11
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti
– davlat bilan yuridik va
jismoniy shaxslar o‗rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning
faol qismi bo‗lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta
taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo‗lib, ular
natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi
ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo‗ljallangan pul fondi –
davlat byudjeti
shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti
– markaziy hukumat va tegishli
darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo‗ljallangan
markazlashtirilgan pul mablag‗lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti
– markaziy va tegishli mahalliy
hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag‗lari fondini shakllantirish,
taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko‗zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik
xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O‗zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili
1
uchun tuziladi,
ko‗rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 3-moddasida esa ―davlat
byudjeti‖ iborasi ―davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan
ta‘minlash uchun mo‗ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‗armasi‖
2
deb
ta‘riflanadi. Ushbu ta‘rif davlat byudjetining yuqorida sharhlangan moddiy
tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.
―Public budgeting systems‖ nomli qo‗llanmada ―davlat byudjeti nima?‖ deb
qo‗yilgan savolga ―Sodda qilib ta‘riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan,
oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya‘ni
daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z
ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig‗indisi‖
3
, deb ta‘rif berilgan. Retrospektiv
xarakterga ega bo‗lgan, ya‘ni o‗tgan davr ma‘lumotlarini aks ettirishga asoslangan
buxgalteriya hisobotidan farqli o‗laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda
byudjetning o‗tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya
hisobi ma‘lumotlaridan foydalanilsada) byudjet – kelgusida kutilayotgan
daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko‗rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi.
Tarixan,
byudjet
so`zi charm karmon, hamyon, sumka ma‘nosini anglatgan.
Xususan, ―Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning
ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm
sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinshalik byudjet nomini olgan‖
Do'stlaringiz bilan baham: