziga xos xususiyatlari borligini asta sekin anglab oladi. Uchunchi bosqichda
siyosiy bilimlar, axborotlar e’tiqod darajasiga ko’tariladi. Insonda o’sha
bilimlarni turmushga tadbiq etish istagi vujudga keladi.
O’z navbatida xuddi o’sha anglash, tushunish, ishonish inson siyosiy
yetukligini vujudga keltiruvchi tarkibiy elementlar hisoblanadi. Xuddi shu tarkibiy-
strukturaviy inson siyosiy yetukligining holati, darajasini aniqlovchi mezonlar
vazifasini ham bajaradi. Shuningdek, inson siyosiy yetukligining darajasi, uni
vujudga keltirgan tarkibiy-strukturaviy elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning
mustahkamligi siyosiy bilimlardan, siyosiy axborotlardan oqilona foydalana olish
malakasi, ko’nikmalarini hosil qilish; siyosiy voqyealar, jarayonlarni birini ikkinchisi
52
bilan taqqoslash, uni to’g’ri baholash, tariflash; siyosiy voqyealar, jarayonlar
to’g’risida aniq hukumlar, xulosalar chiqarish; turli muammolar yechimining eng
optimal yo’lini, uslubini izlab topish; siyosiy voqyealar, jarayonlar rivojlanishi tufayli
ro’y beradigan oqibatlarni oldindan ko’ra bilish imkoniyatlarini yaratadi. Turgan
gapki, siyosiy yetuklikning tarkibiy elementlarining har birining o’ziga xos
xususiyatlari va funksiyalari bor ekanligini unutmaslik lozim.
Yuqoridagi tahlil shundan dalolat beradiki, inson siyosiy yetukligi, nafaqat
siyosiy bilimlar, siyosiy axborotlar darajasiga, balki o’sha bilimlar, axborotlar
yordamida davlat amalga oshirgan va oshirayotgan ichki va tashqi siyosat
mazmuni, mohiyatini tushunib yetish bilan bog’liq. Shuningdek, inson siyosiy
yetukligi nafaqat siyosiy bilimlar asosida shakllangan siyosiy e’tiqodiga, balki
mamlakat siyosiy hayotiga ishtirok etishiga, ya’ni o’zida mavjud bo’lgan siyosiy
bilimlarni, axborotlarni turmushga tatbiq eta bilish, o’sha voqyealarga baho bera
olish qobilyatiga ham bog’liq. Ko’rinib turibdiki, inson siyosiy yetukligi deganda
uning nafaqat siyosiy e’tiqodi, balki siyosiy faoliyati ham tushiniladi. Boshqacha
aytganimizda, siyosiy yetuklik - mustaqil shaxsning eng muhum insoniy
harakteristikasi bo’lib, bu fazilat o’ziga siyosiy bilimlarni, axborotlarni to’plash,
o’sha to’plangan, o’zlashtirilgan siyosiy bilimlarning etiqodga aylanish jarayonini,
siyosiy e’tiqodga asoslangan ijtimoiy – siyosiy faoliyatini mujassamlashtiradi.
Shunday qilib, siyosiy yetuklik deganda nafaqat inson siyosiy bilimlarining
hajmi, nafaqat davlat siyosatining mohiyati, mazmunini tushunish, nafaqat kishilar
siyosiy e’tiqodini, balki siyosiy voqyealar, jarayonlarni baholay olish, siyosiy
munosabatlarni boshqara olish malakasi, jamiyatda mavjud bo’lgan siyosiy
an’analarni bilish va unga rioya qilish qobilyati tushuniladi. Xuddi shuning uchun
inson siyosiy yetukligini bir butun yaxlit strukturaga birlashtirib turgan asosiy
elementlar: siyosiy bilimlar (uning hajmi, harakteri), siyosiy qadriyatlar va baholar
(siyosiy voqyealrni baholay bilish qobilyati), siyosiy e’tiqod va ijtimoiy siyosiy
faoliyatdir.
Mamlakatimizda insonparvar, demokratik jamiyat qurilishi avj olgan hozirgi
sharoitda fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faoliyatining eng ko’p tarqalgan shakllari:
53
kishilarning insoniy haq-huquqlarini himoya qilish, atrof-muhit musaffoligi uchun
kurash, milliy va umuminsoniylik qadriyatlar mushtarakligini ta’minlashga
intilishi, xalqaro demokratiya prinsiplariga rioya qilishga urinish, qurollanish
poygasiga chek qo’yish, armiyani qisqartirish, tinchlikni himoya qilish harakati,
madaniy-tarixiy yodgorliklarni saqlab qolish, sog’lom avlodni shakllantirish,
erkaklar bilan xotin-qizlar tengligini ta’minlashga qaratilgan harakatlardir.
Fuqarolar turmish tarziga xalqaro demokratiya prinsiplarining kirib kelishi, ularni
jamiyat, davlat ishlariga, xususan, davlatning ichki va tashqi siyosatini
shakllantirishga faol ishtirok etishlari uchun real imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Endilikda siyosat bilan bir gruppa mutaxassislar yoki jamiyatning, davlatning
boshqaruv mexanizmini boshqarib turgan rahbar xodimlar emas, balki butun
boshliq jamiyat a’zolari shug’ullanadilar. Siyosat millionlab kishilarning kundalik
yumushiga aylandi. Oqibatda siyosat haqida hamma o’z fikr-mulohazalarini
bemalol ayta oladi. Xuddi shuning uchun ham ijtimoiy-siyosiy faoliyat inson
siyosiy yetukligining eng asosiy ko’rsatkichidir.
Inson
ijtimoiy-siyosiy
faoliyatining
mustahkamligi,
ishonchli,
barqarorekanligini ifodalovchi eng muhum fazilat – ijtimoiy-siyosiy faoliyatdir.
Ijtimoiy-siyosiy faollik o’z tarkibiga ijtimoiy-siyosiy faoliyatning ma’lum bir
shaklini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ruhiy-psixologik tayyorgarligining
holati, darajasi, uni amalga oshirishda insonning insonga xos harakteri, xususiyatini
namoyon qiladigan, sof ixtiyoriylikka, beg’arazlikka, asoslangan ijtimoiy
elementlarni qamrab oladi. Ijtimoiy-siyosiy faollik amaliy faoliyat shakli bo’lib,
jamiyat, davlat, jamoa, millat yoki elat, sinf yoki tabaqa, siyosiy partiya yoki jamoat
tashkilotlari mafaatlari yo’lida insonning o’z ixtiyori bilan amalga oshiriladi. Bunday
yumishlarni amalga oshirishda qandaydir lavozim yoki mukofotga erishish emas,
balki bepul, bemillatlikka asoslangan axloqiy qoidalar ichki turtki berib turadi.
Ijtimoiy-siyosiy faollik ish vaqtida emas, ishdan so’ng bo’sh vaqt boirasida amalga
oshirilishi uning o’zga xos xususiyatini isbotlab beradi.
Inson ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi – fuqaroning
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mayishiy va sport ishlariga ishtirokini taminlovchi omillar,
54
vositalar; ijtimoiy-siyosiy faollik uchun sarflangan vaqtning miqdori va undan
samarali foydalanish yo’llari uslublari; ijtimoiy-siyosiy faoliyat ko’rinishlariga
bo’lgan munosabat va uni amalga oshirish uchun turtki berib turgan motiflar kabi
elementlarni o’zida birlashtiradi. Shuningdek, zamondoshlarimiz ilg’or qismining
ijtimoiy-siyosiy faolligini ifodalovsi muhum ko’rsatkichlardan yana biri- o’z xalqi,
millatini har qanday dahshatlardan, fojealardan saqlashga, unung tinch osoyishta
mehnatini himoya qilishga bo’lgan intilishidir. Mamlakatimizda “Hyech kimga
bermaymiz seni , O’zbekiston” shioriostida amalga oshirilayotgan tadbirlar – fikrimiz
isbotidir.
Ijtimoiy-siyosiy faollik ajdodlarimizdan-avlodlarimizga meros bo’lib o’tib
kelayotgan ijtimoiy fazilatdir. Chunki ota-bobolarimiz el, brt manfaatini o’z
manfaatidan ustin qo’yganltgi, savob talab bo’lganligi hyech qanday isbot dalil talab
qilmaydigan haqiqatdir. Afsuski, ularning vorislari bo’lgan bugungi fuqarolar
ijtimoiy-siyosiy faolligi darajasi bir xil deb bo’lmaydi. Aholining turli tabaqalari, turli
qatlamlari turlicha ijtimoiy-siyosiy faollikka ega. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy
faolligining holati va uning shakllari o’rtasida ma’lum farq, tafovut borligi hyech
kimga sir emas. Mamlakatimizga demokratlashtirish jarayoninig kirib kelishi, shu
munosabat bilan o’tkazilgan turli bahslar, munozaralar, u yoki bu muammo yuzasidan
bildirilgan biri ikkinchisiga mutlaqo qarama-qarshi plyuralistikfikr-mulohazalar
fuqarolarning siyosiy yetukligi insonparvar, demokratik jamiyat talablari darajasi
emasligini isbotlaydi.
Mamlakatimizda inqilobiy o’zgarishlar sobir bo’layotgan hozirgi sharoitda
ayrim fuqarolarning siyosiy saviyasining zaifligi, ijtimoiy-siyosiy loqaytlik, siyosiy
passivlik, siyosiy voqyealarga nisbatan o’z fikr-mulohazasini ro’y-rost aytmaslik,
kuzatuvchanlik, kutib turish kabi holatlar sodir bo’lmoqda. Bunday zararli ijtimoiy
illat o’z komiga ba’zan bugun mehnat jamoalarini tortib ketmoqda. Bunday
illatlarning urchib ketish sabablarini, fuqarolarning o’zlari mehnat jamoalari
rahbarlarida siyosiy bilim va tajribalarning yetishmasligidan (25,5%), rahbarlar
munosabatidan rasmiyatchilikdan (11,3%), inson ijtimoiy-siyosiy faolligining
mohiyati, maqsadi, vazifalarini tushunib yetmaslik oqibatida uning maqsad va
55
muddaosi yo’q deb o’ylashdan (17,4), bo’sh vaqtning yo’qligidan (12,9%)
izlashmoqda.
1
Shunday qilib siyosiy yetuklik – shaxs mustaqilligini ifodalovchi muhum
alomatlardan biridir. O’z navbatida, siyosiy yetuklik – mustaqil shaxs ijtimoiy
qiyofasining muhum tavsifidir. Siyosiy yetuklik – inson ijtimoiy – siyosiy
faoliyatini namoyish qilishning muhum usuli uning o’ziga xos tashkiliy shakli
bo’lib, o’zida siyosiy qadriyatlar, siyosiy normalar, siyosiy prinsiplarni
birlashtiradi. Shuningdek, inson ijtimoiy - siyosiy faoliyatiga turtki berib turuvchi
yo’l – yo’riqlar, uning ijtimoiy – siyosiy faolliligining turli shakllari to’plamidir.
Siyosiy yetuklik – nafaqat siyosiy bilimlar to’plami, balki uni o’zlashtirish
darajasi, o’sha bilimlarning turmushga, eng avvalo, siyosatga tatbiq etish malakasi,
ijtimoiyo- siyosiy voqyealarni, jarayonlarni taxlil qila bidish, o’sha ijtimoiy –
siyosiy vokealarning vujulga kelish sabablarini, uni harakatga keltiruvchi
kuchlarini, tendensiyalarini aniqlab berish maxorati, ijtimoiy – siyosiy hayotga
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni baxolay bilish qobilyatidir. Shunindek, siyosiy
yetuklik – siyosiy bilimlarni, siyosiy etiqotga aylanishi natijasida inson shaxsida
shakllangan hayotiy mo’ljallardir.
Siyosiy yetuklik –bu fakat shahsning siyosiy tafakkuri emas, ayni payda
siyosiy hulk –atvori, siyosiy hatti –harakati usulidir. Insonning hokimiyatni
boshkarish ishlariga aralashuvining xolati, darajasi davlatni va ijtimoiy hayotni
boshqarish ishlariga ishtiroki, fuqarolik huquqlaridan amalda foydalana bilishdir.
Siyosiy yetuklik shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhum insoniy fazilat bo’lib
shakllanish jarayonida turli bosqichlarni bosib o’tadi. Chunonchi, u o’zining
dastlabki bosqichida siyosiy bilim, siyosiy fikrlash uslubi shayelida namoyon
bo’lsa, ikkinchi bosqichda siyosiy his - tuyg’u, siyosiy baholar, siyosiy kayfiyatlar,
siyosiy qadriyatlar shaklida sodir bo’ladi. Uchunchi bosqichda esa, ijtimoiy –
siyosiy faoliyat uning eng muhum shakli – ijtimoiy – siyosiy faollik shaklida
ko’rinadi. O’z navbatida, siyosiy yetuklik shakllanishi jarayonida bosib o’tgan har
bir bosqichdagi o’ziga xos holatlar – shaxs siyoisy yetukligining tarkibiy
1
Anvar Choriyev. Inson falsafasi II Mustaqil shaxs T. “Chinor ENK” 2002 203-b. 35-
бет.
56
komponentlari hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida xuddi shu komponentlar inson
siyoisy yetukliginig shakllanganligi xolati, rivojlanganligi darajasini o’lchovchi
mezonlar vazifasini ham bajaradi.
Siyosiy yetuklik – shaxs siyosiy ongi bilan shaxs siyosiy faoliyati o’rtasidagi
o’zaro aloqadorlikning mustahkamligini ifodalovchi qudratli ko’satgichdir. Ana
shu birlik qancha mustahkam bo’lsa, shaxs ijtimoiy – siyosiy faoliyati shuncha
barqaror bo’ladi va inson amaliy faoliyatining hamma jabhalariga o’z ta’sirini
o’tkazadi.
Shaxsning siyosiy yetukligi fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim
omil sifatida karalishi yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdi-ki,
Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
qaratilayotgan barcha harakatlarda, shu borada qabo’l qilingan normativ
hujjatlarning ijrosini taminlashda muhim vosita hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |