19
B) Oq elektrokorund (EB). Tarkibida A12O3 dan tashqari 0,4 -2%
Fe2O3 va ozroq miqdorda Si03, TiO2 va SaO bo`ladi,
rangi oq, oqish
kulrang yoki pushti. Suyuqlanish temperaturasi 1950-2050° S. Toblangan va
toblanmagan po`latlar, bog`lanuvchan cho`yan va bronzaga ishlov berishda
qo`llaniladi.
Monokorund tarkibida 0,9% Fe2O3 bo`lib,
M xarfi bilan
belgilanadi. Kesuvchi asboblarni charhlash va yuqori tozalikda ishlash uchun
qo`llaniladi.
Kremniy karbid SiC (karborund). Kremniy bilan uglerodni kimyoviy
birikmasi bo`lib, toza kvarts qumiga neft koksi yoki antratsint qo`shib 1900 -
2100 °S temperaturada suyuqlantirib olinadi.
A) kora kremniy karbid (KCH) tarkibida 97-98% SiC va 0,6-0,7 %
Fe2O3 bo`ladi. Alyuminiy, bronza, latun, mis va cho`yanni
jilvirlash uchun
ishlatiladi.
B) Yashil kremniy karbid (KZ) tarkibida 96-98% SiS bo`ladi. Qatgaq
qotishmali keskichlarni charxlash va jilvir toshlarni olmossiz qayrashda
foydalaniladi.
Bor karbid (V
4
S) texnikaviy borat kislotaga neft koksi qo`shib,
elektr
pechlarda suyuslantirib olinadi. Tarkibida 95% gacha kristall holdagi bor
bo`ladi. Qattiqligi olmosning qattiqligiga yaqin, lekin mo`rt b o`ladi.
Poroshok tarzida dovodkalash va pritirkalashda so`llaniladi.
Abraziv materiallar donadorligi bo`yicha 3 guruxga bo`linadi.
Raqamlari 16, 20 bo`lgan
mayda donali; nomerlari 25, 32, 40, 50 bo`lgan
o`rtacha donali; 63, 80, 100 bo`lgan yirik donali; 125, 160, 200 bo`lgan
ancha yirik donali.
Raqamlari 3, 4, 5 bo`lgan Mayin; 6, 8, 10, 12 mayda donali jilvir
donalar. Raqamlari M5, M7, M10, M14, M20, M28, M40 bo`lgan
mikroporoshoklar.
Jilvirlash asbobiga zarur shakl berish
uchun abraziv moddala r
bir-biriga bog`lovchi materiallar bilan biriktiriladi. Bog`lovchi moddaalar
20
sifatida quyidagilardan foydalaniladi.
1. Keramik bog`lovchi(K)-oq rangli o`tga chidamli gil, kvarts, dala
shpati, talk va chaqmoq tosh kukunidir.
2. Silikat bog`lovchi (S) - chaq–oqtosh kukuni, suyuq shisha va gildan
iborat.
3. Magnezial bog`lovchi (M) – magneziy
bilan kaltsiy xlorid
aralashmasidan iborat.
4. Vulkanit bog`lovchi (V) - sintetik kauchikka 25 % gacha
oltingugurt qo`shib tayyorlanadi.
5. Bakelit bog`lovchi (B) – karbol kislota bilan formalindan su’niy
smola –bakelit tarzida tayyorlanadi.
Jilvirtoshlar quyidagi ko`rinishda markalanadi:
E63 SM2 K5PP 250*60*35 m/sek. Markalanish quyidagilani ifodalaydi; E –
elektrokorund ekanligini, 63– donadorligini, SM – o`rtacha yumshoqlikda
ekanligini, K–keramik bog`lovchidan
foydalanilganligini, 5–struktura
nomerini, PP – to`g`ri profilli ekanligini, 250 –toshning tashqi diametrini, 50
– toshning enini, 60 – teshik diametrini (mm da), 35 m/sek –toshni aylanish
tezligini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: