Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
shay edi. Qasos pallasi yetgandi. Ko‘p o‘qli tezotar mauzerni ikkinchi qo‘li ustiga qo‘ydi. Birinchi o‘q 
bilai ko‘r yigitlar boshlig‘i Guram Jo‘xadzeni qulatdi. To‘pponcha ovozi tun qo‘ynida 
momaqaldiroqdek gumburlab ketdi va shu zahoti, yigitlar bo‘g‘zidan hali qo‘shiq so‘zlari uzilmayoq 
boshqa beshovini ham ketma-ket otib yiqitdi. Ular nima ro‘y bertanligini hatto anglolmay qoldilar. 
Shunday qilib, o‘lim charxi yana bir sharmandali aylandi. To‘kilgan qog‘lar uchun yana qonlar 
to‘kildi. 
Shunday. Inson munosabatlarining konunlari aljabr hisob-kitoblariga bo‘ysunmaydilar. Zamin esa 
qonli fojialarning kajavasi kabi do‘naveradi... 
Nahot, axir, bu kajava to oxir zamon bo‘lguncha, Yer oftob atrofida kezib charchatuncha evriladi, 
nahot aylanaveradi qonli charx? 
O’qlar mo‘ljalga aniq urildi. Fakat bir odam titragancha qo‘liga tiralib turmoqchi bo‘ldi. Sandro 
sakrab sakrab borib, uning chakkasidan o‘q qo‘ydi... Otlar qo‘rqib orqaga tisarkldilar va so‘ng 
jilovlangdn yerlarida qotib qoldilar... 
Gulxan yonib bitmagandi. Daryo vag‘illardi. O’rmon va tog‘lar bari o‘z joyida edi, oy yuksaklarda 
sokin kezardi hech narsa yuz bermaganday, yolg‘iz uzoq davom etgan taronagina uzildi, uzildi... 
Sandroning basharasi tun shulasida bo‘zdey oqarib ko‘rinardi. U xars-hars nafas olar, o‘pkasiga 
havo yetmasdi. U meshni shart ko‘tardi-da, tagida qolgan vinoni to‘kib-sochib yutoqib icha boshladi, u 
ichida yonayotgan olovni bosmoqchi bo‘lardi... Keyin sal o‘ziga keldi, gulxan atrofida yotgan 
o‘liklarni xotirjam aylanib chiqdi. So‘ng o‘lganlarning qurollarini oldi, ularni egarlarning boshlariga 
osib qo‘ydi. Otlarni jilov, no‘xtalaridan batamol, bo‘.iatdi, ularni erkin-likka qo‘yib yubordi. Hamma 
otlarni, jumladan, o‘z to‘rig‘ini ham bo‘shatdi... Otlar erkinlikni sezgach, tog‘dan pastga, odamlar 
qo‘nalg‘asi tomon turnaqator tizilishib tushib keta boshladilar. Axir otlar doim odamlar yashaydigan 
tomonga qarab yuradilar... Ularning ortlaridan birpas qarab turdi... Lekin mana, taqalarning ovozlari 
ham eshitilmay qoldi, pastda oyning tutab yotgan
 
beqaror shu’lalari qo‘ynida qator tizilib borayotgan 
otlarning sharpalari ham ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi... 
Hammasi tugadi. Sandro yana bir marto yerda ag‘anab yotgan oltovlon atrofidan aylanib chiqdi-da, 
sal chekkaroqka o‘tdi. Mauzerning og‘zini chakkasiga tiradi. Tog‘larda yana bir o‘q ovozi sadolandi. 
Bu yettinchi edi. U ham o‘z qo‘shig‘ini aytib bitirgandi. 
O’sha gruzin balladasi mana shunday yakunlanardi. 
Eski bulg‘or qo‘shiqlarini ijro etgan yosh bolgar mug‘anniylarini tinglarkanman, birdan shu haqda 
esladim. Bu qo‘shiqlar asrlar zulmatidan turib Yaratganga tavallo qilayotganlarning nolalaridan 
tug‘ilgandi. Ular Yaratganni yo‘qdan bor qilib, so‘ng uni ruhoniy mavjudiyatga aylantirgan edilar. Ular 
o‘zlarini yorug‘ dunyoda juda yolg‘iz his qilardilar, yolg‘iz qo‘shiqlar va duolardagina uni topamiz, 
deb, ishonardidar. 
Men o‘sha voqeani favqulodda bir zum ichida, sanoqli soniyalar ichida yodimga tushirdim va 
barcha hayajonlari bilan boshimdan kechirdim. Tafakkur tezligi oldida yorug‘lik tezligi hech narsa, 
hayol o‘tmishga karab yo‘l olib yana orqaga qaytib, vaqt hamda makon ichida harakat qila oladi, uning 
sur’ati bilan hech narsa tenglasholmaydi.... 
O’sha yillar shunday bo‘lishi mumkin edi. Men bunga mana hozir ishondim. Muallif hikoyaning 
xotimasida Sandro o‘limidan so‘ng orden bilan taqdirlanganligini yozgandi. 
Ammo bir tarafning yangi kirib kelayotgan tarixga qarshiligi va ikkinchi tarafning xuddi mana shu 
tarixni tezlatish uchun besabr kurashi hayotni tub tomirlari bilan o‘zgartirmasa, grajdanlar urushining 
fojialari millatning fojialariga aylanmasaydi, inqilob dalalaridagi bu dahshatli chek-chandiqlar qaerdan 
paydo bo‘lardi va gruzin balladasi shunday yakun toparmidi unda?.. Axir o‘sha yettinchi tantana 
qilishi, yashashi mumkin edi-ku. Lekin u buni istamadi. Buning sabablarini tushuntirish juda qiyin. Har 
kim bu sabablarni o‘zicha keltirishi va izohlashi mumkin. Men esa, o‘sha soat uzoq-uzoqlarda 
turmushning ochiq ummonlarida abadiy suzib yuruvchi ruhafzo hayolning oppoq yelkanlarini 
ko‘targan bulg‘or qo‘shiqlarining kemachasida sayr qilarkanman, gruzin naqlining shunday tugashiga 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish