173
Ma`lumotlar bazasi odatda intellektual sistemani ekspluatasiya qilish
jarayonida yaratiladi va to’ldiriladi.
Robot texnikasi muhandisining asosiy faoliyati – robot texnikasi
komplekslari va ular asosida texnologiyalarni yaratish ekan, bu faoliyat hozirgi
zamonda kompyuterlar asosida, avtomatlashgan ish o’rinlari,
avtomatlashgan
loyihalash sistemalari asosida amalga oshiriladi. Bunda asosiy faoliyat modellash
va modellash asosida yangi yechimlar topishdir.
Modellashda, loyihalashda asosan uch turdagi masalaga duch kelinadi:
model shakllantirish, model analizi, model asosida sintez. Bunda loyihalashning
qaysi bosqichida ish olib borilayotganiga qarab originalning strukturasi, rejimi
(maromi, holati), ishlashi (funktsiyasi), undagi yo
uni yaratishdagi texnologik
jarayon, konstruktsiyasi yoki bularning baravariga bir nechtasi tadqiqotchi-
loyihalovchining diqqat markazida bo’lishi mumkin. Shular bilan bir qatorda bu
masalalarni yechishdan oldin loyihalash sistemasining yoki intellektual robotning
xotirasida fan sohasining modeli (nazariyasi) bo’lishi lozimdir. Shuning uchun
modellash asosida texnika sistemalari yaratish va ularni takomillashtirishga oid
masalalar sinflarini 13.1-jadvalda keltirlganidek sanab o’tish mumkin.
13.1-jadval.
Masalalar sinflanishi
Masala
turi
Modellash aspekti (nuqtay nazari)
st
ru
k
tu
ra
maro
m
is
h
las
h
tex
n
o
lo
g
iy
a
k
o
n
st
ru
k
si
y
a
b
ir
g
al
ik
d
a
q
ara
la
d
ig
an
as
p
ek
tl
ar
p
re
d
me
t
so
h
as
i
Model
tuzish
Analiz
Sintez
1
8
15
2
9
16
3
10
17
4
11
18
5
12
19
6
13
20
7
14
21
Strukturaviy modellar (1)
robot texnikasi sistemasi, uni ish maromining,
ishlashining, texnologiyaning, konstruktsiyalarning, yoki predmet sohasining
tashkil etuvchilari (elementlari) va ular orasidagi bog‘lanishlarni aks ettiradi.
174
Bularga manipulyatorning kinematik sxemasi, boshqaruv algoritmining sxemasi va
shunga o‘xshashlar misol bo’la oladi. Loyihalashda strukturaviy sintez masalalari
(15) strukturaviy analiz masalalariga (8) nisbatan ko’proq qo’llaniladi.
Marom modellari (2) ga robot ijro qurilmalarining kinematikasi va
dinamikasi
modellari, maromni analizi (9) va sintezi (16) masalalariga to’g‘ri va
teskari kinematika va dinamika masalalari misol bo’la oladi. Bunday modellarga
elektr va mexanik sistemalarning o’rnashgan (ruscha-statsionar) va o’tkinchi
jarayon (ruscha-perexodnoy protsess) modellari ham misol bo’la oladi.
Ishlashga oid modellar (3) sintez (17) masalasiga nisbatan analiz (10)
masalasini yechishda kengroq qo’llaniladi. Bularga boshqarishning modellari,
mantiqiy modellar, imitatsion (taqlidiy) modellar misol bo’la oladi. Imitatsion
model o’rganilayotgan vaziyatni yuzaga keltiruvchi sun’iy sharoitlarda, tabiiy yoki
tezlashgan vaqt masshtabida tadqiq etishga imkon beruvchi sistemadir.
Robot texnikasi sohasida texnologiyaga oid modellar tuzish (4),
texnologiyani analizi (11) va sintezi (18) masalalari eng ko’p duch kelinadigan
masalalardir.Bu yerda texnologiya informatsion, moddiy,
energetik texnologiya
ma’nosida qaraladi. Texnologiyani aks ettiruvchi modellarga nafaqat robot ish
bajaradigan ishlab chiqarish jarayonlarining modellari, va ularni ishlab chiqarish
modellari, balki robot va robot texnikasini boshqarishdagi hamda ularni
loyihalashdagi informatsion texnologiyalarni aks ettiruvchi modellar ham kiradi.
Informatsion texnologiya modellarining eng ko’p uchraydigan turlari tahlillash va
sintezlash programmalari bo’lsa, informatsion – energetik texnologiya modelining
tipik turi – boshqaruv va nazorat programmasidir.
Konstruktsiya modelini tuzish (5), uning analizi (12) va sintezi (19)
masalalari ko’pincha avvalgi masalalardan farqli yondoshishlarni, tayyor
programma
va jadvallardan, mashina grafikasidan, ixtirochilik ko’nikmalaridan
foydalanishni taqozo etadi.
Umuman olganda har bir modelda ma’lum darajada hisobga olingan aspekt
(nuqtai nazar) dan tashqari boshqa aspektlar bo’yicha ham ma’lumot bo’ladi. Agar
ikki-uch aspekt bo’yicha modelda yetarli ma’lumot bo’lsa, unda bu aspektlarni
175
o’zaro uyg‘unlashtirish imkoni kengayadi. Lekin bu ko’pincha modellashning
murakkablashishiga olib keladi. Bunday modellarga struktura-marom, struktura-
funktsiya modellari misol bo’la oladi. Birgalikda qaraladigan aspektlar bo’yicha
model tuzish (6) ular asosida analiz (13) va sintez (20) masalalarini yechishga
intilish modellash nazariyasida yangi yo’nalishlardir.
Ko’rib o’tilgan masalalar asosan originalni
yoki predmet sohasini
modellashga oid bo’lsa, originallar sinfi va predmet sohasi uchun umumiy xossalar
haqida ma’lumotlar, umumiy bilimlar fan sohasining modelida (nazariyasida)
tarkib topgan bo’ladi. Har qanday original va predmet sohasining modelini
tuzishda ular mansub bo’lgan fan sohasini avvalo tasavvur qilmoq, shu predmet
sohasiga nisbatan model vazifasini bajarishi mumkin bo’lgan boshqa predmet
sohalarini bilmoq lozimdir. Bu esa predmet sohasini modelini tuzish (7), uni
analizi (14) va sintezi (21) muammolarini o’rtaga qo’ydi. Bunday muammolar
bilan model tuzish, avtomatlashgan loyihalash sistemalari
va intellektual robotlar
yaratishga kirishgan olim va muhandislar shug‘ullanadilar.
Jadvalda keltirilgan masalalar chapdan o’ngga va tepadan pastga qarab
murakkablashib boradilar. Unda 1-masala eng osoni bo’lsa, 21-masala eng
qiyinidir. Robot texnikasi sohasidagi muhandis yo olimning ilmiy yetuklik darajasi
shu masalalarning qancha qismini yecha olishga tayyorligi bilan belgilanadi [5].
Do'stlaringiz bilan baham: