Trpreport 2020 Uzbekistan uz



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/110
Sana23.06.2022
Hajmi2,36 Mb.
#695592
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
TRPreport 2020 Uzbekistan UZ

TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 63 
Shubhasiz, bu masalada davlat ta'lim muassasalari o'rtasida xususiy o'qituvchilar va nodavlat tashkilotlar 
bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish juda muhimdir. Bu, ayniqsa, KHT masalasi ikkinchi darajaga aylangan 
ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida, ayniqsa sotsiologik masalalarda, shu jumladan har bir o'qituvchi va 
o'quvchining ijtimoiy ongini oshirishda dolzarb hisoblangan masala sifatida muhimdir.
D.2.5. KHT tizimida o
’qituvchilar va instruktorlarni jalb qilish va saqlab qolish
O'zbekistonda o'qituvchilarning mavqei va ish haqi nisbatan past bo
’lgani uchun kasb-hunar kollejlari o'z 
sohalaridan malakali mutaxassislarni jalb qilishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. 
KHT tizimi oldida turgan asosiy muammolar qatorida YuNISEF (2018) o'quvchilarni mehnat bozoriga 
tayyorlashga qodir malakali kadrlarni tayyorlash va jalb qilishni ta'kidlaydi. Hududlarda ma'lum bir 
mutaxassislik bo'yicha o'qituvchilarni jalb qilish deyarli amalga oshirilmayapti, lekin aynan hududlarda 
hozirda yangi ish o'rinlari yaratilmoqda va buning uchun kreativ fikrlaydigan kadrlar zarur. 
O'qitish ishlariga qo'yiladigan malaka talablari ko'pincha salohiyatli iqtidorli o'qituvchilar uchun jozibador 
emas, chunki ular eski printsiplar asosida ishlab chiqilgan, masalan, o'qituvchining lavozimi va maqomi 
moslashuvchan va realistik ko'rsatkichlar va mezonlarga emas, balki ularning ilmiy darajasi bilan 
bog'langan. 
Bundan tashqari, o'qituvchilarni jalb qilish va ularni saqlab qolish asosan ta
’lim muassasasi rahbarining 
vazifasi hisoblanadi. Bir vaqtning o
’zida bu masalaga o’zuvchilarni ham e’tiborini qaratish mumkin edi, 
chunki muayyan o
’qituvchining talabalar o’rasida obro’si va professionallik darajasini inobatga olgan holda 
ular faoliyatini baholashga talabalar o
’z xulosalarini berishlari mumkin bo’lar edi.
Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni qabul qilingandan keyin
145
, KHT bo
’yicha yangi nizomni amalga 
kiritish bilan pedagoglarni jalb qilish, rag
’batlantirish va mehnatiga haq to’lashning yangi va samarali 
mexanizmlari joriy qilinishi mumkin. Chunki KHT tizimining jozibadorligini oshirish ushbu kabi omillarga 
bog
’liq bo’ladi. 
D.2.6. 
Professional rivojlanishni boshqarish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash 
Mamlakatimiz Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi UP-5763-sonli "Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida 
menejmentni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoniga muvofiq
146
, zamonaviy va mustaqil 
fikrlaydigan, bilimli va yuqori malakali kadrlar tayyorlash; zamonaviy bilim va malakaga ega, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini puxta egallagan kadrlar tayyorlash sifatini ta'minlash oliy 
va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi. 
2015 yil sentyabr oyida O'zbekiston hukumati Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 192 ta a'zo 
davlatlari hukumat rahbarlari bilan birgalikda "Dunyomizni o'zgartirish: 2030 yilgacha barqaror rivojlanish 
kun tartibi" dasturi 
147
va 
Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish 
majburiyatini o’z zimmasiga 
olgan. 
O'zbekiston xalqaro miqyosda kelishilgan ko'rsatkichlarni mahalliylashtirish / moslashtirish bo'yicha zarur 
choralarni ko'rdi. 2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2017-2021 yillarda 
mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi" tasdiqlangan 
bo’lib unda "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash va sifatli ta'lim xizmatlari qamrovini oshirish" vazifalari belgilandi
148
.
2018 yil 20 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030 yilgacha bo'lgan davrda 
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 
841-sonli qarori qabul qilindi, unda 16 ta maqsad va 127 ta vazifa belgilandi. 
Ushbu Qarorda "2030 yilga qadar malakali o'qituvchilar sonini sezilarli darajada ko'paytirish, shu jumladan 
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish tizimini takomillashtirish belgilandi
149

KHT tizimini malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash va ularning malakasini oshirish imkoniyatlarini 
yaratish maqsadida bir qator zarur choralar ko'rildi. 
145
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kasb-hunar ta'limi tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar 
to'g'risida" 2019 yil 6 sentyabrdagi UP-5812-sonli Farmoni. 
https://lex.uz/ru/docs/4500929
 
146
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.07.2019 yildagi PF-5763-sonli Farmoni http://lex.uz/docs/4415393
 
147
https://sustainabledevelopment.un.org/post2015/transformingourworld
148
 
http://www.lex.uz/ru/docs/3107042
  
149
2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalarini amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar 
to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi 841-sonli qarori, http://lex.uz/docs/4013358
 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish