16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
240
darajasida amal qiladi; ya’ni har bir inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni
ko‘radi. Bu ta’limotlarda go‘zallikning ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi.
Ikkinchi yo‘nalish: Qadimgi yunon mutafakkiri Aristoteldan boshlanadi. Aristotel
go‘zallikni real voqelik in’ikosi sifatida talqin etadi. U go‘zallikni moddiy olamning moslik,
aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdoriy va makonli tavsiflari bilan bog‘lab
mushohada qiladi.
Aristotel fikriga ko‘ra, go‘zallik zaminida inson va narsalarning bir-biriga muvofiqligi,
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa
go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal
bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi
yo‘qolib ketadi», - deb uqtiradi. Go‘zallik muayyan mezon – o‘lchov ko‘rinishdagina namoyon
bo‘ladi. Uning fikricha, go‘zallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, sahovat,
donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi.
Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini
ishlab chiqish, ularni san’at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar bo‘lgan. Masalan, Didro
go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib,
go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Go‘zallik
– bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir
o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik,
zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy
ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u
avvalo, insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi.
b) Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot
go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi.
Lekin barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni
go‘zallik tushunchasi bilan ifodalaymiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga
mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivoj-
lanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar
ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt
ham tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat
hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib
ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda
rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni
bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z diqqat-
e’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga)
qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi,
insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi
ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon
bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik
ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish
qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish»
nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida
qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada
chuqur kirib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |