8
1.1-rasm. Davlatning asosiy funksiyalari
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o‗zining
teran ilmiy qarashlari, moliya, soliq,
sug‗urta, davlat byudjeti kabi kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari,
kishilik taraqqiyotidagi o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahamiyati,
amaliyotda namoyon bo‗lish shakllari to‗g‗risidagi
fundamental tadqiqotlari va
o‗quv-uslubiy ishlanmalari bilan tanilgan o‗zbek iqtisodchi olimlari T.Malikov va
N.Xaydarovlarning ―Davlat byudjeti‖ nomli o‗quv qo‗llanmalarida ―davlat
byudjeti‖ tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat byudjeti kishilik
jamiyati taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida paydo bo‗lgan bo‗lib, uning
vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi
bilan bevosita bog‗liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‗lgan
ishlab
chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyatining va byudjetning
taqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab beradi‖
1
.
Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan yaratilgan darslik
va ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ tushunchasining turlicha talqini keltiriladi.
Ayrim adabiyotlarda davlat byudjetiga ―davlat daromadlari va xarajatlari
yozilmasi‖ sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida ―davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖
deb ta‘riflanadi, uchinchilari esa ―markazlashgan pul fondini shakllantirish va
ishlatish shakli‖ deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning ma‘lum
funksiyalarini
bajarish maqsadida markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ularda
jamlangan moliyaviy resurslarni sarflash bilan bog‗liq munosabatlarning u yoki bu
jihatini aks ettiradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‗nalishdagi
iqtisodiy maktablar vakillari bo‗lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlari
haqida yuqorida fikr yuritgan edik. Masalan, nomi keltirilgan o‗quv qo‗llanmada
1
Malikov T.S., Xaydarov N.H. Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma – T.: ―IQTISOD–MOLIYA‖, 2007. 5-bet
1,2
• Bozor xo‗jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonun
xujjatlarini ishlab chiqish,
qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish
• Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni
samarali boshqarish va tartibga solish
3,4
• Asosiy ijtimoiy xizmatlarni kafolatlash, aholining muhtoj qatlamlarini
ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash
• Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda,
jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish
5,6
• Davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi va milliy xavfsizligini ta‘minlash
• Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta‘minlash bilan bog‗liq chora-
tadbirlarni amalga oshirish va sh.k.
9
―Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‗shilishini
tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni
taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlar
(iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‗lish shakli
sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi‖
1
, - deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi ―davlat byudjeti‖ tushunchasining talqiniga
nazar tashlasak, masalan, ―Public budgeting systems‖
2
nomli qo‗llanmada
keltirilishicha, ―davlat
byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib
borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‗z xatti-harakatlari uchun
javobgarlik va mas‘uliyatga chaqirishga bo‗lgan intilish bilan bog‗liq‖
Do'stlaringiz bilan baham: