Microsoft Word analitik kimyo ruziyev



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana23.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#696074
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
analitik kimyo ruziyev

 
Birgalashib cho’kish 
Eritmadan tushadigan cho’kmalar o’z sirtida bir ismli va har xil begona 
moddalarni ham adsorbilaydi. Juda katta sirtga ega bo’lgan kolloid 
zarrachalarda bunday adsorbsiya ayniqsa kuchli bo’ladi. 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, odatda tekshirilayotgan kolloid zarrachalarning 
tarkibiga kiruvchi ionlar birinchi galda adsorbilanadi va buning. natijasida 
musbat yoki manfiy ishorali bo’lib qoladi. Bunday zaryadlangan zarrachalar 
kaogulyasiyaga uchraganda qarama-qarshi zaryadlangan begona ionlarni o’zi 
bilan ’birga cho’kmaga olib .ketadi. Masalan: Fe(OH)
3
ammiakli muhitda 
cho’ktirilsa Fe(OH)
3
zarrachalari OH
-
inlarini adsorbilab, manfiy zaryadli bo’lib 
qoladi va cho’kmaga o’zi bilan birga xar xil kationlarni Ca
2
, Cu
2+
, Mg
2
, Co
2+

Ni
2+
, Pb
2+
, A1
3+
, Cr
3+
kabilarni olib ketadi. III guruh kationlari tahlilida buni 
hisobga olish kerak. 
Aksincha, agar Fе(ОН)
3
zarrachalari Fe
3+
ionlarni adsorbilasa, natijada 
musbat zaryadlanadi va eritmadan Сl
-
, SO
4
2+
kabilarini adsorbilaydi. 
Tajriba sharoitida cho’ktiruvchi ta’sirida bevosita cho’kmaydigan begona 
moddalarning cho’kayotgan zarrachalar bilan qo’shilib cho’kmaga tushishi 
birgalashib cho’kish deyiladi. 
Birgalashib cho’kish faqat begona moddalarning cho’kma zarrachalari 
sirtida alsorbilanishi natijasidagina bo’lmay, balki har qanday haqiqiy kristalda 
bo’ladigan yoriqlardi va mikrokapillyarlarda adsorbilanishi (ichki adsorbsiya) 
natijasida ham sodir bo’ladi. 


37 
Bir necha moddalarning birgalashib cho’kishi hodisasi kimyoviy tahlilda 
muhim o’rin tutadi. Birgalashib cho’kish asosiy cho’kmani hosil qiluvchi 
cho’ktiriladigan modda va asosiy cho’kma bilan cho’kadigan begona moddalar 
mavjud bo’lishidir. 
Ichki birgalashib cho’kishga izomorfizm va okklyuziya kiradi. Tashqi 
yuza bo’ylab birga cho’kishga esa moddalarning cho’kma sirtida adsorbilanishi 
kiradi. 
Cho’kma sirtiga adsorbilangan ionlar eritmadagi tegishli ionlar bilan 
dinamik muvozanatda bo’ladi. Cho’kma yuvilganda bu- muvozanat buziladi va 
adsorbilangan ionlar cho’kma sirtidan eritmaga o’tadi. 
Birgalishib cho’kish hodisasi cho’kmalarning ifloslanishiga asosiy 
sabablardan biridir. • 
Cho’kmalarning ifloslanishiga ham quyidagi hodisalar sabab bo’ladi. 
1. Izomorfizm. 
2. Okklyuziya. 
3. Adsorbsiya. 
Izomorfizm - birgalashib cho’kish turlaridan bo’lib, cho’kma kristall 
panjarasi tarkibiga begona moddalarning kirib qolishi natijasida yuzaga keladi. 
Bu hodisa asosiy va birga cho’kadigan ionlarning radiuslari yaqin bo’lgan 
hollarda ro’y beradi va ular bir xil kristall panjaralari hosil qiladi. Masalan: 
BaSO
4
bilan birga Ra
2+
, Pb
2+
ham cho’kadi, chunki 
0,14 
0,15 
0,132 
Okklyuziya-cho’kma kristall panjaralari orasidagi bo’shliqlarda begona 
moddalarning qolib ketishidir. Bu moddalarni yuvish yo’li bilan eritmaga 
o’tkazib bo’lmaydi. Ularni qaytadan eritmaga o’tkazish vа faqatgina butun 
cho’kmani eritish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Adsorbsiya-ionlar, molekulalar va qo’shimchalarning cho’kma sirtida 
ushlanib qolishi yoki yutilishidir. Bu ham birgalishib cho’kish turi bo’lib, yuza 
bo’ylab birgalashib cho’kishdir va moddalarning cho’kma sirtida 
adsorbsiyalanishiga asoslangan. 
Bunda ionlarning yoki molekulalarning cho’kma sirti bilan elektrostatik, 
molekulalararo va ion almashinishi kabi ta’sirlishishi natijasida adsorbsiya ro’y 
beradi. Panet-Fayans-gana qoidasiga binoan kristalning ion panjarasi 
panjaradagi ionlar bilan kam eruvchan birikmalar hosil qila oladigan ionlarni 
eng kuchli adsorbilaydi. 
Masalan: AgCl, cho’kmasiga J
-
, Br
-
kuchli adsorbilanadi, chunki ular Ag
+
bilan, AgCl, AgBr kabi erimaydigan birikmalar hosil qiladi. 
Begona moddalarning cho’kma sirtida adsorbilanishi sirt yuzasining 
kattaligiga bog’liq bo’lib,.yuza qancha katta bo’lsa, adsorbilanish shuncha katta 
bo’ladi. 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish