“2017-2020 yillarga mo’ljallangan ko’p tarmoqli fermer
xo’jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi”ga
muvofiq, ekin maydonlarini
optimallashtirish, paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, asosiy
e‘tibor eksportga yo’naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda
chorvachilik
mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish
shoxobchalarini tashkil etish va servis xizmatlari ko’rsatishga qaratilgan.
Mevasabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 barobar oshirib, bugungi
17 foizdan 30 foizga ko’paytirish nazarda tutilgan. Qo’shimcha tarzda 200 ming
tonna
mahsulot saqlash quvvatiga ega bo’lgan sovutgichli omborxonalar qurilishi
nazarda tutilgan. Bu o’z navbatida yangi ish o’rinlari ochish, aholi daromadini
ko’paytirish va mahalliy budjetga qo’shimcha mablag’ tushirish imkonini
beradi1.
Respublikamiz meva-uzum bog’larining umumiy maydoni 2016 yilda 238,3
ming gektarni, sabzavot ekinlarniki esa 49,2 ming gektarni tashkil etdi.
Jumladan,
meva-uzumdan olingan yalpi hosil 65,9 ming tonna, sabzavotlarni hajmi esa
724,3
ming tonnaga yetdi. Meva, kartoshka va sabzavotlarni uzoq muddat yaxshi
saqlash
uchun kimyo, fizika, biokimyo, o’simliklar fiziologiyasi, agrokimyo,
mikrobiologiya, o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik,
polizchilik, o’simliklarni himoya qilish, mahsulot yetishtirish va unga ishlov
berishni mexanizatsiyalash va boshqa qator fanlar yutuqlaridan unumli
foydalanmoqda. Mavjud omborxona va qayta ishlash korxonalarining aksariyati
[4] ob-havo va mahalliy sharoitni e‘tiborga olmasdan qurilgani bois va ularning
bor-yo’g’i 30-40 foiz kerakli quvvatda ishlamoqda.
Zamonaviy qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash bo’yicha qo’yiladigan
talablar ishlab chiqarishning intensiv kengaytirib borlishi, aholini qayta
ishlangan
mahsulotlarga bo’lgan talabini oshishi bilan izohlanadi. Buning uchun yetakchi
texnika va uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar bilan
jihozlangan
korxonalar barpo etilishi saqlashga qo’yilgan mahsulotlarni tabiiy va su‘niy
kamayishi me‘yorlariga erishish [ 21], (3.1 va 3.2-jadvalar), va kelajakda
jadvallarda keltirilgan qiymatlarni yanada kamaytirishga asos yaratish, yangi
zavod
va sexlarni qurish bilan birga mavjud zavodlarni yangi texnologiyalar bo’yicha
rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirish vazifalari mavjud.
3.1-jadval
Yangi kovlangan kartoshka va sabzavotlarni 20 kungacha saqlashda tabiiy
mavsumiy vazn kamayishi me‘yorlari,%
Meva va sabzavotlarni saqlashdagi asosiy vazifa ularning fizikaviy va
ximiyaviy tarkibini, ya‘ni tashqi ko’rinishi, rangi, mazasi xamda oziq-ovqatlik
qiymati va boshqa xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat. Shu sababli meva–
sabzavotlarni qayta ishlashni to’g’ri va ilmiy asosda tashkil qilish axolini yil
mobaynida ushbu mahsulotlar bilan ta‘minlash muammosini hal qiladi.
3.2-jadval
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning saqlash jarayonida oylar bo’yicha
tabiiy
kamayishi me‘yorlari
Meva va sabzavotlarni saqlashda bo’ladigan biologik va fiziologik
jarayonlarni chuqur o’rganish va bu borada aniq fikrga ega bo’lish mahsulotlarni
sifatli qilib saqlashda muhim ahamiyatga ega. Meva va sabzavotlarni sifatli
saqlanishi uchun saqlash mobaynida ularda qanday jarayonlar borishini va bu
jarayonlarning borishiga tashqi muhitning qaysi omillari ta‘sir qilishini bilish
zarur.
Meva va sabzavotlarni saqlashda ular vaznini tabiiy ravishda tushishini atigi
bir foizga kamaytirish mahsulotni o’n ming tonnalab ko’paytirishga olib keladi.
Shuning uchun mutaxassislar meva va sabzavotlarni saqlashga e‘tiborni
kuchaytirishlari va bu bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalarni chuqur
o’rganishlari lozim.
Mamlakatimizda ob-havo yil va mavsum davomida o’zgaruvchan bo’lganligi
sababli meva, sabzavot, poliz, ildizli mevalar, don va chorva, parrandichilik
mahsulotlari issiqda juda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa muzlab qoladi.
Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ularni
quruq
joyda, shisha yoki chinni idishlarda, yopiladigan qog’oz qutilarda saqlash talab
etiladi.
2-savol bo’yicha darsning maqsadi: o’quvchiga qishloq xo’jalik
mahsulotlarini saqlash bo’yicha ijro etiladigan texnologik jarayonlar to’g’risida
axborot berish.
2-savol bayoni. Har bir qishloq xo’jaligi mahsuloti tirik organizm bo’lib,
ularni saqlash paytida atrof-muhit sharoitlariga bog’liq holda turli-tuman hayotiy
jarayonlar ta‘sir etadi. Bu jarayonlarning intensivligi mahsulot uyumida
kechadigan moddalarning faol almashinuvi natijasida uning bir qismini
yo’qolishiga hamda sifat ko’rsatkichlarini pasayishiga, hattoki, butunlay
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta‘minlashda quyidagi
texnologik jarayonlarni bajarish kerak bo’ladi:
1) mahsulotlarni barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Bunda har
bir mahsulot qanchalik toza bo’lsa, uning saqlanishi va uni qayta ishlashda
chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo’ladi;
2) mahsulotni quritish. Bunda mahsulotning namligi shunday
ko’rsatgichga olib kelinadiki, bunday namlikda uning uzoq va sifatli
saqlanishiga
erishiladi.
Issiqlik o’tkazishga ko’ra quritish usullari asosan quyidagi: o’tkazuvchanlik,
konveksiya va radiatsiya kabi turlarga ajratiladi39:
o’tkazuvchanlik quritish usuli−issiqlik ho’l jismga shu jism yuzasi
bo’ylab o’tkaziladi. Bug’langan namlik isitish vositasidan chiqarib yuboriladi.
konveksiya quritish usuli−bu usul g’alla quritishda keng qo’llaniladi.
Issiqlik ho’l jismga konveksiya (issiqlikning muhit oqimi tufayli ko’chishi)
orqali
o’tkaziladi.
radiatsiya bilan quritish−quyoshda quritish radiatsiyali quritishga misol
bo’ladi. Radiatsiya energiyasi donga so’riladi va issiqlik energiyasiga aylanadi.
3) sovutish rejimlarini qo’llash−mahsulotlarning sifatli saqlanishi ko’p
jihatdan havo rejimiga bog’liq bo’lib, bunda mahsulotlar saqlanadigan
inshootlar
tabiiy shamollatilishi yoki maxsus sovutgichlar yordamida sovutilishi talab
etiladi.
4) mahsulotlarni zararli mikroorganizm, zararkunanda va
kemiruvchilardan himoyalash−etishtirilgan mahsulotlarda mikroor-ganizmlar
hamda zararkunanda hasharotlarni ko’plab bo’lishi va ularning tez rivojlanishi
mahsulotlarni yo’qolishiga, ularning sifat ko’rsatkichlarini keskin pasayishiga,
butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunday mahsulotlar sifatsiz
hamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda parranda hamda kemiruvchilar
tomonidan ifloslanishi va isrof etilishiga olib kelishi mumkin.
Mahsulotlarini saqlash sohasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish muhim
vazifalardan hisoblanadi.
Birinchidan−mahsulotni isrofsiz saqlashga yoki mahsulot kamayishini
mumkin qadar qisqartirishga erishish, ayniqsa, mahsulotlarning tabiiy
kamayishini
oldini olishga alohida ahamiyat berish zarur.
Yo’qolish xususiyatiga ko’ra mahsulotlarni vazni va sifatini kamayishi
biologik va mexanik yo’qotishlarga bo’linadi:
biologik−nafas olish, donning o’sishi, mikroorganizmlarning, hasharot va
kanalarning rivojlanishi, o’z-o’zidan qizish, kemi-ruvchilar ta‘siri, qushlar
ta‘siri,
kasalliklar (fuzorioz, fitoftora, alternarioz, zang dog’i va sh.k.)ga chalinishi
tufayli
kartoshka va boshqa ildiz mevalarni chirishi;
mexanik−mahsulotga ishlov berishdagi aks ta‘sirlar: shikastlanish, changish,
to’kilish.
Ikkinchidan−mahsulotlar sifatini pasaytirmasdan saqlashni tashkil etish.
Saqlanayotgan mahsulotning sifatini pasayish holatlari saqlash jarayonini
noto’g’ri
tashkil etish va bu mahsulotlarni saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik
oqibatida kelib chiqadi.
Uchinchidan−saqlash davomida mahsulotlar sifatini oshirish. Eng avvalo
ularni yetishtirish omillariga alohida ahamiyat berish.
Ma‘lumki, zamonaviy agrotexnika asosida yetishtirilgan, to’la pishgan
mahsulotlar to’liq va sifatli saqlanadi. Shu bilan birga ularni saqlashga
qo’yishdan
oldin dastlabki ishlash, namligini davlat standartida belgilangan ko’rsatkichga
keltirish, bunda belgilangan aniq rejimlarni tatbiq etish, zamonaviy ilg’or
texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
To’rtinchidan− mumkin qadar kam mehnat va moddiy mablag’lar sarflab
yuqori natijalarga erishish, ya‘ni mahsulot isrofini kamaytirish va sifatini
oshirishga erishishda samarali usullarni qo’llash talab etiladi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda quyidagi tadbirlarni belgilangan
muddatlarda sifatli qilib qo’llash:
mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va
takomillashtirish;
saqlashga qo’yishdan oldin mahsulot sifatini doim nazorat qilish va
ularga ishlov berish;
zamonaviy ilg’or texnologiyalarni joriy etish;
ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etish va mahsulotdan maqsadli
foydalanish;
soha mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Mahsulotlarini saqlash usullarini tanlashda har bir mahsulotning o’ziga xos
xususiyatlariga mos keladigan tomonlarini hisobga olish zarur.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1.Mahsulotlarni saqlashning ahamiyatini ochib bering.
2.Mahsulotlarni saqlashga tayyorlash texnologiyasini bayon eting.
3.Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini saqlab qolish omil-larini keltiring
Do'stlaringiz bilan baham: |