61
Ijtimoiy ta‘minot tizimining ushbu ko‗rinishdagi
ketma-ketligi ikki
omil bilan izohlanadi: 1) sug‗urta tizimini tashkil etishning murakkablik
darajasi; 2) ushbu tizimning iqtisodiyotning erkinligi tamoyillariga
muvofiqligi.
3.3. XX asr boshlarida ijtimoiy siyosatdagi islohotlar
XX asr boshlaridagi Yevropa ijtimoiy siyosati tizimi dastlabki
jamoaviy ixtiyoriy o‗zaro yordamdan farqli o‗laroq qator o‗ziga xos sifat
xususiyatlariga ega bo‗ldi. Birinchidan, ijtimoiy sohani davlat tomonidan
tartibga solish qonunchilikka asoslandi. Ikkinchidan, ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisa, kasallik, nogironlik, qarilik, boquvchisini yo‗qotganlik va
ishsizlik bo‗yicha ijtimoiy risklar paydo bo‗lganda daromadlarni qoplab
berish shaklidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatildi. Uchinchidan, ushbu
xususiyatlar ijtimoiy ta‘minotni alohida
mutaxassisliklar yoki aholi
guruhlari o‗rtasida cheklab qo‗ymadi, jumladan ishchilarga ijtimoiy
xizmatlar ko‗rsatish ularning daromadlari miqdoriga bog‗liq ravishda
ko‗rsatildi. To‗rtinchidan, ijtimoiy sug‗urta tizimi bir tomondan mehnat
qiluvchilar, ikkinchi tomondan esa davlatning zimmasiga majburiylik
xarakterini kasb etdi. Beshinchidan, ijtimoiy sug‗urtalash
tizimini
moliyalashtirishda yollanib ishlovchi, ish beruvchi va davlat ishtirok
etadi. Nihoyat, ijtimoiy sug‗urtalash tizimining muhim xususiyati
shundan iborat bo‗ldiki, ijtimoiy ta‘minotga nisbatan fuqaroning ijtimoiy
xizmatlardan foydalanish huquqi sifatida qaraladigan bo‗ldi. Ijtimoiy
yordam munosabatlarida ijtimoiy sug‗urta tizimini institutsionallashtirish
tom ma‘nodagi keskin burilish pallasi bo‗ldi.
Shunday qilib, davlat
ijtimoiy sug‗urtasining tayanch g‗oyasi ijtimoiy risklar bo‗yicha
javobgarlikni ish beruvchi, yollanib ishlovchi va davlat o‗rtasida
taqsimlanadigan bo‗ldi. Ish beruvchi va davlat ishtirokidagi ijtimoiy
birdamlik g‗oyasiga urg‗u berildi.
XX asrga kelib Buyuk Britaniya sanoat sohasida jahondagi yetakchi
mamlakat bo‗lmay qoldi. Birlashgan qirollik birinchi va ikkinchi sanoat
inqilobida yetakchi bo‗lganiga qaramasdan,
uni Yevropaning boshqa
davlatlari, jumladan Germaniya sanoatlashish sohasida quvib o‗tdi.
40
G‗arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sug‗urtaning kiritilishi
sanoatlashish va urbanizatsiyaning turli darajalarida ro‗y berdi. Ba‘zi
davlatlar (jumladan, Avstriya) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning nisbatan
quyi darajasida, boshqa davlatlar (jumladan, Niderlandiya va Buyuk
40
The student‘s companion to Social Policy P. 118.
62
Britaniya) esa yetarlicha yuqori darajada edi. Yevropaning yuqori
darajada sanoatlashgan beshta davlati (Buyuk
Britaniya, Belgiya,
Shveysariya, Niderlandiya va Fransiya) bilan nisbatan kamroq
sanoatlashgan beshta davlati (Norvegiya, Shvetsiya, Avstriya, Italiya va
Finlyandiya) bilan qiyosiy taqqoslanganda keyingilarida 1900
yillarda
ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha qabul qilingan dasturlar 6 ga 8 nisbatdan
ko‗proq bo‗lgan. Bu shundan dalolat beradiki, iqtisodiy taraqqiyot va
sanoatlashishning yuqori darajasi o‗z-o‗zidan mamlakatda ijtimoiy
siyosatni joriy etishning sababchisi bo‗la olmaydi.
Aksincha, tarixiy
faktlarning guvohlik berishicha, Germaniya, Avstriya,
Shvetsiya kabi
o‗sha davrda iqtisodiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan davlatlar
ijtimoiy sug‗urta dasturlarini joriy etish borasida peshqadam bo‗lganlar,
Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi yuqori sanoatlashgan davlatlar
ortda qolgan. Shuningdek, mamlakatning siyosiy jihatdan rivojlanganligi
ijtimoiy ta‘minot sohasidagi islohotlarni joriy etishni ta‘minlab bera
olmaydi. XX asrdagi yuz yillik tajriba demokratik tuzum o‗rnatilgan
davlatlarga nisbatan konstitutsion monarxiya amal qilgan davlatlarda
ijtimoiy siyosat dasturlari keng qamrovli bo‗lganligidan guvohlik beradi.
Ushbu g‗oya, ijtimoiy sug‗urtani joriy etishda peshqadam bo‗lgan
Germaniya, Avstriya va Shvetsiya tajribasida yaqqol namoyon bo‗ldi.
Buni avtoritar tuzum (kayzer boshqaruvidagi Germaniya)da liberal
g‗oyalarning ta‘siri kam bo‗lganligi bilan izohlash mumkin.
Germaniyadan farqli o‗laroq,
Yevropaning Angliya, Niderlandiya kabi
mamlakatlari ijtimoiy ta‘minot dasturlari tizimini joriy etishga
shoshilmadilar. Ushbu jarayonga bozorni erkinlashtirish g‗oyalari emas,
balki siyosiy guruhlarning manfaatlari ham ta‘sir ko‗rsatgan.
Buyuk Britaniyada 1902-yildagi ingliz urushidan so‗ng asosiy
siyosiy partiya vakillari va siyosatshunoslar ijtimoiy siyosat sohasida
muayayn me‘yorlarni qabul qilish zaruriyatini angladilar. Konservatorlar
Do'stlaringiz bilan baham: