Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi kafedrasi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish


II BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING OLDINI



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana22.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#690530
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
0714da4ca1a28c65c5b0c150179a3410 VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING OLDINI OLISH-1

II BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING OLDINI 
OLISH MASALALARI 
2.1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish. 
 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bo`yicha avvallo 
davlatning roli eng ustuvor poydevor sifatida e`tirof etilib, bu boradagi 
g`amxo`rlik davlat siyosati bilan uzviy amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligining oldini olish
davlat siyosati deganda, davlatning siyosiy 
qaror qabul qilish yo`li bilan bu toifadagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, 
shuningdek aniq maqsadlar hamda vazifalarni hayotga tatbiq etish, ushbu 
yo`nalishda tashkiliy ishlarni kompleks ravishda amalga oshirishni 
ta`minlashdagi maxsus faoliyati tushuniladi. 
O`zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining 
oldini olish ishlarida davlat siyosatining ahamiyati bu borada huquqiy bazani 
mustahkamlash va shu yo`l bilan turli amaliy tadbirlarni olib borishga e`tibor 
qaratildi. 
Normativ-huquqiy asosning yaratilishi voyaga yetmaganlar o`rtasida 
jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni ijtimoiy oldini olishning yaxlit tizimini 
ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qildi. 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish siyosatini ishlab 
chiqishda “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiya (1989 y.), “Voyaga 
yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha BMT rahbariy 
tamoyillari” (Er-Riyod rahbariy tamoyillar 1980-y.) va boshqa bir qator 
xalqaro huquq normalariga muvofiq tashkil etilgan. 
Xususan, qonunchilikni shakllantirish borasida yoshlarga bo`lgan ilk 
e`tibor sifatida 1991-yil 21-noyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to`g`risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bo`lgan bo`lsa, ushbu 
islohatlarning samaradorligini oshirish maqsad qilib 2016-yil 14-sentabr kuni 
yangi tahrirda O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to`g`risida”gi O`RQ-406-son qonuni qabul qilinishi bo`ldi. Ushbu qonunda 
yoshlarga oid siyosat O`zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor 


38 
yo`nalishi bo`lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol 
topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo`lida imkon boricha to`la-to`kis 
ro`yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jixatdan shart-
sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat ekanligi qayd etilgan
27
.
Shuningdek, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konsitustiyasining 
45-
moddasida voyaga yetmaganlar huquqlari davlat himoyasida ekanligi 
mustahkamlangan. 
Bundan tashqari, mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlar mehnati 
uchun o`ziga xos qulayliklar yaratilgan bo`lsa, oila, fuqarolik, ta`lim va 
boshqa o`nlab shu kabi qonunchilikda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining 
kelib chiqishiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillarga qarshi normalarning 
kiritilishi bu boradagi ishlarda davlat e`tiborining namunasi hisoblanadi. 
Masalan, o`z majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarning huquqlarini maxrum 
qilish, vasiylik, homiylik kabi normalar o`ziga xos ahamiyatga egadir. 
Shu bilan birga, soxada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish 
uchun hukumat qarorlarining ham o`rni beqiyosdir. Jumladan, Vazirlar 
Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha 
komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarori muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ushbu qarorning qabul qilinishi natijasida soxada olib 
borilayotgan ishlarni sifat jixatdan yangi bosqichga ko`tarilganligini ko`rish 
mumkin. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish, jinoyatchilik va 
jamiyatda sodir etilayotgan boshqa salbiy xatti-harakatlarga qarshi kurashni 
kuchaytirishga qaratilgan aniq vazifalarning belgilab berilishi, ayniqsa davlat va 
nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirilishi, ularning yaxlit bir tizim 
sifatida faoliyat yuritishi natijasida voyaga yetmaganlar manfaatlarining 
ta`minlanishida muhim o`rin egalladi. 
Shu bilan bir qatorda xorijlik ekspertlar tomonidan O`zbekiston 
Respublikasida soxada olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligi 
yildan-yilga ortib borayotganligi va o`smirlar muhitida jinoyatchilikning 
27
“Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi O`RQ-406-son. –T.: 2016-yil 14-sentabr 


39 
boshqa davlatlarga nisbatan keskin kamayib borayotganligi qayd etilgan. 
Xususan, YUNISEF xalqaro tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi 
rahbari R.Xosayinining ta`kidlashicha, YUNISEF xalqaro tashkiloti 
tomonidan Sharqiy Yevropa va MDX davlatlarida voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligi taxlil qilinganda O`zbekistonda sodir etilayotgan jinoyatchilik 
MDX davlatlariga nisbatan eng past darajada ekanligi qayd etilgan. Xususan, 
birgina 2004-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 
(2000-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 2991 ta jinoyatlar sodir etilgan) 
Qozog`iston Respublikasiga nisbatan 6 marotaba, Rossiya Federastiyasiga 
nisbatan 15 marotaba past darajada ekanligini bildirgan
28

Bundan tashqari, ushbu yo`nalishda olib borilayotgan davlat 
siyosatining samaradorligi oshishiga yana bir sabab oila, mahalla va uquv 
muassasalari hamkorligi konsepstiyasiga amal qilinayotganligi natijasi deb 
e`tirof etish mumkin. 
Shu jumladan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi yildan-yilga kamayib 
borayotgan bo`lsada, ayrim turkumdagi jinoyatlar yildan-yilga ko`payib 
bormoqda, ba`zi holatlarda esa, jinoyatchilik umumiy miqdori kelgusi yilga 
nisbatan ortib ketmoq.

Alohida takidlab o`tishimiz joiz bo`ladiki, O`zbekison Respublikasida 


voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda davlat va jamoat 
idoralarining o`rni ancha muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish muammosini samarali hal etishda 
davlat va jamoat idoralari o`zlariga berilgan vakolat doirasida samarali 
faoliyat yuritib kelmoqda. Davlat va jamoat idoralari zimmasiga voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligining mavjud bo`lishi va keng tarqalishiga olib 
keluvchi omillar, ya`ni jinoyatchilik sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf 
etish, tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlarga alohida yondoshuv asosida ta`lim-
tarbiya berish va shunga o`xshash vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan. 
28
Voyaga yetmaganlar: qarovsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishning dolzarb muammolari. Ilmiy - amaliy 
konferensiya materiallari. - T.: qonun himoyasida. 2005. -B.8. 


40 
Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatining vazifalari, vakolatlari va 
mazmuniga qarab unda ishtirok etadigan davlat va jamoat tashkilotlarini 
quyidagicha klassifikastiyalanadi
29
:

umumiy vakolatli organlar; 

ixtisoslashmagan organlar; 

qisman ixtisoslashgan organlar; 

ixtisoslashgan organlar. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
parlamenti 
va 
ijroiya 
hokimiyati 
jinoyatchilikning oldini olishning umumiy vakolatli organi hisoblanadi. 
Xususan, parlament qonunlar chiqarish yo`li bilan voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligining oldini olishga ta`sir etadi. O`z navbatida, ijro hokimiyati esa 
yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi. 
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda ommaviy axborot 
vositalari, madaniyat va sport muassasalari, mehnat va ijtimoiy ta`minot 
idoralari va boshqalar jinoyatchilikning oldini olishning ixtisoslashmagan 
subyektlari hisoblanadi. Ular o`zlarining faoliyati davomida voyaga 
yetmaganlarning bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etish hamda bandligini 
ta`minlashda ishtirok etadi va shu yo`l bilan voyaga yetmaganlar jinoyatini 
oldini olishga ko`maklashadi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish