Tovar va Xizmat bozoridagi munsabat Reja: Tovar va xizmatlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi



Download 28,56 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2022
Hajmi28,56 Kb.
#336257
  1   2   3
Bog'liq
Inomjon


Tovar va Xizmat bozoridagi munsabat

Reja:

  1. Tovar va xizmatlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi

  2. Tovar va xizmatlarning umumlashgan bozori

  3. Tovar va xizmatlarning ishlab chiqarishda xarajatlarning umumiy xajmi

  4. Taklif inflatsiyasi.

O’qituvchi: B.Muhammadjonov

Bozor mexanizmi faqat xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta’minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ragbatlantiradi. Amma jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan, aholining ko’pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yullar, yongindan ximoyalash, milliy mudofaa va xokazolar kiradi. Binobarin ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatni o’zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo’ladi.

Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmini takozo etuvchi sabablardan biri bozor tizimidan tashqarida sodir buluvchi inson faoliyatining va tabiatning salbiy, zararli okibatlardan aholini ximoya qilish zaruratidir. Bunday zararli okibatlarga inson salomatligiga, tabiatga ziyon yetkazuvchi omillar kiradi. Bozor tizimida bunday zararlar uchun javobgar shaxslardan tovon to’lashga majbur qiluvchi mexanizmlar yo’qdir. SHuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida aholini zararli qo’shimcha okibatlardan ximoyalash chora-tadbirlari ham muxim axamiyatga ega. Qo’shimcha zararli okibatlar inson xayotiga ziyon yetkazibgina kolmay, iqtisodiyotning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir qiladi. SHunga binoan ulardan aholini ximoyalash iqtisodiyotning rivojlanishi uchun imkoniyatlar ham yaratadi. CHunonchi bu chora-tadbirlar oqibatida aholi salomatligi yaxshilansa, ularning mehnat qobiliyati ham ortadi. Bu esa aholining mehnat faoliyatining o’sishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi.

Aholini qo’shimcha zararli okibatlardan ximoyalash davlat mexanizmi o’zichiga quyidagilarni kamrab oldi: ishontirish, solik solish, subsidiyalash, tartibga solish. Bunday ishontirish usulari, vositalari kishilarni, iqtisodiyot sub’ektlarini jamiyatga, boshqa kishilarga ziyon keltiradigan xatti-harakatlar qilmaslikka chakirishga qaratilgan bo’ladi.

Solik solish zararli qo’shimcha okibatlarni cheklash maqsadida qo’llaniladi. Turli solik miqdorlarini belgilash orkali xukumat firmalar faoliyatida kelib chiqadigan
zararli qo’shimcha okibatlarni cheklashga majbur qiladi. Bunday okibatlardan xoli bo’lgan firmalarga davlat subsidiyalar berish orkali ularning faoliyatini ragbatlantiradi. Xavfsizlik me’yorlarni belgilash Yoki man qiluvchi qonunlar chiqarish yo’li bilan davlat tartiblash ishlarini amalga oshiradi.

Davlatning iqtisodiyotni tartiblash mexanizmida jamiyatda siyosiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruxlarini ijtimoiy ximoyalash muxim o’rin tutadi. Aholining yordamga muxtoj qismini ijtimoiy ximoyalash, jamiyat uchun xalq xo’jaligi tarmoqlarini, shu jumladan, qishloq xo’jaligini, qo’llab kuvvatlash maqsadida daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Daromadlarning qayta taqsimlanishi tizimida davlat muxim o’rin tutadi. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartiblash mexanizmining muxim unsuri hisoblanadi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora tadbirlari muxim o’rin tutadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi o’zgarib turadi, iqtisodiy usish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Uning okibatida firmalarning sinishi va ishsizlarni ko’payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko’p kiyinchilikni boshdan kechiradilar. Davlatning iqtisodiyotda makroiktsiodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmi yordamida iqtisodiy usish siklidan tanglikka, pasayishiga o’tishdagi salbiy oqibatlarni cheklash, shuningdek, tanglikdan iqtisodiy usish sari o’tish imkoniyatlarini vujudga keltirish amalga oshiriladi.

Yuqorida aytilgan fikrlardan iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi ob’ektiv bozor mexanizmiga kumaklashishga qaratilgan ijtimoiy takror ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi chora-tadbirlar va vositalar majmuidir, degan xulosa kelib chiqadi.

Iqtisodiyotning tartibga solishning eng muxim davlat vositalaridan biri o’z mulki bo’lgan tarmoq va korxonalarni boshqarish, Ya’ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishidir.

Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko’ra xalq xo’jaligi tuzilishini shakllantirishga ham bozor baholaridan bir muncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko’rsatish orkali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga kumaklashadi. Davlat mulki va soxibkorligi qo’lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo’ladi. U asosan mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.


Uning doirasiga O’zbekiston jumxuriyatida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, kumir, rangli metallar va boshqa tabiiy metallarni kazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, temir yul, avtomodil yullari, transportning bir qismi kirishi lozim.

Kazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari jumxuriyatning eng muxim boyligi hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo’jaligining xayotiy kon tomirlaridir. SHu bilan birga, ularning kapital hamkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo’lganligi uchun xususiy korxonalarning bu soxadagi tashabbuskorligi cheklangan bo’ladi. Ana shu sabablarga ko’ra, ushbu tarmoqlarni davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlatning kapital mablag’larning ko’p qismi ushbu soxalarga yunaltiriladi.

Ikkinchidan, O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomodilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inkilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faolityai doirasida bo’ladi.

Uchinchidan, fan-texnika inkilobi sharoitida fan va texnikaga raxbarlik qilish ham davlat qo’lida bo’ladi. Davlat eng kimmatli fundamental fanlar soxasidagi ilmiy ishlarni moliyalashtiradi.

Davlat o’z korxonalarining tovarlarini va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat xollarida ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo’lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholining turmush darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalarning samarali ishlashiga, xalq xo’jaligi tarmoqlarining ma’lum nisbatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi.

Davlat o’ziga karashli korxonalarni ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy shaxslarga sotish, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish yo’li bilan aralash mulk shakllantirish orkali iqtisodiytning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, rentabelligining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asrning buyuk iqtisodchilaridan biri bo’lgan Jon Keyns bu vositani iqtisodiyotni tetiklashtiradi deb ta’kidlagan. Davlat qanday tovarlarni sotib oladi?

Davlat, birinchidan, o’ziga karashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xom-ashyo, asbob-uskunalar, ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta’minlash, uchinchidan, mehnatga layokatsiz mayib-majruxlar, kariyalar, yetim bolalar, kambagallar hamda ko’p bolali oilalar, yolgiz, karovsiz kishilarga yordam maqsadida iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash, turtinchidan, xarbiy anjomlar, kurol-yaroglar armiya uchun lozim bo’lgan iste’mol tovarlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning


oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning okibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi. Davlat bozori muxim ijobiy rol o’ynaydi. Bu bozor kafolatli bo’lib, uning to’lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orkali ta’minlanadi. Xar qanday bozor konъyunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bo’lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orkali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi.

O’zbekiston Respublikasida davlat iqtisodiy jihatdan kumakka muxtoj bo’lgan aholini sotsial ximoyalash maqsadida iste’mol tovarlarini va xizmatlarini xarid qilish tobora ortadi. Fan-texnika revolyutsiyasi talablariga binoan fundamental fan, ilgor ilm talab tarmoqlarni rivojlantirish, maorif, kardlar tayyorlash va qayta tayyorlar, davlat korxonalari va tashkilotlari uchun tovarlar xarid qilish, davlat buyurtmalari berish sarmokli bo’ladi. O’zbekiston uchun ham kelajakda davlat tadbirkorligi bozori orkali iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatish, uni tartiblash muxim axamiyatga ega bo’ladi.

Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muxim davlat shakllaridan biri dasturlash va rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi, mehnat taqsimoti va koorperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining mavjudligi, iqtisodiyotga yullanadigan kapital mablag’lar harakati va okibatlarining uzoq muddatligidan hamda bozor konъyukturasini o’rganishi bilan ifodalanadi. SHu boisdan hamma rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va rejalashtiriladi.

Iqtisodiyotning rivojlanish istikbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqamuddatda (1-2 yil), o’rta muddatga (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) muljallanadi. Bunda mavjud o’tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish xolati, bozor konъyukturasining o’zgarib borish tendentsiyalariga asoslanib, kelajakdagi iqtisodiy axvolning qanday bo’lishi, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinadi. Bu - ekstropolatsiya usuli deyiladi. Olingan ma’lumotlarga esa xususiy ishbilarmonlarning kapitali mablag’lar solish rejalarini turli surovlar orkali o’rganib borish orkali aniqliklar va tuzatishlar kiritiladi.

Prognozlar asosida iqtisodiy rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Dasturlarda iqtisodiyot rivojlanishining moddiy va sotsial maqsadlari ko’rsatiladi. Maqsadlarni amalga oshirish uchun kapital mablag’lar solish rejalari tuziladi, ishlab chiqarish hajmi bilan talab o’rtasidagi nisbatlar o’rganiladi. Turli ishlab chiqarish bilan import o’rtasidagi bog’liqlik, ishlab chiqarish bilan iste’mol, ilab chiqarish bilan eksport, eksport bilan import o’rtasidagi bog’liqlar aniqlanadi. Buning uchun tarmoqlararo balansni tuzish, aholi ruyxatini utkazish muxim axamiyatga ega. Bizda bir necha marta tarmoqlararo balans tuzilgan, aholini ruyxatga olish amalga oshirilgan.
Iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat dasturlari asosida rejalar qabul qilinadi. Ilgari ma’muriyatchilikka, buyrukbozlikka asoslangan jamiyatda iqtisodiy rejalar direktiv harakteriga ega bo’lib, yuqoridanbelgilanib, kuyi dagi xo’jalik buginlari uchun majburiy edi.

Bozor iqtisodiyoti va mulkning ko’p shakllari mavjud bo’lgan sharoitda esa dastur va rejalar davlat korxonalari uchun direktiv, xususiy sektr uchun taklif, indekativ harakterga ega bo’ladi. Ishbilarmon, tadbirkorlarning rejalarga amal qilishlarini ragbatlantirish maqsadida ularga turli imtiyozlar, Ya’ni solik to’lashda, kredit, subsidiyalar, xom-ashyo, Yokilgi-energiya, asbob-uskunalar olishda, tovarlarni ekspolrt qilishda imtiyozlar berilishi lozim bo’ladi.

Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo’lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inkirozlarining oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalarning tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ularni ragbatlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlariga hamda rejalarning ilmiylik darajasiga bog’liq bo’ladi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlashmaqsadida Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi O’zbekiston Respublikasining taraqqiyot istikbolini belgilash va statistika kumitasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning kontseptsiyalarini qisqava uzoq muddatli rejalarini, respublika va mintakalarga oid tarmoq dasturlarini ishlab chikish; aholini sotsial ximoyalashga oid takliflarni asoslab berish, mehnat faoliyatini va tadbirkorlik imkoniyatlarini ko’paytirish, iqtisodiy axvolni soglomlashtirish yullarni belgilash; bozor munosabatlariga o’tishning asosiy qoida va yo’nalishlarini shakllantirish va unga mos ravishda xo’jalik mexanizmi, boshqaruv shakllari va uslublarini takomillashtirish; xalq xo’jaligi tuzilmasini qayta ko’rishga, ishlab chiqaruvchi kuchlarni okilona joylashtirishoid takliflar tayyorlash; xalq xo’jaligi balanslarini tuzish asosida iqtisodiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga oid takliflarni ishlab chikish; eksport-import ishlarini davlat yo’li bilan tartibga solish va ragbatlantirish soxasidagi yo’nalishlarni belgilash. o’zistikbolstat davlat kumitasi ushbu vazifalarni bajarish orkali iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositasi sifatida muxim rol o’ynayda.

Bozor iqtisodiyotida «nima?», «qanday?», «kim?» degan savolga baho, narxlar orkali javob topiladi. Baho, narxlar iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmining muxim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor posangisi, regulyatori bo’lib, ikki asosiy vazifani bajaradi: birinchidan, resurslar tovar va xizmatlar iste’molini cheklash; ikkinchidan, ishlab chiqarish uchun sabab bo’lish vazifasini utaydi.

Taklif inflyatsiyasi - bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo bo’ladi.

Umuman IS-egri chizig’i tovar va xizmatlar bozorida vujudga keladigan daromadlar darajasi va foiz stavkasi o’rtasidagi munosabatlarni bildiradi. Buni tushunish uchun biz tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni, ya’ni, “Keyns xochi”ni qarab chiqamiz. Bunda avvalambor biz rejalashtirilayotgan xarajatlar miqdorini, ya’ni, keyns xochini olish uchun rejelashtirilayotgan xarajatlar miqdorini tashkil qiluvchi omillarni ko’rib chiqamiz. Rejalashtirilayotgan xarajatlar uyxo’jaliklari, firmalar va davlatning tovar va xizmatlarini sotib olishga mo’ljallagan xarajatlar miqdoridan iborat. Demak IS-egri chizig’ini Keyns xochi va investitsiya funktsiyasi grafigi yordamida keltirib chiqaramiz.

Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning narxlari oshib boradi.

Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning

narxsi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo

va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.

Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining

buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab

chiqarish omillari narxsining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi

olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab

chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki

ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi.

Har bir kishi oʻz kapitalini koʻproq naf ketiradigan qilib ishlatishga harakat qiladi. Odatda u jamiyat foydasiga taʼsir koʻrsatishga harkat qilmaydi, lekin unga ancha taʼsir koʻrsatayotganini sezmaydi. U faqat oʻz manfaatini nazarda tutadi, faqat oʻz foydasini koʻzlaydi. Shunday boʻlsa-da, bunday sharoitda bozorning «koʻrinmas qoʻl» i uni maqsad sari yoʻnaltiradi, garchi bunday maqsad uning rejasiga kirmagan boʻlsa ham. Oʻz manfaatini koʻzlagan holda, jamiyatga ataylab foyda keltirishni niyat qilgan odamdan koʻra, u jamiyat manfaatlariga koʻproq xizmat qilib turadi. Adam Smith

Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.

Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi.

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda ga’irgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat ʻul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi ʻul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – ʻul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.

Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.

Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.

Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.

Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.

Iqtisodiyot soʻzi maʼnolari



  1. Qandaydir xoʻjalik sohasining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi yo boʻlmasa umuman milliy iqtisodiyot.

  2. Ilmiy predmet — iqtisodiyot nazariyasi

  3. Xoʻjalik hayotining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi — jahon iqtisodiyotiregional iqtisodiyotdunyo mamlakatlari iqtisodiyoti

  4. Ishlab chiqarish munosabatlari majmui, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish usuli. Asosiy va eng umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari:

  5. Bozor iqtisodiyoti (kapitalizm kabi „oʻng“ iqtisodiy tizimlar asosi).

  6. Aralash iqtisodiyot („markazchilar“ tizimi).

  7. Loyihaviy iqtisodiyot (sotsializm kabi „soʻl“ oqimlar iqtisodiyoti).

  8. Anʼanaviy iqtisodiyot (eng qadimiy tizimlar).

  9. Partisipativ iqtisodiyot (yangi tizim).

Har bir korxona yoki ishlab chiqarish o'rnida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya'ni); tovar va xizmatlar vujudga keladi. Lekin bunday korxonalarr soni juda ko'pdir. Masalan, 1999 yil boshida O'zbekistonda ro'yxatga olingan xo'jaliklar soni 188 mingga edi. Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarshsh bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o'xshab ko'rinadi. Ammor xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag'larning harakatlari bir-biri bilan qo'shilib o'ralib chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag'lar mahsulotlarning harakati o'zaro bog'langandir. Shu sababli individual mehnatlarning harakati qo'shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilishi tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o'zaro bog'langai va aloqada bo'lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig'indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va resurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo'lagidir.

Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya'ni turli omillarning harakati natijasida juda ko'p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo'lgan milliy mahsulot vujudga keladi.

Ilgari mamlakat bo'yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yigandisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig'indisi hisobga olinar edi, uni xizmat ko'rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg'i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko'rsatilar edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo'lar edi.

Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun hozir milliy hisob tizimiga o'tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan mahsulotlar, ya'ni tovarlar va xizmatlar yig'indisi yalpi milliy mahsulot deb atala boshladi. Yalpi milliy mahsulot deb ma'lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste'molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko'rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining yillik mehnati faoliyatining umumiy samarasi bo'lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot xam xuddi shu mazmunda tushuniladi.

Yalpi milliy mahsulot bilan ichki maishiy mahsulotning farqi shundaki, yalpi milliy mahsulotga mamlakat ichidagi va turli mamlakatlardaga korxonalarimizda vujudga keltirilgan, qo'shma korxonalarda hissamizga (mamlakatimiz hissasiga) -to'g'ri keladigan mahsulotlar kiradi.

Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan bizning mamlakatimiz hududidagi qurilgan korxonalar mahsuloti, qo'shma korxonalardagi mahsulotda ularning xissasi hisobga olinmaydi. Ichki milliy mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan jamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo'shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo'shilib) hisobga olinadi. Hozirgi paytda O'zbekistonda ko'proq (Ichki milliy mahsulot hisobga olinmoqda. Shuning uchun biz endi ichki milliy mahsulot to'g'risida gap yuritamiz..

Mulkdorlar hamda ishchilar o'zlariga kerak bo'lgan iste'mol buyumlarini qayerdan oladilar? Ikkinchidan, ishlab chiqarishni takror olib borish va kengaytirish uchun ular ishlab chiqarish vositalarini qayerdan oladilar? Uchinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi mulqdor, tadbirkor va davlatning ehtiyojlarini qaysi qismi ishchi va xizmatchilarning ehtiyojlarini qondira oladilar? degan savollar tug'iladi. Bu masalani hal etish uchun ichki milliy mahsulotning tarkibiy qismlarini bilish va taxlil qilish lozimdir. Chunki ichki milliy mahsulotning har bir tarkibiy qismi ishlab chiqarishning muhim samarasi bo'lib hisoblanadi.

Lekin bu yerda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo'l qo'ymaslik uchun yalpi va ichki milliy mahsulotni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg'i va materiallar hisobga olinmaydi, faqat qo'shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig'indisi esa yalpi yoki ichki milliy mahsulot deb yuritiladi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti ichki milliy mahsulotdan emas, balki

jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masala bizning misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, ichki milliy mahsulot hisobiga kiradigan qo'shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan mahsulotning (285) 140 birligi xom ashyo, yonilg'i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida gapirganda ko'proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz.

Tarixiy jihatdan tovar ishlab chiqarishning ikki turi mavjud edi - oddiy va kapitalistik. Birinchisi, quldorlik, feodal va Osiyo ishlab chiqarish usullari doirasidagi haqiqat edi; u kapitalistik ishlab chiqarish usuli sharoitida o'z rolini o'zgartirgan bo'lsa ham, omon qoldi. Ushbu turdagi tovar ishlab chiqarish har qanday iqtisodiy munosabatlar va har qanday ijtimoiy iqtisodiy tizimlar bilan, shu jumladan, sotsialistik iqtisodiyot kabi jahon iqtisodiy tizimi uchun ekzotik bo'lganlar bilan osonlikcha "til biriktiradi". Uning asosiy ajralib turadigan xususiyati shundaki, bunday vaziyatda ishlab chiqarish vositalarining egasi ham xodimdir.

Ikkinchisi ancha keyin paydo bo'ldi va zamonaviy sharoitda hukmron iqtisodiy shakl hisoblanadi. Kapitalistik tovar ishlab chiqarishining tubdan farqi shundaki, uning doirasida tovar munosabatlari sohasi ishlab chiqarishning o'ziga xos omilini insonning ish qobiliyati (ishchi kuchi) ni ham qamrab oladi. Faqat uning ishchi kuchi egasidan begonalashtirilgan. Shaxs, qonuniy jihatdan erkin bo'lgan holda, ishlab chiqarish vositalaridan ham ozoddir (er-xotin ishchi deb ataladi). Kapitalistik tovar ishlab chiqarish sharoitida to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchi ishlab chiqarish vositalarining egasi emas, ishlab chiqarish vositalarining egasi esa bevosita ishchi emas.

Bugungi kunda iqtisodiyotda rivojlangan mamlakatlarda rivojlangan kapitalistik tuzilmani (individual, bog'liq kapitalistlar va davlat ish beruvchi-kapitalist sifatida) ham, oddiy tovar ishlab chiqarishni ham topish mumkin, bu ishchi kuchini jalb qilishni barqaror asosda ishlatmaydigan millionlab firmalar tomonidan namoyish etiladi. mehnat mahsulotlari bevosita oila ichida iste'mol qilinadigan uy xo'jaligi.

Kapitalistik tovar ishlab chiqarishning rivojlanish bosqichlari:

a) 1770-1840: to'qimachilik sanoatini rivojlantirish, to'qimachilik mashinasozligi, magistral kanallarni qurish, suv dvigatelini ishga tushirish;

b) 1840-1890 yillar: bug 'dvigatelini ixtiro qilish, yo'llar qurish, mashinasozlik va kemasozlik, qora metallurgiyani rivojlantirish;

v) 1890-1930-1940 yillar: elektrotexnika, elektrotexnika va og'ir texnikaning rivojlanishi, kema qurilishi, organik kimyo, elektr tarmoqlarining paydo bo'lishi, sintetik bo'yoqlar;

d) 1930-1940-1980 yillarda: avtomobilsozlik, samolyotsozlik va traktorsozlik va neft-kimyo sanoatining rivojlanishi, motorli qurollarning paydo bo'lishi, uzoq muddatli mahsulotlar, sintetik materiallar ishlab chiqarish.

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (144-son, 16.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlariga davlat tilida nom berish (neyming) xizmati ko‘rsatiladi.


Download 28,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish