limfotsitlar miqdori ortib ketishi kuzatiladi, har xil a '/o la r va
to'qimalarda diffuz limfotsitar infiltratsiya va PGL kuzatiladi. Ush
bu sindromda ko'pincha interstitsial pnevmoniya. s o ia k bezlari-
ning zararlanishi. psevdotumoroz splenomegaliya. periferik neyro-
pativa kuzatiladi. O limlarbu sindromni OIV infeksiyasiga nisbatan
immun tizimining individual (har bir bemor odamning o'ziga xos)
reaksiyasi deb qaraydilar.
OIV infeksivasining progressivlashib borishiga ta'sir qiluv
chi omillardan biri qon hosil qiluvchi tizimdagi o'zgarishlardir.
Bu o'zgarishlar spektri juda xilma-xil
va gemopoezning barcha
zvenolariga taalluqlidir.
OIV infeksiyasi uchun eng xarakterli alomat qonda CD4 lim-
fotsitlarining miqdorining pasayishi va immun tanqisligi holatidir.
[TV bu hujayradan tashqari vana dendrit hujayralarini, monot-
sitlarni, makrofaglami
ham bevosita zararlaydi, ammo monotsitlar
miqdori kasallikning kechki bosqichida (OITS) ham amaliy jihat-
dan kamaymaydi, faqatgina ulaming funksional faolligi o'zgaradi.
Qondagi eozinofillar bilan OIV eozinofillarning
plazmatik mem-
branasida joylashgan gp 120 orqali aloqaga kirishadi va uni ham
bevosita zararlaydi. Ayniqsa. bu holat bolalarda OIV infeksiyasi pa-
togenezida katta ahamiyatga ega. Qondagi B-limfotsitlar OIV bilan
Epshteyn-Barr viruslari birgalikda ta'sir qilishi oqibatida bevosita
zararlanadi. Megakariotsitlarning 25 % qismida CD4
retseptorlar
ekspressiya qilingandir. shuning uchun ushbu hujayralar ham OIV
bilan bevosita zararlanadi. Sanab o'tilgan hujayralarning zararla
nishi oqibatida qonda qator o'zgarishlar kelib chiqadi. Kasallikning
erta bosqichlarida neytropeniya. anemiya, trombotsitopeniya ku-
zatilishi mumkin. Kechki bosqichlarida esa kuchli neytropeniya.
anemiya. retikulotsitopeniya, trombotsitopeniya, monotsitopeniya
kuzatiladi. Neytropeniyaning rivojlanishi. asosan. opportunistik in-
feksiyalar qo'shilgan davrga to 'g'ri keladi. antiretrovirusli terapiya
hamda opportunistik infeksiyalarga qarshi
olib borilgan davolash
vositalariningta’siri natijasida neytropeniya yanadazo'rayadi. Ane-
107
www.ziyouz.com kutubxonasi
miyaning kelib chiqishida retikulotsitopeniya. IL-1 ning supressiv
ta ’siri, vitamin-12 va foliy kislotasi defitsiti asosiy rol o'ynaydi.
OIV infeksiyasidagi gematologik o'zgarishlarning eng asosiylari-
dan biri bu trombotsitopeniyadir. Trombotsitopeniya rivojlanishiga
megakariotsitlarning bevosita zararlanishidan
tashqari autoimmun
agressiya ham ta'sir ko'rsatadi. Asosiy hujayra-nishon hisoblana-
digan T-limfotsitlar miqdori (T-xelperlar) qonda kasallikning erta
bosqichiday'oq kamaya boradi va terminal
bosqichda kritik holatga
tushib qoladi. OIV infeksiyasiga chalingan k o ’pgina bemorlarda
suyak iligining (kemikning) qon hosil qiiish funksiyasida o ’zga-
rishlar buzilishlar aniqlanadi. Bu sindromlardan eng umumiysi
mielodisplaziya hisoblanadi (4-jadval).
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: