50
VII.Mavzu: Transport xizmatini tashkil etish
Reja:
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko‗rsatishning mazmuni.
7.2.Turistik mahsulotlar tarkibida transportning ulushi.
7.3.Avtobuslarda turistlarni tashish.
7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish.
7.5.Turistlarni hayvonlar yordamida tashish.
7.1.Turistlarga transportda xizmat ko„rsatishning mazmuni.
Transport tizimlarining barcha turlari yagona maqsadni — tashish xizmatlarini
ko‘rsatishda sayohatchilarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishni ko‘zlaydi.
Turistlarga transport xizmatlarini ko‘rsatish turistlarni va ularning yuklarini bir
joydan ikkinchi joyga mumkin qadar tez va qulay sharoitlarda tashish uchun
mo‘ljallangan xizmatlar majmui deb ta’riflanadi.
Transport xizmatlari ko‗rsatish qonun hujjatlari bilan mustahkamlangan huquqiy
bazaga asoslanadi. Ushbu hujjatlar: 1) turli xalqaro transport tashkilotlari tomonidan; 2)
mamlakatlarning milliy qonunchiligi doirasida; 3) yuk va yo‗lovchi
tashuvchilarning
ichki qoidalari tarzida ishlab chiqilgan. Xalqaro turizmni amalga oshirishda
transport
xizmatlari ko‗rsatishning turli jihatlariga alohida diqqat-e‘tibor berish lozim. Sayohatlar
sohasida xalqaro hamkorlik chegaralarining kengayishi bojxona, chegara va sanitariya
nazoratini amalga oshirish normalari va qoidalarini muttasil
takomillashtirib borishni
taqozo etadi.
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib
qo‗yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar,
avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‗lishiga, shuningdek
transport xizmatlari ko‗rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi.
Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan‘anaviy
usullarida, yuk va yo‗lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va
rivojlanishida, turli axborot tizilari ishlab chiqilishida, yo‗lovchi tashishning texnik va
texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida,
ularning
xavfsizligi oshirilishida o‗z ifodasini topmoqda.
Muayyan transport tuzilmalari o‗rtasida hamda har bir transport turi doirasida
yo‗lovchi tashuvchilar o‗rtasidagi raqobat kurashi yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatishning
takomillashuvi jarayoniga kuchli turtki berdi. Servis sifati va darajasining oshishi
harakatlanadigan tarkibning hozirgi texnik jihozlanishida, yo‗lovchilarga
qulay va
shinam shart-sharoitlar yaratilishida, transport vositalari bortida yo‗lovchilarning dam
olishi tashkil etilishida, yo‗lovchilarni ovqatlantirish sifatining oshishida, transport
kompaniyalarining doimiy mijozlari uchun rag‗batlantirish dasturlari ishlab chiqilishida
namoyon bo‗lmoqda. Yo‗lovchi tashuvchilar transportda bolalar va nogironlarga,
shuningdek boshqa toifa yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha maxsus tadbirlarni
amalga oshirmoqdalarki, bu yo‗lovchilarning ehtiyojlarini to‗laqonli
qondirish uchun
imkoniyat yaratmoqda.
Turli transport tizimlari o‗rtasida yaqin hamkorlik transport xizmatlari ko‗rsatish
sohasidagi muhim yo‗nalishlardan biridir. Bu multimodal vokzallar tashkil etish, qatnov
jadvallarini muvofiqlashtirish, transport xizmatlarini uyg‗unlashtirish va yo‗lovchilarga
kompleks xizmatlar ko‗rsatish imkonini beradi.