Trpreport 2020 Uzbekistan uz



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/110
Sana23.06.2022
Hajmi2,36 Mb.
#695592
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
Bog'liq
TRPreport 2020 Uzbekistan UZ

E.3: KHT budjeti
E.3.1. Xarajatlarni rejalashtirish, KHT budjetini shakllantirish va uning ijrosi 
Ta'lim sohasini byudjet tomonidan moliyalashtirish uch darajaga bo'linadi: respublika, viloyat va mahalliy 
byudjetlar. Mahalliy hukumat yillik byudjetni prognoz qilinayotgan mahalliy daromadlarga muvofiq prognoz 
qiladi. Davlat mahalliy byudjet kamomadini asosan mahalliy soliq tushumlarining ulushini (foizini) 
o'zgartirish yoki respublika byudjetidan transfertlarni amalga oshirish yo'li bilan subsidiyalashtiradi. 
O'rta kasb-hunar ta'limi muassasalarini rejalashtirish davri uchun moliyalashtirish parametrlari narxlar 
darajasining o'zgarishi, talabalar harakatining prognozi, muassasalar infratuzilmasidagi o'zgarishlar (yangi 
ob'ektlarni ishga tushirish) va maqsadli dasturlarning o'zgarishi bilan oldingi davrlar uchun haqiqiy 
xarajatlar asosida hisoblanadi.
Ta'lim sohasini byudjet tomonidan moliyalashtirish uch darajaga bo'linadi: respublika, viloyat va mahalliy 
byudjetlar. Mahalliy hukumat yillik byudjetni prognoz qilinayotgan mahalliy daromadlarga muvofiq prognoz 
qiladi. Davlat mahalliy byudjet kamomadini asosan mahalliy soliq tushumlarining ulushini (foizini) 
o'zgartirish yoki respublika byudjetidan transfertlarni amalga oshirish yo'li bilan subsidiyalashtiradi. 
170
O
’zR Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 – son Farmoni.  http://www.lex.uz/ru/docs/3107042


TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 77 
Shu bilan birga, 11 yillik majburiy umumiy ta'lim tizimi joriy etilishidan oldin (2017 yilgacha), aholi jon 
boshiga moliyalashtirishning me'yoriy usuli qo'llanilgan. 11 yillik majburiy umumiy ta'limga o'tish tufayli ish 
yukining kamayishi munosabati bilan, kasb-hunar ta'limi muassasalari umumiy hisoblangan 
moliyalashtirishga o'tkazildi. O'rta kasb-hunar ta'limi muassasalarini byudjet tomonidan moliyalashtirish 
respublika byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
171
KHT ning yillik budjetini shakkaltirishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ta'lim uchun mas'ul bo'lgan mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari keyingi yil uchun o'rta-maxsus 
kasb-hunar ta'limi muassasalarida talabalar sonini hisoblab chiqmoqdalar. Shuningdek, ular ta'lim 
xizmatlarini ko'rsatish xarajatlarini baholaydilar va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarini joriy 
ta'mirlash xarajatlarini prognoz qiladilar. 
Moliya vazirligining hududiy boshqarmalari qayta ko'rib chiqilib, birlashtirilib, respublika byudjetidan 
ajratilgan barcha boshqa mablag'lar bilan birgalikda Moliya vazirligiga (MV) taqdim etiladi
172

Shu bilan birga, akademik litseylarga ega bo'lgan vazirlik va idoralar akademik litseylar sharoitida texnik 
xarajatlarning prognozini tayyorlaydilar va Moliya vazirligiga konsolidatsiyalangan byudjet arizasini 
topshiradilar. 
Byudjet loyihalariga kiritish uchun xarajatlar prognozlari iyun-iyul oylarida taqdim etiladi. Moliya vazirligi 
sentyabr oyining boshida Davlat byudjeti loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga 
taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda byudjet loyihasini ko'rib chiqadi va unga o'zgartishlar 
kiritadi, so'ngra Hisob palatasiga byudjet to'g'risidagi xabar loyihasini taqdim etadi. Hisob palatasining 
xulosasidan so'ng, 20 oktyabrga qadar yakuniy byudjet loyihasi Oliy Majlisga yuboriladi. Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi qo'mitalari byudjet loyihasini ko'rib chiqadi va yakuniy byudjetni tasdiqlash uchun o'z 
tavsiyalarini taqdim etadi, bu haqda har yili noyabr-dekabr oylarida xabar beriladi (31-rasm). 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish