Ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Osiyo ta‟lim modeli 
ta‘limni moliyalashda davlatdan tashqari 
xususiy biznes muhim rol o‗ynashi bilan ajralib turadi. Bu yerda 
maktablar munitsipal organlar tasarrufida, xususiy va davlat oliy o‗quv 
yurtlari son jihatidan taxminan teng. Umuman olganda ta‘limni 
moliyalashda mahalliy manbalar milliy manbalarga qaraganda 
ko‗pchilikni tashkil etadi. Boshlang‗ich va o‗rta ta‘lim asosan bepul, oliy 
ta‘lim esa pullidir, talabalarga grantlar va kreditlar hisobidan ta‘lim 
xizmatlari uchun pul to‗lash bo‗yicha yordam beradigan ko‗p tarmoqli 
tizim mavjud. 
Amerika tizimida davlat va xususiy maktablar, eng yaxshi va 
o‗rtacha universitetlarda ta‘lim sifati keskin farq qiladi. Boshlang‗ich 
maktablarda o‗quvchilarning bilim darajasiga nisbatan soddalashtirilgan 
talablar ularning bilim olishiga qarab ortib boradi. Boshlang‗ich 
maktablarda ko‗proq turli ijtimoiy fanlar o‗qitilsa, o‗rta maktablarda 
o‗qishni ixtisoslashtirish uchun keng imkoniyat yaratilgan. Amerika 
modelida oliy o‗quv yurtlarining ta‘lim mazmun-mohiyatini belgilashda 
mustaqillik darajasi yuqori. Bu jarayonda davlat boshqaruv organlari 
deyarli ishtirok etmaydi. 
Mutaxassislarni o‗qitish, tayyorlashni tashkil etish va uslubiyati 
bo‗yicha Sharq va G‗arb, an‘anaviy va zamonaviy yondashuvlarning 
birikmasini ifoda etadi. Ushbu modelda Osiyo mamlakatlari uchun xos 
bo‗lgan va mintaqa tashqarisidan, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, 
qator Yevropa davlatlaridan olingan ta‘lim tizimini boshqarishning 
institutsional tuzilma elementlari o‗z aksini topgan. 
Yaponiya va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishda, jahon bozori va 
eksport ekspansiyasiga jadal kirib borishda katta muvaffaqiyatlarga 
erishgani uchun Osiyo yo‗lbarslari, deb nom olgan to‗rtta mamlakatda 
(Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkongda) inson salohiyati va 
ta‘limni imkon qadar rivojlantirishga azaldan alohida e‘tibor qaratib 
kelingan. Buning sababi shundaki, ushbu mamlakatlarda foydali 
qazilmalar va hududlar yo‗q, ularning asosiy boyligi – bu inson kapitali 
hisoblanadi. Aynan inson aqliy qobiliyati va innovatsion intilishi bilan 
ushbu mamlakatlarni qashshoq va texnik jihatdan qoloqlar qatoridan olib 
chiqdi. Keyinchalik Malayziya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Osiyoning 
turli tabiiy resurslarga boy boshqa qator mamlakatlari ta‘lim sohasini 
rivojlantirishda yetakchilarga aylandi. Ta‘lim sohasida ulkan natijalar va 
u bilan bog‗liq ilmiy-texnik taraqqiyotga erishishda Sharq mentalitetiga 
xos ma‘naviy mukammallik, oliy maqom va peshqadamlikka intilish, 


213 
umummilliy vazifalarni hal etishda vatanparvarlik va sog‗lom 
shuhratparastlik kabi xislatlar muhim rol o‗ynadi. 
O‗zbekistonda tub o‗zgarishlar strategiyasi mahalliy qadriyatlar
tajriba va an‘analarni hisobga olgan holda ilg‗or xorij tajribasidan 
foydalanishga asoslangan. O‗zbekiston milliy ta‘lim tizimini isloh qilish 
jarayonidagi ta‘lim modellari, jumladan, Osiyo ta‘lim modelining 
elementlari muvaffaqiyatli qo‗llanilayotgan boshqa mamlakatlar 
yutuqlarini hisobga olish va ijodiy foydalanishga intilmoqda. 
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga 
uzluksiz ta‘lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab 
oladigan yagona ta‘lim majmui hisoblanadi. Bunda ta‘lim tizimining har 
bir bo‗g‗ini alohida o‗rin va mas‘uliyatga ega. Dasturni to‗liq amalga 
oshirish va qo‗yilgan vazifalarga erishish ushbu bo‗g‗inlarning holati va 
rivojlanish darajasiga, ularning o‗zaro uyg‗unligiga bog‗liq. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ 
1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
O‗zbekiston Respublikasining ―ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni qoidalariga 
muvofiq holda, milliy tajribaning tahlili va ta‘lim tizimidagi jahon 
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‗lib, yuksak umumiy va 
kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda mustaqil ravishda mo‗ljalni to‗g‗ri ola bilish mahoratiga ega 
bo‗lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning 
yangi avlodini shakllantirishga yo‗naltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash 
milliy modelini ro‗yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, 
jamiyatda turmushga moslashgan, ta‘lim va kasb-hunar dasturlarini ongli 
ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‗zlashtirish uchun ijtimoiy-
siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni 
yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‗z javobgarligini his etadigan 
fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish