Konflikt – faol eshitish qobiliyatisiz yechilmaydi.
Faol eshitish qobiliyati esa ham eshitish, ham o’z fikrini bildirish
bosqichlaridan iborat bo’ladi. Shu bois, muloqot madaniyatini mana shu muloqotni
“sovuqlashtiruvchi” yoki uni “iliqlashtiruvchi” omillarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Agar siz o’zga tomon bilan o’z munosabatlaringizni buzmoqchi bo’lsangiz, sizga
muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar qo’l keladi, ammo siz muloqotdan tomonlar
orasidagi yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun foydalanmoqchi bo’lsangiz,
demak, siz doimo muloqotni “iliqlashtiruvchi” omillardan foydalanishingiz darkor.
Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar
Muloqot madaniyatida keng tarqalgan xatolardan bir shundaki, gapirib turgan
odamning so’zi nihoyasiga yetmasdan turib, unga yangi savollar beriladi. Siz
bunday qilganingizda suhbatdoshingizni qiyin ahvolga solib qo’ygan bo’lasiz.
Chunki u birinchi savolingizga xali to’liq javob ayta olmagan. Siz bo’lsa, yangi
savollar berayotirsiz. Siz uni dovdiratib qo’yasiz. Nima muhimu, nima muhim
emas, u idora qila olmay qoladi. Agar u savollaringizga javob bermasa, siz uni
omi, bilimsiz, didsiz, ilmiy salohiyatsiz odam sifatida baholashingiz mumkin.
Demak, savol berilgandan so’ng, to’laligicha mazkur savolga javob berish
imkoniyatini ham yaratish lozim.
Shu bilan birga, ba’zi odamlar o’z psixologiyasi va tarbiyasiga ko’ra muloqotni
“barbod” (sabotaj) etuvchilar qatoriga qo’shiladilar. Mana shunday odamlar
so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq
berib gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar.
Ba’zilar o’z suhbatini tergovday olib boradi. Ular so’zlari tahdid, shubha,
busaramjonlik bilan to’lgan bo’ladi. Ba’zilar esa, avval maqtab turib, so’ng biror
ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi
aldanib qolgandek xissiyot uyg’onadi. Ba’zilar nima to’g’rida gapirilsa ham,
asosan maslahat berishga o’tib ketaveradi. Kamdan kam odam o’z suhbatini
30
hamkorlikda biror
yechimni qidirishga
yo’naltira oladi. Ba’zilar esa
suhbatlashishni bahs qilish, ko’p gapirish, birovlarning og’zidan so’zini olib
qo’yish deb anglaydi. Ular suhbatdoshi bilan xuddi so’zlashishida musobaqa
o’tkazayotganday o’zini tutadi. Ba’zilar esa buning aksi, birovning so’zlarini
eshitish, faqat uni tinchlantirishdan iborat deb, nuqul “Hafa bo’lma”,
“Asabiylashma”, “Hamma narsa o’tib ketadi” qabilida suhbat quradilar. Ammo
ularning suhbatdoshiga tinchlantirish emas, ularning so’zlari, mana shu so’zlar
ortida turgan xissiyotlarni hamdard bo’lib eshitish talab qilinadi. Yuqorida
ta’kidlangan barcha holatlarda bir tomon ikkinchi tomonga nisbatan “sabotajlik”
munosabatida bo’ladi.
Empatiya deb atalgan tushuncha bor. Empatiya – boshqa bir odamning
harakatlari va amallarini yuzaga keltirayotgan omillar va xis-tuyg’ularni to’g’ri
tushunish, ularni adekvat anglash va hamdardlik ko’rsata olish hisoblanadi. Mana
shunday o’zingga yaqin, xatto ba’zan tanish bo’lmagan odamlar xis-tuyg’ulariga
ochiqlik, ularni tushunish - o’zaro anglash va hamdardlik, o’zaro kontakt qila olish
qobiliyatidan darak beradi. Mana shunday qobiliyatni o’zida tarbiya qila olgan,
o’stirib borgan odam, shu qobiliyatni egallagan odam, muloqot madaniyatining
eng zarur talabini bajargan hisoblanadi. Agar siz ruhan eng yaqin insonni ko’z
oldingizga keltirsangiz, siz va mana shu inson o’rtasida:
samimiylik;
ochiqlik;
o’zaro bir-biridan sir yashirmaslik;
o’zaro ishonch;
qarashlar yakdilligi;
muammolarni ochiq ayta olish, o’z muammosini aytganda “bu odam
yomon ekan” degan hayollarga bormaslik;
uning siz to’g’ringizda hyech qachon yomon fikrga bormasligiga, sizni
“muhokama” etib turmasligiga ishonch;
uning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishi;
siz uchun hyech qachon vaqt ayamasligi;
yordam kerak bo’lganda, ularning har doim tayyorligi va shu kabi o’nlab
xususiyatlarning namoyon bo’lishi oydinlashadi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |