15
zarur bo‗ladi. Xohish-istak kishiga yashashi uchun hayotiy zarur
bo‗lmagan boshqa tovar yoki xizmatlarni ham o‗z ichiga oladi. Ijtimoiy
ehtiyojlar esa ayrim ijtimoiy guruhlarning yashashi uchun zarur bo‗lgan
hayotiy zarur tovar va xizmatlar tarkibini o‗z ichiga oladi.
Ijtimoiy ehtiyojlarni belgilash talabdan
kelib chiqqan holda amalga
oshiriladi. Ya‘ni bunda ijtimoiy talabni ajratib olish zarurati vujudga
keladi. Ijtimoiy talab kasallik bilan og‗rigan kishilar yoki turli kam
ta‘minlangan aholi qatlamlarining hayotiy zaruriy
tovar va xizmatlarga
bo‗lgan talabini o‗zida ifodalaydi.
11
Ijtimoiy ehtiyojlar jamiyatning ijtimoiy farovonlik darajasidan kelib
chiqqan holda belgilanishi zarur. Ijtimoiy ehtiyojlar ijtimoiy ta‘minot
orqali qondiriladi. Bunda bir oila uchun zarur barcha tovar va xizmatlar
tarkibidan eng muhimlarini yetarli darajada, qolgan ikkilamchi tovar va
xizmatlar (masalan,
internet, kiyim-kechak, televizor va boshqalar) esa
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan
holda minimal tarzda belgilanishi yoki umuman belgilanmasligi
mumkin. Umuman olganda ijtimoiy ehtiyojlarni
belgilashda asosiy
(birlamchi) va ikkilamchi tovar va xizmatlar tarkibini ajratib olish
zarurati tug‗iladi.
Ijtimoiy ta‘minot tashkilotlari ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish va
ijtimoiy muammolarni hal etish jarayonida qatnashishlari zarur. S.R.
Mills fikriga ko‗ra, bir kishining ishsiz bo‗lishi uning ish joyiga bo‗lgan
ehtiyojini bildiradi.
12
Jamiyatda ishsizlar sonining
ortib borishi bevosita
mamlakatda ijtimoiy muammolarni vujudga kelishiga sabab bo‗ladi.
Ijtimoiy muammolar individual ijtimoiy ehtiyojlardan farqlanadi.
Jamiyatda kambag‗allik muammosining vujudga kelishi ijtimoiy
ehtiyojlar bilan bog‗liq bo‗lishidan qat‘iy nazar ijtimoiy muammo
hisoblanadi. Ijtimoiy muammo mamlakat
miqyosida vujudga keladi va
makro darajadaga xususiyatga ega bo‗ladi. Ijtimoiy muammolar xalq
hayoti uchun xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan vaziyatlarni o‗zida aks
ettiradi. Masalan, OIV/OITS kabi kasalliklar tarqalishi yoki kishidan-
kishiga yuqishi inson hayoti uchun xavfli
hisoblanganligi sababli
ijtimoiy muammolar qatoriga kiradi. Bu esa ijtimoiy ta‘minot
muassasalari tomonidan ushbu kasallikning oldini olish va kasallangan
kishilarni tegishli dori-darmonlar bilan ta‘minlashni taqozo etadi.
11
―Social Policy‖. P. 21-22.
12
―Social Policy‖. P. 22.