2.2. Ijtimoiy siyosat tamoyillari va uning rivojlanishida
neoliberal ilmiy maktabning o„rni
Ijtimoiy siyosat tushunchasi uzoq yillar mobaynida shakllanib
kelgan bo‗lib, so‗nggi o‗n yillik mobaynida tadqiqotchilar tomonidan
ijtimoiy davlat tushunchasi umumjamiyat farovonligini ta‘minlashga
qaratilgan bo‗lishi zarurligi asoslandi.
Ijtimoiy davlat – bu insonning erkin rivojlanishi va uning yashashi
uchun munosib turmush sharoiti yaratilgan davlat hisoblanadi.
21
Ijtimoiy davlatning quyidagi xususiyatlari mavjud:
- barcha jamiyat a‘zolarining ijtimoiy himoya tizimidan foydalanish
imkoniyatining mavjudligi;
- ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda fuqarolar haq-huquqlarining
asoslanganligi va ta‘minlanganligi;
- ijtimoiy xarajatlarning byudjet tomonidan qoplanishi;
- mamlakatda ijtimoiy himoya, ijtimoiy sug‗urta va bandlikni
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning mavjudligi;
- aholi farovonligining ta‘minlanishi uchun davlatning javobgarligi;
- davlat tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratilishi.
Davlat ijtimoiy siyosatining muhim tamoyillari quyidagilardan
iborat:
- ijtimoiy adolat – mehnat va uning natijalari taqsimotini
kordinatsiyalash, qonunchilikka muvofiq mehnat va ijtimoiy jarayonlarni
tartibga solish;;
- individual ijtimoiy javobgarlik – shaxs, oila, kichik guruhlarning
o‗z-o‗ziga yordam berishi va ta‘minlashi ;
21
Social policy. P. 57-63
31
- ijtimoiy birdamlik – ijtimoiy kuchlilardan kuchsizlarga qayta
taqsimlash;
- ijtimoiy kafolatlar – fuqaroarga kafolatlangan ta‘lim olish,
tarbiyalanish, ma‘naviy va jismoniy rivojlanish, kasbiy tayyorgarlik va
ishga joylashtirish;
- har bir shaxsning zarur ijtimoiy ne‘mat va xizmatlarni olishdagi
teng imkoniyatlari;
- ijtimoiy hamkorlik – olingan majburiyatni boshqarish uchun teng
huquqlilik, majburiyat va teng javobgarlik;
- davlat tomonidan asosiy hayotiy zarur moddiy ne‘matlar va
xizmatlarni (minimal ish haqi, pensiyalar, minimal iste‘mol byudjeti)
minimal ijtimoiy standartlar darajasida olishni kafolatlash;
- ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash – ijtimoiy siyosat doirasidagi
tadbirlarni moliyalashtirishda davlat idoralari va tashkilotlariga nisbatan
jamoat tashkilotlari tashabbusiga ustuvorlik berish.
Ijtimoiy siyosatning rivojlanishi qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, ijtimoiy siyosatning ob‘ektiv zarurligi va uni amalga
oshirish infratuzilmasining mavjudligi;
Ikkinchidan, o‗z ijtimoiy xavfsizligini ta‘minlash uchun shaxs,
jamiyat va davlat manfaatlarining o‗zaro bog‗liqligi va aloqadorligi;
Uchinchidan, ijtimoiy siyosat darajasini uni amalga oshirishning real
imkoniyati bilan qiyosiy taqqoslash.
O‗zbekistonda 2017–2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Xarakatlar
strategiyasida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning o‗rta muddatlarga
mo‗ljallangan maqsadlari belgilangan:
aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich
oshirish;
aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‗liqni saqlash tizimlarini
takomillashtirish;
arzon uy-joylar qurish bo‗yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta‘minlovchi yo‗l-
transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish va modernizatsiya qilish;
ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish – uzluksiz ta‘lim tizimini
yanada takomillashtirish yo‗lini davom ettirish, sifatli ta‘lim xizmatlariga
imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
32
yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish – jismonan
sog‗lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat‘iy,
hayotiy nuqtai-nazarga ega, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash,
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish.
Jumladan, o‗rta muddatga mo‗ljallangan ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishda 2018-yilda salmoqli natijalarga erishildi. 2018-yilda aholining
real umumiy daromadlari 2017-yilga nisbatan 12 foiz oshdi. ―Har bir oila
tadbirkor‖, ―Yoshlar – kelajagimiz‖ davlat maqsadli dasturlari doirasida
2 trln. so‗m mablag‗ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalari
amalga oshirildi. ―Obod qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida
qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trln. so‗m mablag‗ yo‗naltirildi.
416 qishloq yangicha qiyofaga ega bo‗ldi.
22
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy siyosat, ijtimoiy himoya tizimi
o‗zaro uzviy bog‗liq tushunchalar bo‗lib, ularni bir-biridan ajratgan
holda tasavvur qilib bo‗lmaydi. 2019-yil – ―Faol investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish yili‖da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun
quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur:
Birinchidan, aholi o‗rtasida ishsizlikni kamaytirish, aholi va oilalar
daromadini oshirish lozim.
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‗lash tartibini
qayta ko‗rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur.
Uchinchidan, ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta‘im tizimini yanada
takomillashtirish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning to‗liq
shakliga investitsiya kiritishga, ya‘ni bola 3 yoshdan 22 yoshgacha
bo‗lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflash jamiyatga 15–17
barobar miqdorda foyda keltiradi. O‗zbekistonda ushbu ko‗rsatkich atigi
4 barobarni tashkil etadi. 2019-yilda bolalarni maktabgacha ta‘lim bilan
qamrab olish darajasini hozirgi 34 foizdan 44 foizga yetkaziladi.
Bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish ko‗rsatkichini 15 foizdan
2019-yilda 20 foizga yetkazish va pirovardda 60–70 foizga yetkazish
rejalashtirilmoqda. Oliy o‗quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta‘lim
muassasalari sonini ko‗paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb
etish va raqobatni kuchaytirish lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida ilmiy
salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash
ko‗lamini kengaytirish zarur.
22
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиѐевнинг 2017 йил 7 февралдаги ―Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Харакатлар стратегияси тўғрисида‖ги ПФ-4947-сон Фармони
33
To‗rtinchidan, xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida
tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ko‗lamini kengaytirish lozim.
Beshinchidan, xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan ijtimoiy
qo‗llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish lozim.
Oltinchidan, aholi turmush shaproitini yaxshilash, ularni munosib
turar-joy bilan ta‘minlash, xalqimiz farovonligini oshirish va turmush
sifatini yaxshilash lozim.
Yettinchidan, jamiyatda sog‗lom turmush tarzini qaror toptirish,
jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish muhim ahamiyatga
ega.
Sakkizinchidan, turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb
etish, kadrlar salohiyatini oshirish lozim.
23
XX asrning 70-yillarida Tomas Marshall, Kosta Espis-Anderson,
Timoti Tilton, Norman Fernis kabi yetakchi iqtisodchi olimlar tomonidan
―Farovonlik davlati‖ tushunchasi iqtisodiy fanga kiritildi va uning
quyidagi turlari ajratib ko‗rsatildi:
24
Birinchi – ―Pozitiv ijtimoiy himoya davlati‖. Bunda barcha
fuqarolarning farovonligini ta‘minlash imkoniyatlari davlat tomonidan
boshqariladi va barcha uchun ―teng imkoniyatlar‖ davlat tomonidan
kafolatlanadi. Bunday tizim AQShda amal qilmoqda.
Ikkinchi – ―Ijtimoiy xavfsiz davlat‖. Bunda to‗liq bandlikni
ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi va fuqarolar
oladigan maoshlari hajmi yashash minimumi miqdorlaridan yuqori
bo‗lishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Buyuk Britaniyada ushbu
turdagi ijtimoiy tizim amal qilmoqda.
Uchinchi – ―Umumxalq farovonligi davlati‖. Mamlakatda to‗liq
bandlik
ta‘minlangan
holda,
aholi
daromadlari
o‗rtasidagi
nomutanosibliklar qisqartiriladi. Davlat va jamiyat tomonidan doimiy
ijtimoiy xizmatlar sohasi tashkil etiladi. Ushbu tizim Shvetsiyada amal
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |