21
Unitar (yagona) davlat
– bu tarkibidagi ma‘muriy-hududiy birliklar
(tuzilmalar) o‗z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‗lmaydigan davlat
tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‗lgan
huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari,
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy
jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi.
Unitar davlatlarga Angliya, Frantsiya, Italiya,
Vengriya, Qozog‗iston,
Yaponiya, Shvetsiya, Polsha, O‗zbekiston kabi davlatlar kiradi.
1
Federatsiya
davlat tuzilishining ancha murakkab shakli hisoblanadi.
Federativ davlat bir qancha boshqa davlatlardan yoki federatsiya a‘zosi
(subyektlari) bo‗lgan davlat tuzilmalari(shtatlar, kantonlar, ittifoqdosh yoki
avtonom respublikalar va b.)dan tarkib topadi. Ularning har biri o‗z ma‘muriy-
hududiy bo‗linishiga ega. Butun federatsiya uchun umumiy davlat hokimiyati va
boshqaruvi
organlari bilan bir qatorda, har bir federatsiya subyektining hududida
o‗z davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy va mahalliy organlari faoliyat
ko‗rsatadi. Federatsiya a‘zolari (subyektlari) o‗zining sud organlari va boshqa
adliya organlariga ham ega bo‗ladi, o‗z konstitutsiyasi
va qonunlarini qabul
qiladi.
2
FederativdavlatlargaRossiyaFederatsiyasi,
GermaniyaFederativRespublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya, Belgiya,
Shveytsariyakabidavlatlarkiradi.
Konfederatsiya
nisbatan kam tarqalgan davlat tuzilishi shaklidir.
Konfederatsiya davlatlar birlashmasi yoki ittifoqi bo‗lib, uni tashkil etuvchi
davlatlar o‗z mustaqilligini to‗la
saqlab qoladi, o‗zining hokimiyat,
boshqaruv va adliya organlariga
ega bo‗ladi.
Konfederatsiyaga
a‘zo davlatlar o‗z faoliyatini
muvofiqlashtirish uchun qo‗shma
organlar tuzadi. Mazkur organlar
qat‘iy
belgilangan
sohalarda
faoliyat ko‗rsatadi va qat‘iy
belgilangan (iqtisodiy, siyosiy,
harbiy
va
b.)
maqsadlarni
ko‗zlaydi.
Konfederatsiyaga
ba‘zan
davlatlarning
federatsiyaga birlashish sari tutgan yo‗lidagi oraliq bo‗g‗in deb ham qaraladi.
Konfederatsiya alomatlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH)da ham mavjud.
Byudjet tuzilishi mamlakatning davlat byudjetini, uning bo‗g‗inlari
o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni
tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini,
byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy
asoslarini, byudjet tizimi byudjetlari tarkibi va tuzilmasini, byudjet mablag‗larini
1
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoev –
T.: ―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2006 yil. - 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
2
Konstitutsiyaviy huquq. Ensiklopedik lug‘at. Mas‘ul muharrir va mualliflar jamoasining rahbari B. Mustafoyev –
T.:―O‘zbekiston‖ nashriyoti, 2006 yil. - 584 bet. Manba: http://www.lex.uz/dictionary
Do'stlaringiz bilan baham: