yetmagan bolalar
ning hayotida ham o`z aksini
topadi. Kattalarning pand-nasihatlari o`smir yoshidagi bolalarda kuchli tanqidiy
qarashlar bilan duch keladi va ahloqsiz munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Balog`at yoshidagi bolalarning xulqida paydo bo`lgan salbiy oqibatlarni
o`rganishda biologik holatlarning ta`siri katta, albatta. Biroq tibbiy xodimlarning
33
natijalari har vaqt ham to`g`ri hulosalarga olib kelmaydi. Chunki tarbiyasi og`ir
bolaning xulqida ijtimoiy nuqtai nazardan ahamiyatga mollik bo`lgan belgilari,
ya`ni uning shakllanayotgan harakteri, turli psixologik jarohliklar, maktabdagi
muhiti, nasliy nuqsonlar (ota-onaning alkogol va narkotik moddalarni iste`mol
qilishi)ni uning psixofiziologik rivojiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi.
Bularning qatoriga asab kasalliklarga duch kelgan aqli zaif bolalar
(imbitsil va
detsibil)
ning ijtimoiylashuvini ham tilga olish zarur. Tadqiqot natijalari shuni
ko`rsatadiki, oligofren bolalar o`rtasida sodir etilgan jinoiy ishlarning aksariyati
salbiy oqibatlarga olib keladi. Chunki, aynan bunday fiziologik jihatdan zaif
bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi o`ta og`ir kechishi, nomaqbul
sharoitlarda kattalar yoki tajribasi yuqori bo`lgan jinoyatchilar ta`siri ostida ko`r-
ko`rona ularni qo`llarida qurolga aylanadi. Bunday hodisalardan yiroq bo`lish
uchun oilaviy muhitning ta`siri juda ham katta ahamiyatga ega. Oilada ota-
onalarning o`zaro munosabatlari o`smirlarning psixologik va jismoniy jihatdan
voyaga yetishiga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Bolalarni haddan ziyod erkalash ham
ijobiy natijaga olib kelmaydi va eng asosiysi, hayotiy qiyinchiliklarni yengib
o`tishlariga to`sqinlik ko`rsatadi.
O`smirlar hayotida nizoli vaziyatlarni paydo bo`lishi ko`p xollarda
o`zining imkoniyatlarini noto`g`ri baxolashiga olib keladi. Hulqiy normalarga
asoslangan xatti-harakatlar, o`smirlarni favqullodagi vaziyatlarda o`zini tutishiga
sabab bo`ladi. Ba`zi tadqiqotchilarning fikricha past darajadagi xulqga ega
bo`lgan bolalar yuqori darajadagi tanqidlar ostida o`zlarining ijobiy xislatlarini
namoyon eta olmaydilar.
Balog`atga yetmagan o`spirinlarda huquqbuzarlik holatlari ko`pincha
guruhga qo`shilib jinoyat sodir etish holatlari kuzatiladi. Guruh tarkibida ular
o`zlarining tajribalarini oshirib o`zining jinoiy faoliyatini davom ettirishga tayyor
bo`ladilar.
Bu o`rinda shuni takidlash lozimki, o`smirlar orasida oxirgi vaqtlarda
jinoyatning turli shakllari, avval kattalar ishtirokida yuz bergan jinoyat holatlari
kuzatilmokda. Bularga narkotik va qurol-yaroq savdosi, tadbirkorlar o`rtasida
uyushtirilgan jinoiy holatlar, garovga odam olish, turli ko`rinishdagi yirik
34
o`g`riliklar, hayoti va sog`ligiga suiqasd qilish, kompyuter jinoyatlari, yashab
turgan muhitidagi reket haraktalari keng tarqalgan.
Jinoiy xulq-atvorga ega bo`lgan voyaga yetmaganlar tahlilidan
ko`rinishicha ma`lum bo`ldiki, 4 turli huquqbuzarliklar jamiyat uchun xavfli
unsurlarni vujudga keltirishi mumkin:
a) istalgan umumiy yo`nalishga qarama-qarshi yo`naltirilgan harakatlar;
b) umumiy shaxsiy yo`nalganligi to`g`ri bo`lmagan vaziyat nuqtai
nazaridan qaralganda birmuncha yengil harakatlar;
v) vaqt o`tishi bilan jinoiy huquqning namoyon bo`lishi va h.k.
g) jinoiy harakatlarni o`rnatish, faol jinoyatlarni yo`lga quyish, shuningdek,
ijtimoiy hayotga zid bo`lgan munosabatlarni amalga oshirish. Keltirilgan
tipologiya o`smir va o`spirinlarning huquqbuzar xulqining asosini tashkil etadi,
ularning ijtimoiy salbiy qirralarini, zaiflashgan ongini namoyish etadi.
Maqbul bo`lmagan tashqi sharoitlarning natijasi o`smir va o`spirinlarda
tarbiya mezonlarinig murakkablashuviga olib keladi. Bunday vaziyatlar ota-
onalarning maqbul bo`lmagan munosabatlaridan, oiladagi munosabatlarning
inqirozidan, maktab va oiladagi noto`g`ri tarbiyadan yuzaga kelishi mumkin.
Biroq ba`zi xollarda salbiy xulqli ota-onalarning farzandlari xulqi yaxshi bo`lgan
holatlar ham kuzatilgan. Masalan, ko`p alkogol ichuvchi ota-onalarning
farzandlari spirtlarni umuman iste`mol qilmaslikligi, aynan shunday ichqilikka
ruju quygan oilalarning farzandlari odobli va esli-hushli bo`lib voyaga etishi
mumkin.
Voyaga
yetmagan
qonunbuzarlarning
tarbiyasi
o`z-o`zidan
shakllantirmaydi. Uning o`zi bunday tarbiyani shundayligicha qabul qilishi yoki
aksincha u bilan kurash olib borishi mumkin. Shunday noma`qul sharoitlar bilan
kurashish natijasida o`smir yoshidagi shaxslarda ijobiy sifatlar namoyon bo`ladi.
O`smir yoshi-10-15 yosh davlarni o`zida aks etib biologik nuqtai nazaridan
“o`tish davri”
bo`lib hisoblanadi, chunki bu yosh yosh oralig`ida jinsiy ulg`ayish,
fiziologik o`zgarishlar namoyon bo`ladi. Bu yoshdagi eng muhim tuyg`u “katta”
bo`lganligi, ulg`ayganligini anglab yetishi. U nihoyatda sezuvchan, ruhiy
tomondan tez asabiylashgan, o`zgarishlarga e`tibor qaratadigan yosh davridir.
35
14-18 yoshda jinsiy ulg`ayganlik o`z yakuniga etadi va ilk bor ishlab
chiqarish mehnatiga qadam qo`yadi. Bu yoshda ularning ijtimoiylashuvi oxirgi
bosqichga chiqadi. Ular huquqiy va axloqiy jihatdan huquqiy normalarga rioya
qilishlari, qonun oldida javobgarlik xissini sezishi namoyon bo`ladi. J.I.S.
Vigotskiy yosh davrlariga e`tibor berar ekan unda yuzberadigan “inqirozli”
holatlarini alohida ta`kidlab o`tadi. Ushbu inqiroz davrlari:
1 yoshda;
3 yoshda;
7 yoshda;
13 yoshda namoyon bular ekan.
Nima uchun o`smir yoshga tegishli davr -“qiyin” davr bo`lib hisoblanadi?
Birinchidan, organizm va jinsiy ulg`ayganligining rivojlanishi bir teksta
emasligi (masalan, uzun bo`y va kichiq bosh qobig`i, ko`krak qafasining torligi,
qo`l-oyoqlarning uzunligi), yurak tomir tizimidagi disproporstiyalar o`smirga
katta ta`sir ko`rsatadi.
Ikkinchidan, yurak-tomir tizimi bir tekisda emasligi sababli qon-tomirining
urushi (qon bosimi) yuqori bo`lishi, boshning tez-tez og`rib turishi,
gallyustinastiyalarning paydo bo`lishi, his tuyg`ularining mustahkam emasligi
nizolarni keltirib chiqarishini takidlab o`tish lozim.
Muloqotga bo`lgan ehtiyoj va hayotda o`z o`rniga ega bo`lish va mustaqil
fikr yuritish faqat yaxshi sharoitda va ijtimoiy foydali faoliyat asosida yuzaga
kelishi mumkin. Bunday sharoitlar yo`q bo`lsa, o`zining haqligini isbotlash har
qanday harakatlarni amalga oshirishga intiladi va ehtiyojlarini qondiradi. Agarda
intilishlari amalga oshmasa, ijtimoiy nomalarga zid bo`lgan xulqi orqali bo`lsada
uni namoyish etishga harakat qiladi (ichish, chekish, qo`pol so`zlashish, bezorilik
qilishni orali).
Narkotik moddalar, spirtli ichimliklar iste`mol qilish insonning yoshlik
davridanoq namoyon bo`ladi. Buning sababi ideallarning yo`qligi, real hayotda
o`zining o`rniga ega bo`lmasli, o`zining imkoniyatlaridan foydalana olmasligidan
dalolat beradi.
36
“Inqiroz” davridan osnolikcha chiqishi va qiyinchiliklardan o`zini halos
qilishi uchun o`smir narkotik moddalar va alkogolizm illatiga berilib ketadi.
Narkotik orqali u xayolparast bo`ladi. U narsalar uning yuragiga malhamdek ta`sir
ko`rsatadi. ruhiy osudalik baxsh etadi. Odamlarni narkotik moddalar bilan
ta`minlash jarayonini narkobiznes ishida ishtirok etgan odamlar boshqaradi va
katta manfaatlar yo`lida qonunga hilof ishlarga qo`l uriladi.
O`smirlarning sog`lom ijtimoiy hayotga zid bo`lgan xulqini o`rganish
uchun ko`plab tadqiqotlar o`tkzilgan. Masalan, psixiatr A.E.Lichko o`smir
yoshdagi bolalarning norma va normada bo`lmagan harakterini va uning
belgilarini o`rganib chiqkan. Tadqiqotchini ko`prok o`smir harakteridagi
egatologiya, aniqrog`i psixopatiya holatlari qiziqtirgan. Uning nuqtai nazari
bo`yicha o`smir yoshidagilarning harakteri 11ta turdagi imkoniyatlariga ega
bo`lib, ularning har-hil sharoitlardagi ko`rinishlari ijtimoiy normalargsha zid
xulqiga olib kelishi mumkin ekan.
O`smir yoshidagi bolalarning ijtimoiy normalarga zid keladigan xulqi
asosida yuzaga kelgan harakterni pedagogik jihatdan yaxshilash (pedagogik
tomonidan to`zatish) uchun ularning har biriga individual yondoshishni talab
etadi.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |