Ijtimoiy siyosat


Ijtimoiy (sotsial)-demokratik davlat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Ijtimoiy (sotsial)-demokratik davlat.
Bunda barcha fuqarolar 
ijtimoiy ta‘minotdan foydalanishda teng huquqli bo‗lib, ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishda to‗liq bandlikni ta‘minlashga katta ahamiyat 
beriladi. Agar ijtimoiy ta‘minot summasi xalq farovonligini ta‘minlashga 
yetarli miqdorda bo‗lgan taqdirda, u ko‗p mablag‗ talab etuvchi tizim 
hisoblanadi. Shuning uchun soliqlar miqdori yuqori darajada belgilanadi. 
Jumladan, Shvetsiyada ikki darajali ijtimoiy ta‘minot tizimi amal qiladi. 
Bunda farovonlikning minimal miqdori davlat tomonidan ta‘minlansa, 
yuqori miqdori pensiya yoki turli ijtimoiy sug‗urta fondlari nafaqalari va 
boshqa manbalar hisobidan ta‘minlanadi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ijtimoiy davlatlarda 
amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishda ularda amal 
qilayotgan iqtisodiy modellar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday 
vaziyatda ijtimoiy davlat uchun quyidagi xususiyatlar xos bo‗ladi: 
- ijtimoiy sug‗urta fondlariga pul o‗tkazmalari va ijtimoiy sug‗urta 
soliqlari hajmini oshirish, shakllangan byudjet mablag‗laridan ijtimoiy 
siyosatni moliyalashtirish; 
25
Social policy. P. 57-63 
26
Social policy. P. 64-69. 


35 
- aholining barcha guruhlari uchun ijtimoiy xizmatlar tizimi va 
ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash chora tadbirlarini rivojlantirish; 
- ijtimoiy siyosatning huquqiy-institutsional asoslarini rivojlantirish; 
- xalq farovonligini ta‘minlash vazifasini davlatning o‗z zimmasiga 
olishi. 
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarni umumlashtirgan holda shuni 
aytish mumkinki, ijtimoiy davlat quyidagilarni ta‘minlashi kerak bo‗ladi: 
- jamiyat hayotida ijtimoiy adolatlilikni ta‘minlash; 
- ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish; 
- har bir fuqaroning ish bilan bandligini ta‘minlash (daromad 
keltiruvchi faoliyat yuritishiga shart-sharoit yaratish); 
- tinchlikni ta‘minlash; 
- insonlarning farovon yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratish. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy siyosatning modellari quyidagi 
omillarga tayangan holda tasniflangan: 
- ijtimoiy siyosatning milliy dasturlar tizimida tutgan o‗rni; 
- ijtimoiy vazifalarni davlat, jamiyat tashkilotlari va xususiy sektor 
zimmalariga taqsimlanishi; 
- mamlakat iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi; 
- mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan kelib chiqqan 
holda davlatning ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmi va 
dastaklarining belgilanishi. 
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda anglosakson 
(Buyuk Britaniya, Irlandiya), kontinental (Avstriya, Belgiya, Germaniya, 
Niderlandiya, Fransiya, Shveysariya), Skandinaviya (Daniya, Finlandiya, 
Shvetsiya), Janubiy Yevropa (Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya) 
modellarini farqlash mumkin.
27
Aksariyat holatlarda ijtimoiy siyosat 
modellari ularni ishlab chiqqan olimlarning ismlari bilan nomlanadi. 
Masalan, kontinental model Germaniya kansleri O. Bismark nomi bilan 
nomlanadi (Bismark modeli). Ushbu model ijtimoiy himoya darajasi 
ishchi xodimning mehnat staji davomiyligi bilan bog‗liq bo‗lib, uning 
asosida ijtimoiy sug‗urta mexanizmi yotadi. Ish haqidan ijtimoiy sug‗urta 
fondlariga to‗lanadigan badallar hisobidan ijtimoiy nafaqalar 
moliyalashtiriladi. Anglosakson modeli ingliz iqtisodchisi U. Beveridj 
sharafiga nomlangan (Beveridj modeli). Bunda moddiy jihatdan ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bo‗lgan har bir fuqaro minimal darajada ijtimoiy 
jihatdan ta‘minlanish huquqini qo‗lga kiritadi. Ijtimoiy (sotsial)-
27
Social policy p. 57–83. 


36 
demokratik model skandinaviya modeli hisoblanadi. Mazkur modelda 
barcha aholi ijtimoiy ta‘minotdan foydalanishda teng huquqli 
hisoblanadi. Ijtimoiy ta‘minotni moliyalashtirish soliqlar hisobidan 
amalga oshiriladi. Janubiy Yevropa modelida esa ijtimoiy himoya oila va 
xayriya ishlari orqali amalga oshiriladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish