12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
173
a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo
V, yo S
shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir
etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi
asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib,
tasdiklovchi modusi buyicha qurilgan:
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni
paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani
isbotlashning xususiy
ko‘rinishi,
deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad
qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan
(rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni
baxs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib,
uni ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan,
munozarali masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi
tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish;
2) argumentlarni rad etish;
3) demonstratsiyani rad etish.
I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan voqealarga,
statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida O‘zbekiston
to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini
isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim
masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orkali
rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul
“bema’nilikka olib
kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan
natijalar aniqlanib
,
bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan
xato natija kelib
chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi
kuyidagicha:
(a —> ) —> ((a
—\
) —> a)
3. Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis
(antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan
tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni
shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin
emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini
silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”,
deyishi mumkinmi?”
1
Darhaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga
binoan yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol
isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |