Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/35
Sana22.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#690530
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
0714da4ca1a28c65c5b0c150179a3410 VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING OLDINI OLISH-1

Ichki ishlar idoralari 
voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini 
olishda bevosita mas`uliyatli idora hisoblanib, boshqa idoralardan farqli 
ravishda tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlar bilan to`g`ridan-tog`ri tarbiyaviy 
ishlarni amalga oshiradi. Xususan, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha 
komissiyalarning tegishli qarorlari, tergov idoralarining jinoyat sodir etgan, 
35
Madaliev O.M. prokuror nazorati.(Maxsus qism.) Oliy o`quv yurtlari uchun darslik -T.: “TDYI”. 2012. -B.241 


46 
lekin javobgarlik yoshiga yetmagan voyaga yetmaganlarni profilaktik hisobga 
olish haqidagi qarorlari hamda sud idoralarining chiqargan qarorlari asosida 
ichki ishlar idoralari tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganni profilaktik hisobga 
oladi va belgilangan reja (yillik, choraklik rejalar) asosida voyaga 
yetmaganning tarbiyasi, xulqq-atvori ustidan tegishli nazorat o`rnatadi. 
Mamlakatimizda tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy 
ishlarni olib borishda ichki ishlar idoralari bilan bir qatorda tarbiyachi-
pedagog biriktirish tajribasi yo`lga quyilgan bo`lib, lekin amalda ushbu 
tajribadan etarli darajada foydalanilmayapti. 
Bundan tashqari, ichki ishlar idoralarining inspeksiyalari xududda 
yashovchi ichkilikbozlikka ruju quygan, notinch oilalarni ham hisobga olib, 
profilaktika ishlarini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash yo`li bilan ham 
ishtirok etmoqda. 
Ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga nazoratsiz va qarovsiz qolgan 
voyaga yetmaganlarni (Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam berish 
markazlarida) ijtimoiy muxofazasini tashkil etish vazifasi ham yuklatilgan. 
Shuningdek, ichki ishlar idoralari Jinoyat prostessual kodeksida 
belgilangan bir qator jinoyat ishlari bo`yicha tergov harakatlarini amalga 
oshirish yo`li bilan o`ziga xos ta`sir doiraga egadir. 
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini hal 
etishga ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning 
oldini 
olish 
bo`linmalarining 
inspektorlarini 
boshqa 
ishlarga 
jalb 
etilayotganligi (operativ yoki jamoat xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq 
ishlarga), kadrlarning qunimsizligi hamda ularning tarbiyasi og`ir voyaga 
yetmaganlar 
bilan 
profilaktika 
ishlari 
samaradorligiga 
e`tibor 
qaratmayotganliklari ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazmoqda. 
Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari 
bo`yicha komissiyasining 2010-yil 28-oktyabr hamda 2013-yil 2-dekabr hamda 
2016-yil 11-apreldagi qarorlarida Ichki ishlar idoralarida voyaga yetmaganlar 
orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo`linmalarining inspektorlarini 
boshqa ishlarga jalb etilishi odatiy xolga aylanganligi qayd etilgan. Jumladan, 


47 
hukumat komissiyasining 2016-yil 11 apreldagi yig`ilishida qayd etilishicha, 
Ichki ishlar vazirligining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni 
oldini olish bo`limi faoliyati talabga avob bermaydi. Bo`lim xodimlari o`zining 
xizmat vazifalaridan tashqari boshqa ishlarga jalb etib kelinganligi uchun 
soxaviy faoliyatdagi o`rni va roli etarli bo`lmagan
36
.
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, ichki ishlar idoralarining yuqorida qayd 
etilgan inspeksiyalari tomonidan hisobga olingan voyaga yetmaganlar bilan 
tarbiyaviy ishlarning olib borilmasligi, bu ishni o`z xoliga tashlab quyilishi ular 
tomonidan qayta jinoyat sodir etishiga sharoit yaratmoqda
37
. Shuningdek, 
Respublika komissiyaning 2014-yil 27-aprelda o`tkazgan yig`ilishida 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar 
ishlari bilan shug`ullanuvchi xodimlarning 25 foizi o`z vazifalaridan tashqari 
boshqa ishlarga muntazam jalb qilinganligi sababli huquqbuzarlik aniqlash 
nihoyatda pasayib ketganligi ta`kidlangan
38
.
Shuningdek, tarbiyasi og`ir 1092 nafar voyaga yetmagan hamda Ichki 
ishlar vazirligi voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam berish 
markaziga keltirilgan 3722 nafar bolalarni o`qish va ishga joylashtirishning 
etarli choralari ko`rilmagan. Respublikada profilaktik hisobga olingan o`ta 
xavfli restedevist, foxishabozlik bilan shug`ullanuvchi, janjalkash oilalar va 
giyohvandlikka chalingan 41170 nafar shaxsning voyaga yetmagan farzandlari 
tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishini oldini olish borasidagi xududiy ichki 
ishlar organlarining faoliyati talab darajasida tashkil etilmagan
39
.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish