33
4. Dars o’tish usuli
sifatida analogiya usulidan foydalaniladi.
5. Darsning mazmuni:
Kaogulyatsiya va peptizatsiya. Analitik kimyoda kolloid hosil
bo’lishning ishlatilishi.
Kimyoviy reaksiyalarning asosiy tahliliy samaradorligi yoki effektlaridan
biri cho’kmalarning hosil bo’lishidir. Ayniqsa, ular rangli bo’lsa, oson
kuzatiladi. Cho’ktirish moddalarni ajratishga ham imkon beradi. Cho’ktirish
jarayonini miqdoriy jihatdan ham xarakterlash (tavsiflash) mumkin.
Cho’kmalarning shu va shu kabi boshqa parametrlariga qarab bir qancha tahlil
usullari yaratilgan bo’lib, ular yordamida moddalanii topish, aniqlash va ajratish
mumkin.
Moddalarning kam eruvchanligi va ularning cho’kmaga tushishi, cho’kma
hosil qiladigan elementning xossaliriga bog’liq bo’ladi. Masalan: Pb
2+
tuzi
eritmasini NaCl bilan aralashtirish kerak. Bunda Pb
2+
+2C1
-
ionlari: Рb
2+
+2Сl
-
=РbС1
2
lekin PbCl
2
ning haqiqatan cho’kish, cho’kmasligi eritmaning shu tuzga
nisbatan o’ta to’yingan bo’lishiga bog’liqdir. Eritmada esa [Рb
2+
]·[Сl
-
]
2
ko’paytmasi.
EK
PbCl
.
dan ortiq bo’lganidagina o’ta to’yingan bo’lishi mumkin.
Odatda cho’ktiruvchi (M:NaCl) ning konsentratsyasi qancha yuqori bo’lsa,
reaksiya shuncha seziluvchan bo’ladi. Demak har qanday qiyin eriydigan
elektrolitning cho’kmasi uning eritmadagi ionlari aktivliklarining ko’paytmasi
shu temperaturada eruvchanlik ko’paytmasidan katta bo’lganidagina hosil
bo’ladi:
∙
→
Shisha
tayoqcha bilan aralashtirish, chayqatish va boshqa mexanik
ta’sirlar yordamida cho’kma tushishi tezlashadi. Cho’kish boshlangach, ionlar
ko’paytmasi
asta-sekin kamayib, cho’kmaning EK bilan tenglashadi va
cho’kma-eritma orasida dinamik muvozanat yuzaga keladi va cho’kish
to’xtaydi.
Bironta ham moddani mutlaqo to’liq cho’ktirish mumkin emas.
Cho’ktirilgan ionlarning EK qiymati muvofiq keladigan qismi hamisha eritmada
qoladi.
Agar eritmada qoladigan qism bundan keyingi ishlarga xalaqit bermasa,
cho’ktirishni amaliy jihatdan to’liq deyish mumkin.To’lik cho’ktirishga bir
qancha omillar sabab bo’ladi va ular quyidagilar:
1. Cho’ktiruvchi reagentlar miqdori. Agar hosil bo’ladigan cho’kma
suvda ancha
-
eruvchani bo’lsa biror ionni to’liq cho’ktirish uchun cho’ktiruvchi
reagentdan mo’lroq, ya’ni tenglama bo’yicha talab etiladigan miqdoridan
taxminan 1,5 martagacha ko’proq qo’shish kerak.
Masalan: Ca
2+
+SO
4
2
-↔CaSO
4
Muvozanatni o’ngga
siljitish uchun SO
2
2-
ionlarning konsentratsyasi
(NH
4
)
2
SO
4
) kattaroq bo’lishi kerak. Cho’ktiruvchi reagentni ortiqcha qo’shish
natijasida esa oson eriydigan moddalar (nordon tuzlar, kompleks birikmalar)
hosil bo’lishiga sharoit yaratiladi:
34
Ca
2+
+(NH
4
)
2
SO
4
↔CaSO
4
+2NH
4
+
CaSO
4
+(NH
4
)
2
SO
4
→
(NH
4
)
2
(Ca(SO
4
)
2
) suvda eruvchan kompleks tuz
hosil bo’ladi.
2. Cho’ktiriladigan birikmaning eruvchanligi. Topilishi lozim bo’lgan
ionning cho’kma holida hosil qiladigan birikmasining eruvchanligi berilgan
sharoitda qanchalik kam bo’lsa bu ion eritmadan shunchalik to’liq ajratiladi.
Masalan: PbCl
2
, PbSO
4
, PbS larning eruvchanligi tegishlicha 1,610
-2
1,26·10
-4
, 5·10
-14
mol/1
Рb(NО
3
)
2
ning 10 ml 1 N eritmasiga NaCl ning 1 N eritmasidan 10-11 ml
qo’shganda PbCl
2
hosil bo’ladi. Uni filtrlab ajratgach, filtratga (ikkiga
bo’lib) 1-
qismiga (NH
4
)
2
S, 2-ga Na
2
SO
4
ta’sir
ettirilsa, 1-holda qora cho’kma: PbS, 2-
holda: PbSO
4
chayqatilgach oq cho’kmasi hosil bo’ladi.
3. Eritma pH ning qiymati. Har bir ionning to’liq cho’kishi uchun
vodorod ionlarining konsentratsyasi ma’lum qiymatida bo’lishi kerak. Demak,
cho’ktirishni amalga oshirishdan oldin eritmaning pH ini tekshirish lozim.
Eritmaga kislota, ishqor yoki bufer aralashma qo’shish bilan tahlil o’tkazish
uchun kerakli pH qiymat hosil qilinadi. Kislota yoki ishqor qo’shilganda shunga
harakat qilish kerakki, ular keyingi tahlillarga xalaqit bermasin. Masalan, K
+
ni
aniqlashda muhit kislotali bo’lsa, eritmani NaOH qo’shib neytrallash mumkin
va aksincha,
lekin NH
4
OH tarkibidagi NH
4
+
ioni K
+
ni topishga xalal beradi.
Cho’ktirish jarayonida hosil bo’ladigan cho’kma o’z tuzilishlariga ko’ra
kristall yoki amorf holida bo’lishi mumkin. kristall va amorf cho’kmalarning
hosil bo’lishi sharoitlari turlicha.
Kristall cho’kmalar hosil bo’lishida quyidagilarga e’tibor berish kerak:
kristall moddalarni cho’ktirishda imkoni boricha yirik kristallar hosil qilishga
harakat qilinadi. Agar cho’kma mayda kristall bo’lsa yoki filtrdan o’tib, bir
qismi yo’qoladi, yoki filtr teshiklarini bekitib, filtrlashni qiyinlashtiradi.
Kristall cho’kma kristall markazlarining hosil bo’lishi va ularning o’sishi
kabi jarayonlardan iborat. Kristallanish markazlarining kamroq hosil bo’lgani
ma’qul, kristallarning o’sish jarayonini esa tezlashtirish zarur. O’ta to’yingan
eritmalarda juda ko’p kristallanish markazlari hosil bo’lib, ular o’smasdan
qoladi. Shuning uchun, o’ta to’yinish darajasi kamroq eritmadan cho’kma hosil
qilish kerak.
Mayda kristallar hosil bo’lishining
oldini olish uchun, eritma bir necha
soat tinch qoldiriladi va bu jarayon kristallarning yetilishi deyiladi.
Temperaturaning ko’tarilishi kristallning yetilish davrini qisqartiradi. Shuning
uchun idish issiq joyda yoki suv hammomida qoldiriladi. Kristallar hosil bo’lishi
bilan sekin sovitilganda kristallar o’sa boradi.
O’zaro ta’sirlashayotgan moddalar eritmalarining konsentratsyalari
kristall cho’kmalar hosil qilishda juda yuqori yoki juda kam bo’lmasligi kerak.
Masalan: BaCl
2
va H
2
SO
4
konsentratsyalari 1M bo’lishi kerak.
Agar yuqori
konsentratsyasi olinsa mayda kristallar hosil bo’ladi.
35
Eruvchanligi yuqori bo’lgan moddalar yirik kristall cho’kmalar hosil
qiladi. Kam eruvchan moddalar esa mayda kristalli yoki amorf cho’kmalar hosil
qiladi (metallarning sulfidi).
Reagentlarning o’zaro ta’sir vaqti ham cho’kma kristallarini shakliga
ta’sir qiladi. Reagent (cho’ktiruvchi.) sekin quyilganda yirik kristallar yetilishiga
imkon tug’iladi.
Tahliliy kimyoda oladigan natijalarning aniqligi yuqori bo’lishi uchun
kristall cho’kmalar hosil qilish muhimdir.
Amorf cho’kmalarning .olinish sharoitlari birmuncha farq qiladi. Amorf
cho’kmalar kalloid hosil bo’lishining oldini
olish uchun kuchliroq
konsentrlangan eritmalardar yoki o’ta to’yingan eritmalardan tezda cho’ktirib,
filtrlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: