5-Laboratoriya ishi



Download 2,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana22.06.2022
Hajmi2,91 Mb.
#693374
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-L SAQLASH SIRTQI T. XOLBEKOV 2-KURS 26-04-20022

Ranglovchi moddalar
. Meva va sabzavot turli pigmentlarga ega. 
Xlorofillar
. Bu pigmentlar pishib yetilmagan meva va sabzavot hamda 
barglarga yashil rang beradi. O‘simliklarda xlorofill miqdori quruq modda 
miqdorining qariyb 1% ni tashkil etadi. Unga odatda boshqa rang beruvchi modda 
– karotinoidlar yo’ldosh bo’ladi.
Xlorofillar suvda erimaydi, ammo yog’da eriydi. 
Efir moylari
. Efir moylari meva va sabzavot po’stlog’ida yig’iladi. Aromatik 
moddalarga ziravorlar va ko’katlar juda boy: petrushka, selderey, ukrop, estragon, 
bazilik, koriandr, mayoran (0,05 dan 0,5% gacha, alohida hollarda 1% efir 
moylariga ega). Mandarin po’stlog’ida 1,8 -2,5% efir moylari mavjud, piyozda 
0,05% gacha, sarimsoqda qariyb 0,01%. Ko’plab meva va sabzavotda efir 


moylarining miqdori 0,001% dan oshmaydi. 
Efir moylari mevalarga hid beradi, inson organizmida esa oshqozon shirasi 
ajralishi va ovqatning yaxshi hazm bo’lishiga yordam qiladi. Efir moylari 
uchuvchan moddalar, bo’lib qaynatish vaqtida ma‘lum qismi yo’qoladi. Efir 
moylarining aksariyati suvda erimaydi. Ular turli organik moddalarda eriydi. 
Ayrim sabzavotlar (piyoz, sarimsoq) ning efir moylari antibiotik xususiyatlarga 
ega. 
Mineral moddalar
. O‘simlik to’qimalarida barcha tirik hujayra va 
to’qimalarning tarkibiy elementlariga kiruvchi mineral moddalar mavjud. O‘simlik 
va hayvonot organizmining kerakli muhim fiziologik funksiyasi u yoki bu mineral 
modda yetishmasligi tufayli buziladi. Meva va sabzavotdagi mineral moddalarni 
inson organizmi yaxshi hazm qiladi. 
Mineral moddalarning miqdori mahsulot o’lchangan miqdorini yoqishda hosil 
bo’lgan kul miqdori orqali topiladi. Meva va sabzavotni yoqishda hosil bo’ladigan 
kul miqdori 0,2 – 1,8% ni tashkil etadi. 
Mineral moddalar kulda yuzdan ulushi bo’lgan makroelementlar (kaliy, 
kalsiy, fosfor, natriy, magniy, xlor) va kulda mingdan ulushi bo’lgan 
mikroelementlar (temir, mis, rux, yod, bariy, xrom, bor, alyuminiy, kobalt va b.) 
dan iborat. 
Kulning qariyb 50% ni kaliy oksidi tashkil etadi. Bu modda protoplazmaning 
suv tutish xususiyatini oshiradi. Fosfor va oltingugurt oqsil tarkibiga kiradi va 
hujayraning energiya almashish jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Fosfor 
kimyoviy birikmalarning reaksiyaga kirish qobiliyatini balandroq qiladi. 
Vitaminlar
. O‘simliklar vitamin sintez qilish xususiyatiga ega. 
Organizmlarda vitaminlar yetishmasligi moddalar almashinishi buzilishiga olib 
keladi, organizmning umumiy tonusi o’zgaradi va ishlash qobiliyati pasayadi. 
Kasallik - organizmda yetishmagan vitamin turiga bog’liq. 
Vitaminlarning ko’pchiligi – noturg’un moddalar, qayta ishlash jarayonida 
ular u yoki bu darajada parchalanadi. 
Fitonsidlar
. Ko’plab o’simliklarda mikroorganizmlarni o’ldiruvchi moddalar 
mavjud. Bu moddalar o’simlik antibiotiklari va fitonsidlari deb ataladi. Fitonsidlar 
piyoz, sarimsoq, sabzi, lavlagi, pomidor, shirin qalampir, oq boshli karam, 
kartoshka, qo’zoqli loviya, sitrus mahsulotlar, ryabina, qora qorag’at, turli 
ziravorlarda mavjud. Baqlajonda fitonsidlar miqdori kam, kabachok, patisson, 
rangi karamda esa ular umuman yo’q. 
Kartoshkaning fitonsidlik xususiyatlari solanin borligi tufayli, sabzida – efir 
moylari, lavlagida – antotsianlar tufayli. Sarimsoq fitonsidi – allitsin sof 
ko’rinishda ajratilgan. U allin aminokislotasidan tashkil topgan. 



Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish