O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi keyingi o'rinlarda qo'mita


Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari



Download 499,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana24.06.2022
Hajmi499,49 Kb.
#698807
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlat soliq

4.Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari. 
Mamlakatimizda 
so’nggi 
yillarda 
barcha 
sohalarda 
amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlar qatori soliq sohasida ham rivojlanishning asosiy 
maqsadlari belgilab olindi 
Аsosiy maqsad: 
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori 
va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga 
yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — 
insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani 
soʼzsiz bajarish; 
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq 
majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish 
uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish 
darajasining oshishini taʼminlash; 
• uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi 
tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha 
preventiv va oldini olish choralarini qoʼllash. Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-yanvar kuni Davlat 
byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish 
boʻyicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi 
oʻtkazildi. 
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda 
milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. 
Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. 


31 
Buning natijasida oʻtgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion soʻm mablagʻ 
qoldi. 
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq 
etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy 
barqarorlikni taʼminlashdir. 
Yigʻilishda buning uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali 
byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi taʼkidlandi. 
– Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni 
ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qoʻshimcha daromadlarni 
taʼminlashi uchun oʻzi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari 
bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari isteʼmoli 
va toʻlovi boʻyicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga 
yondashuvi tanqid qilindi. Oʻtgan yili Mirzo Ulugʻbek, Gʻuzor va Muborak 
tumanlarida faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani koʻrsatib oʻtildi. 
– Bitta tadbirkor oʻz faoliyatini toʻxtatsa ham, bunga “favqulodda holat” 
sifatida qaralishi kerak, – deya taʼkidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi 
raqobatbardosh tadbirkorlarni koʻpaytirishdir. 
Yigʻilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini 
taʼminlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar boʻyicha 
birinchi oʻrinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan 
vazifalar belgilab berildi. 
Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini 
toʻxtatgan korxonalarni tiklashga koʻmaklashish kerakligi taʼkidlandi. Buning 
uchun elektr, gaz, yoʻl, suv bilan bogʻliq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini 
barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan 
daromadlar, birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga 
yoʻnaltirilishi belgilandi. 
Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263 
gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obyektlaridan samarali foydalanilsa, 
koʻplab yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish 


32 
agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda 
shu borada manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 
Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs soligʻi toʻlovchilarni 
hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish oʻrinlari va tadbirkorlar 
faoliyatini legallashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berdi. 
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni qisqartirish 
masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. 
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda 
debitor qarzdorlik koʻpaygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta 
miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu energiya ishlab 
chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishi bilan birga 
hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga sabab 
boʻlmoqda. 
Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qoʻyib, elektr energiyasi va 
tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar 
bilan uzluksiz taʼminlash zarurligini taʼkidladi. 
Maʼlumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, 
“Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzqurilishmaterillari”, “Oʻzkimyosanoat” 
kabi yirik korxona va tashkilotlar byudjet koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir 
koʻrsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq toʻlovchilar 
bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yigʻiladi. 
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga oʻz komplekslari 
tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini har oyda muhokama 
qilib borish boʻyicha koʻrsatma berildi. 
Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat 
aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 
1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos. 
Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yogʻ-moy 
va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik 
soliq toʻlovchi subyektlar boʻyicha dividend toʻlash miqdori va davriyligini 
belgilash vazifasi yuklatildi. 


33 
Yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun 
viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari 
moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa 
tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet 
daromadlarini oshirish boʻyicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi. 
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga 
toʻliq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. 
Maʼlumki, oʻtgan yili soliq tizimidagi oʻzgarishlarning mazmun-
mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Ishchi guruh 
tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib 
borildi. 
Joriy yil 1-yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi 
qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar toʻgʻri qoʻllanishi, aholining huquq va 
manfaatlari taʼminlanishi uchun oʻzgarishlardan barcha xabardor boʻlishi kerak. 
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy 
kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish zarurligi 
taʼkidlandi. 
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli 
ijrosini taʼminlashga imkon boʻladi. Undan tashqari, hujjatda koʻzda tutilgan 
qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra 
suhbatlari, seminarlar va boshqa targʻibot tadbirlarini oʻtkazish muhimligi qayd 
etildi. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot boʻyicha media reja ishlab chiqib, 
birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi. 
Yangi kodeksda soliq organlariga ham koʻplab vazifalar yuklatilgan. 
Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin 
oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan oʻzgartirishi zarurligi taʼkidlandi. 
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va 
Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama 
qilgan holda soliq tekshiruvlari oʻtkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi 
qoʻyildi. 


34 
Yigʻilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. 
Moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan obyektlarda qurilishni boshlash va 
loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi. 
– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy 
kompleksdan katta masʼuliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar 
uchun “iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili” boʻladi, – dedi Shavkat 
Mirziyoyev. 

Download 499,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish