Таълим вазирлиги бухоро давлат университети


QIZILMIYA – RADICES GLYCYYRHIZAE O’SIMLIGINING DORIVORLIK



Download 5,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet139/200
Sana22.06.2022
Hajmi5,16 Kb.
#691793
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   200
Bog'liq
0хирги туплам

 
QIZILMIYA – RADICES GLYCYYRHIZAE O’SIMLIGINING DORIVORLIK 
XUSUSIYATLARI 
I.J.Sulaymonov, M. A.Azimjonova
Namangan davlat universiteti
 
Qizilmiya- Radices glyyrhizae 
o’simligi tabobatimizda shifobaxshligi jihatidan oldingi 
o’rinlardan birini egallaydi. Qizilmiya o’simligi tarkibida saponinlar, uglevodlar, glikozidlar, efir 
moylari, vitaminlar, alkoloidlar, limon kislotasi va oshlovchi moddalar saqlaydi. Mazkur 
o'simlikning ildizlaridan tabobatda me'da-ichak xastaliklarida, nafas olish xastaliklarida hamda 
quruq va nam yo’talda, bronxial astmada pnevmoniyani davolashda foydalaniladi. 
Bugungi kunda dunyo bo’ylab ko‘plab dorivor moddalar sintez yo‘li bilan olinishiga 
qaramay, tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor preparatlarning 40 % ga yaqini o‘simliklardan 


189 
olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni, masalan, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash 
sohasida ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ga yetadi. Kelajakda tibbiyotda o‘simliklardan 
olinadigan dorivor preparatlar va dorivor o‘simliklar ko‘proq ishlatilishi kutilmoqda. Tibbiyotda 
dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan preparatlarga bo‘lgan talabning oshishiga sabab 
sintez yo‘li bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda 
iste’mol qilish inson va hayvonlar organizmida turli ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishidir. Shu 
sababdan hozirda dunyo bo‘yicha o‘simlik dorivor preparatlariga, fitopreparatlarga va dorivor 
o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Respublikamiz hududida ham tabiiy dorivor moddalarga 
bolgan talabning ortishi natijasida o’simliklardan biologik faol moddalar olish maqsadida 
dorivor osimliklardan foydalanilmoqda. Ana shunday xususiyatga ega bolgan osimliklarimizdan 
biri qizilmiya o’simligidir. 
O'simlikning nomi. Tuksiz oddiy qizilmiya (chuchuk miya, shirinmiya) Glycyrrhiza 
glabra L. Dukkakdoshlar-Fabaceae kiradi. Qizilmiya ko'p yillik, bo'yi 50-100 sm ga yetadigan, 
yer ostki qismi kuchli taraqqiy etgan o't o'simlik. Ildizpoyasi ko'p boshli, kalta yog'on bo'lib, 
hamma tomonidan yer ostida gorizintal joylashgan, uchi kurtaklar bilan tamomlanuvchi 
novdalari va pastga qarab asosiy bitta vertikal o'qildiz o'sib chiqqan. Asosiy o'qildizning uzunligi 
4 5 m bo'ladi. poyasi bir nechta, tik osuvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan, tukli bo'lib 
mayda nuqtasimon bezlar yoki mayda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, murakkab, 3-7 
juft bargchalardan tashkil topgan. Bargcha ellipssimon, cho‘ziq-tuxumsimon yoki lansetsimon, 
tekis qirrali, yopishqoq bezlar bilan qoplangan. Qo‘shimcha barglari mayda, lansetsimon bo‘lib, 
to‘kilib ketadi. Gullari qiyshiq, barg qo‘ltig‘idan chiqqan shingilga to‘plangan. Gulkosachasi 
naychasimon, 5 ta lansetsimon, o‘tkir tishli, gultojisi oqish-binafsharangli, kapalakguldoshlarga 
xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, 9 tasi bir-biri bilan birlashgan, o‘ninchisi birlashmagan. Onalik tuguni 
yuqoriga joylashgan. Mevasi – pishganda ochilmaydigan yoki poyasi qurigandan so‘ng 
ochiladigan dukkak. lyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi [1]. 
Qizilmiya o‘simligining ildiz kukuni xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida 
ko‘riladi. Bu kukunda kristalli hujayralar bilan qoplangan tolalar guruhi va bochkasimon suv 
naylarining bo‘lakchalari hamda kraxmal donachalarini saqlovchi parenxima hujayralari borligi 
kukunning xarakterli belgisidir [5]. 
O’simlikning kimyoviy tarkibi. 
 
Mahsulot tarkibida 24% gacha glitsirrizin (uch asosli 
glitsirrizin kislotaning kaliy va kalsiy tuzi) bo‘ladi. Glitsirrizin glikozidlarga o‘xshash modda 
bo‘lib, triterpen saponinlarga kiradi. U qandga nisbatan 40 marta shirin, gidrolizlanganda qand 
o‘rnida ikki molekula glukuron kislota (shuning uchun haqiqiy glikozid emas) harada bir asosli 
glitsirretin kislota (aglikon) hosil qiladi. Qizilmiya o‘simligining preparatlari nafas yo‘llari 
kasallanganda balg‘am ko‘chiruvchi, surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida 
ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan dorivor preparatlar – glitsirram astma, ekzema, allergik 
dermatit va boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. O‘simlik preparatlari hamda glitsirrizin va 
glitsirretin 
kislotalari 
organizmdagi 
suv-tuz 
almashuvini 
tartibga 
solish 
hamda 
dezoksikortikosteroidlarga o‘xshash ta’sirga ega [2,4]. 
Ildizdan olingan flavonoidlar yig‘indisi – likviriton yallig‘ lanishga, spazmga qarshi va 
antiseptik vosita sifatida hamda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun 
ishlatiladi. 
Qizilmiya kukuni, qirqilgan ildizi va quruq ekstrakti farmatsevtika praktikasida hab dori 
tayyorlashda asos sifatida hamda miksturalar, choy-yig‘malar ta’mini yaxshilash uchun 
ishlatiladi. Ildizidan oziq-ovqat sanoatida (pivo, limonad va kvasslar ta’mini shirin qilish uchun) 
va texnikada o‘t o‘chiradigan ko‘piruvchi suyuqlik tayyorlash uchun keng foydalaniladi [1,3]. 
Dorivor preparatlari.
 
Quruq ekstrakt, quyuq ekstrakt, sharbat, glitserram, likviriton 
(tabletka holida chiqariladi) va flakarbin preparatlari, ildiz kukuni murakkab qizilmiya kukuni, 
ko‘krak kasalliklarida ishlatiladigan eleksir, qirqilgan (maydalangan) ildiz bo‘lakchalari esa 
ko‘krak va bavosil kasalligida ishlatiladigan hamda siydik haydovchi va ich yumshatuvchi 
choyyig‘ malar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda oddiy qizilmiya bilan bir qatorda, kimyoviy tarkibi 
bo‘yicha bir xil bo‘lgan Ural qizilmiyasi o‘simligi ham ishlatiladi. Qizilmiya ildizida yana 28 


190 
taga yaqin (4 % atrofida) flavonoidlar (likviritin, likviritozid, glabrozid va boshqa glikozidlar 
hamda ularning aglikonlari), 2–4% achchiq modda, triterpenoid oleanan, vitamin C, asparagin, 
6–34% kraxmal, 20% gacha mono- va disaxaridlar, pektin va boshqa moddalar bor. 
Qizilmiyaning yerustki qismi flavon glikozidlarga boy. Flavonoidlardan tashqari, yerustki qismi 
tarkibida yana saponinlar, efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor [1].
Qizilmiya o'simligining o'stirish respublikamiz hududlarida dorivor sifatida o'stiriladigan
o'simliklar orasida asosiy o'rin egallaydi. Xorazm viloyati Bog’ot tumanida faoliyat yuritayotgan 
"Bogot master" oilaviy korxonasi bir necha yillardan buyon dorivor qizilmiya o'simligini ildizini 
Germaniyaga eksport qilinmoqda. Qizilmiya ildizi asosan tibbiyotda, oziq ovqat sanoati 
parfumeriya sohasida ishlatiladi. Uning tarkibida glitsirrizin kislotasi bo'lib, glukoza, saxaroza 
va qanddan 50 barobar kuchli shira hisoblanadi. Bu kislota jigar kasaliklariga qarshi immunitet 
ko'taruvchi va balg'am ko'chiruvchi dori darmon olishda ishlatiladi. Mahsulot olish jarayonida 
qizilmiya ildizi qo'l mehnati yordamida bir necha bosqichlardan o'tadi: navlarga ajratiladi , 
yuviladi, qurutiladi. So'ngra 5-8 sm kattalikda kesiladi, qadoqlanadi [5]. 
Qizilmiya yo'talni davolash uchun samarali dorivor o'simlik. Unga asoslangan sirop 
chaqaloqlarda bronxit va boshqa kasalliklarni davolash uchun tavsiya etiladi. Ushbu vositaning 
afzalliklari uning tabiiyligi va xavfsizligidir. Qizilmiya nafas olish sekretsiyasini ko'paytirishga 
yordam beradigan glitsirrizinni o'z ichiga oladi. Shu tufayli bronxlar va traxeya devorlarida 
joylashgan epiteliy faollashadi. Qizilmiyaning o'ziga xos xususiyati shiddatli yo'tal xurujlarini 
yengilashtirishga yordam beruvchi ta'sirga ega. O'simlikning siropi kuchli mikroblarga qarshi 
og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega. Qizilmiya ildizpoyalari aralashmasi 
tabiiy tarkibiy qismlarga asoslangan. O'simlik tibbiyotda turli yoshdagi bemorlarni davolash 
uchun ishlatiladi. Mahsulot tarkibida yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, kramplarni 
yengillashtiradigan va silliq muskullarning bo’shashtiradigan bir qator foydali moddalarni o'z 
ichiga oladi. undan tayyorlangan dori yoqimli ta’mga va o'ziga xos hidga ega jigarrang suyuq 
viskoz moddadir. Preparatning asosiy terapevtik xossasi glikirrizin moddasi bo'lishiga qaramay 
yordamchi moddalar sifatida efir moylari, polisaxaridlar, kumarinlar va flavonoidlar muhim 
ahamiyatga ega. 
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib shuni aytishimiz mumkin: qizilmiya 
o'simligi shifobaxshligi bilan birgalikda uni o'stirish qulayligi, turli iqlim sharoitlariga 
moslashuvchanligi tufayli undan dorivor o'simlik sifatida foydalanish mumkin. O'simlik tabiiy 
mahsulot sifatida organizm uchun zararsiz hisoblanadi. Biz kelgusida qizilmiya o'simligining 
yangi turlari va dorivorlik xususiyatlarini yanada ko'proq o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib 
qo'ydik. 

Download 5,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish