Mehmonxonalarni isitish uchun suv, bug‘ yoki havo bilan
isitish har
xil sistemalari qo‘llanadi. Tabiiy va mexanik ventilyatsiya yo‘li bilan
mehmonxona xonalaridagi ifloslangan havo chiqarib yuboriladi va toza
havo kiritiladi. Mehmonxonalarda havoni allergenlar
va iflosliklardan
tozalash, ichki iqlimni tartibga solish texnologiyalari qo‘llaniladi.
Yoritish, isitish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarda elektr
energiya sarflanadi. Elektr ta’minoti tizimida ikkita alohida sxema – asosiy
manbadan va zaxira manbadan tok bilan ta’minlash sxemalari nazarda
tutiladi.
Yong‘in signalizatsiyasi sistemasi harajatlari tunash qiymatining 1%
ni tashkil qiladi. Mehmonxonada yong‘in chiqishi sabablari xilma-xil:
chekuvchilar (22,5%), elektr jihozlarning nosozligi (19,7%), texnikaning
nosozligi (18%), oshxonada yong‘in chiqishi (16,3%).
Chet elda o‘tkazilgan tadqiqotlar yirik mehmonxonalarning atigi 26%
da xonalarni yong‘indan himoyalash tadbirlari to‘la, 25% da esa - qisman
bajarilishini ko‘rsatdi. O‘rtacha sig‘imli mehmonxonalar uchun ushbu
ko‘rsatkich tegishincha 11 va 12% ni tashkil etadi. Yirik va o‘rta
mehmonxonalar uchun yong‘in signalizatsiyasi
avtomatlashtirilgan
sistemasi yong‘in haqida ogoh etuvchi birdan-bir ishonchli vosita
hisoblanadi.
Mehmonxonaning yong‘in signalizatsiyasi sistemasini yarim avtonom
tarzda tashkil qilish tavsiya etiladi. Markazlashtirilgan qo‘riqlash pultiga
naqd pullarni vaqtinchalik saqlash xonalari, kassalar, valyuta ayirboshlash
shoxobchalarida o‘rnatilgan signalizatsiya kichik sistemasi haqida axborot
keladi. qolgan barcha xonalar uchun avtonom signalizatsiya sistemasi amal
qiladi.
Mehmonxonaga xabar berish sistemasi ko‘p maqsadli audiosistema
shaklida bo‘ladi. Sistema funksiyalariga quyidagilar kiradi: yuzaga kelgan
favqulodda vaziyat
haqida xodimlarga xabar berish; mikrofon orqali
axborot berish yoki oldindan yozilgan axborotni eshittirish; yangiliklar va
radiodasturlarni translyatsiya qilish.
Mehmonxonalarning televizion sistemalari vazifasiga qarab kuzatish,
qo‘riqlash, axborot sistemalariga tasniflanadi. Televizion kuzatish
sistemasi mehmonxonaning
ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlarini
nazorat qilish imkonini beradi.
Mehmonxonaning mahalliy hisoblash tarmog‘i biznes markazi va
alohida xizmatlarni (ayniqsa, joylashtirish xizmatini) qo‘llab-quvvatlash
hisoblash tarmog‘idan tashkil topadi.
Mehmonxonaning hisoblash
63
tarmog‘i nomerlarni rezervlash va chiptalarni bronlash uchun
mehmonxonalarning tarmoqlariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: