O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi keyingi o'rinlarda qo'mita


-rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining



Download 499,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana24.06.2022
Hajmi499,49 Kb.
#698807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Davlat soliq

2-rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining 
YaIM dagi ulushi

Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning 
asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy 


12 
vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish 
moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan 
soliqlar orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq 
solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir 
etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, 
chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy 
manbayi hisoblanadi.
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk 
saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni 
idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha 
davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u 
davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq 
qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy 
qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga 
ayon bo‘lmoqda.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar 
ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit 
(shotland faylasufi va iqtisodchisi, (1723—1790) o‘zining «Xalqlar boyligining 
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini 
ko‘rsatib berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik 
emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi. 
N.I. Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida 
(1818-yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning 
xalqlar urf-odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining 
takomillashuviga ham ta’sir etgan», «...soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga 
paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. ...Soliqlarning tayinlanishi, 
taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar 
to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr 
yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy 
xususiyatdir». Bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar 
qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga 


13 
kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida turgan vazifalarni 
bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning 
rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha xususiyatlarga ega 
bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda 
manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi. 
«Soliqlar, — deb yozadi D. Rikardo, — hokimiyat ixtiyoriga kelib 
tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va 
oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan 
to‘lanadi». Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar 
mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar 
nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan. 
S.G. Pepelyayev «Soliq — ommaviy hokimiyat subyektlarining to‘lov 
qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini 
begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, 
davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki 
kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir» 
— deb, ta’kidlagan. D.G. Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan 
xo‘jalik subyektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda 
undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi». 

Download 499,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish