A. B. P a k ir d in o V u. A. V a L i X o n o V


L im fa tik va qon hosil qiiish t iz im la r in in g z a r a r la n is h i



Download 8,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/163
Sana22.06.2022
Hajmi8,65 Mb.
#692699
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163
Bog'liq
OIV. OITS (A.Pakirdinov, U.Valixonov)

L im fa tik va qon hosil qiiish t iz im la r in in g z a r a r la n is h i
Limfatik kapillarlar, limfa tomirlari va limfa tugunlarini o'z 
ichiga olgan limfatik tizim immun tizimining asosiv qismini tash­
kil qiladi. Limfa tizimining OIV infeksiyasiga chalinishi oqibatida 
generalizatsiyalangan limfadenopatiya kelib chiqadi. OIV infeksi- 
yasida limfa tizimining zararlanishining asosiv sabablari quyidagi- 
lardir:
- OlVning limfa tizimiga bevosita (to'g'ridan to 'g 'ri) ta'siri;
- patogen va opportunistik infeksiyalar, parazitlar. viruslar, 
zamburug'lar tomonidan chaqirilgan ikkilamchi infeksiyalar;
- o'smalar.
OlVning to'g'ridan to'g'ri ta'siri limfa tizimidagi nishon hu- 
jayralarni. ya'ni C'L)4 limfotsitlarni. monotsitlar/makrofaglarni, 
dendrit hujayralarni, va yana nisbatan boshqa hujayralarni zarar- 
lashi bilan bog'liq. Kasallikning eng erta bosqichidayoq yuqorida 
sanab o'tilgan hujayralar virus bilan zararlangan bo'ladi va bu holat 
kasallik rivojlanib borgani sari limfa tizimining boshqa infeksiyalar 
va viruslar bilan zararlanishini avval boshdanoq belgilab beradi. 
OIV infeksiyasida limfa tugunlarining reaksiyasi bir necha turlarga 
bo'linadi. bular dinamik jarayonning giperplaziya bilan boshlanib. 
atrofiya bilan tugaydigan navbatma-navbat kelgan bosqichlaridir. 
Bu bosqichlar rivojlanib borayotgan kasallikning simptomlari bilan 
mos keladi.
Limfadenopatiyaning quyidagi tiplari (bosqichlari) farq qilinadi:
1. Follikular giperplaziya.
2. Gipervaskular follikular tip.
3. Aralash follikular tip.
4. Limfoid qashshoqlanish (silla qurishi) bilan kechuvchi folli- 
kular involutsiva.
Follikular giperplaziyada (eksploziyali deb ham yuritiladi) folli- 
kulalarj uda katta. noto'g'ri shaklda, ba'zan butun tugunga tarqalgan
105
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'ladi. CD8 va CD 19 limfotsitlarning subpopulatsiyasi ko'pay- 
gan, CD4/CD8 nisbati CD4 hujayralarining kamayishi hisobiga 
pasaygan. Gipervaskular follikular tipdagi limfadenopativa Ka­
poshi sarkomasi bilan og'rigan bemorlarda assotsiatsiyada keladi. 
Aralash tipdagi limfadenopatiyada follikulalar ham giperplaziyaga 
uchragan, ham involutsiyaga uchragan bo'ladi, dendrit hujayralar 
miqdori kamaygan bo'ladi. ko'pincha opportunistik infeksiyalar 
rivojlanganda kuzatiladi. Limfoid qashshoqlanish tipida esa folli- 
kulalarni farqlab b o ‘lmaydi, ular fibrozga uchragan, oz miqdorda 
saqlanib qolgan limfotsitlar faqatgina CD8 hujayralaridan iborat.
OIV infeksiyasining o'tkir infeksiya fazasida klinik belgilardan 
poliadenopatiya kuzatiladi. Dastlab ensa va bo'vinning orqa sohasi- 
dagi limfa tugunlari kattalashadi. keyinchalik esa j a g - osti, qo'ltiq 
osti va chov sohalaridagi tugunlar kattalashadi. Ularning o'lcham- 
lari 1-3 sm diametrli. yumshoq-elastik konsistensiyali, bir-birlari 
bilan qo'shilmagan. og'riqsiz. Ularning ustidagi teri o'zgarmagan. 
Poliadenopatiya 2 -4 hafta saqlanib turadi, keyin regressga uchra­
ydi. ammo ba'zan, kasallik progressiyalovchi kechganda polia­
denopatiya so'rilmaydi. balki persistirlovchi generalizatsiyalangan 
limfadenopatiyaga (PGL) transformatsiya qiladi. PGLning OIV in- 
feksivasidagi diagnostik mezonlari quyidagilardir:
1) ikkita va undan ortiq sohadagi limfa tugunlarining yallig'la- 
nishsiz kattalashuvi; 2) uzoq vaqt-3 oydan ortiq vaqt mobaynida 
saqlanib turishi: 3) limfadenopatiyaning limfa tugunlarini katta- 
lashuviga sabab boMuvchi boshqa patologik jarayonlar bilan alo- 
qasi yo'qligi. OIV infeksiyasi rivojlanib (kuchayib) borgani sari
ayniqsa, opportunistik infeksiyalar rivojlanganda, limfa tugunlari 
asta-sekin zichlasha boradi va qattiq-elastik konsistensiyaga ega 
bo'ladi. Kasallikning terminal bosqichida limfa tugunlari kuch­
li ravishda kichrayadi, hattoki ilgari kattalashgan limfa tugunlari 
yo'qolib ketishi mumkin (umuman palpatsiya qilinmaydi).
OIV infeksiyasining erta bosqichlarida ayrim bemorlarda 

Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish