242
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari (S. Hakansson, V.
Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen,
H. Zollner) tomonidan turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan:
“Universallashgan model”
(Buyuk Britaniya, Irlandiya, qisman Daniya) –
milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy qismi umumiy soliqlar
evaziga
moliyalashtiriladi.
tibbiyot
xizmatlari
asosan
davlat sog‗liqni saqlash
muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar
chetdan kontrakt
asosida yollanadi.
“Kontinental model”
(Germaniya, Avstriya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya,
Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan
ajratiladigan ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari evaziga
moliyalashtiriladi. Ularning ulushi jami sog‗liqni saqlash xarajatlarining ¾ qismiga
teng.
“Janubiy model”
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman Italiya) –
sog‗liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish haqi fondi va bandlikka
ko‗maklashish fondiga to‗g‗ri keladi. tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga
qarashli bo‗lgan, ham xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
“Skandinaviya modeli”
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‗liqni
saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (markaziy va
mahalliy budjetlar darajasida). Bunda tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish
haqiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga
qarashli, ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan ko‗rsatiladi.
“Xususiy model”
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi xarajatlari asosan
fuqarolar hisobidan,
qisman esa, davlat mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi.
tibbiyot xizmatlarini taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri
keladi.
“Iqtisodiyoti o„tish sharoitidagi davlatlar modeli”
(Sharqiy Yevropa,
MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu davlatlarda sog‗liqni saqlash
sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi,
shuningdek qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasi pullik xizmat ko‗rsatish institutlariga
o‗tkazilmoqda.
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, aholi salomatligini
saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va
vositalari shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan
ajratilgan iqtisodiy
resurslarning miqdori va sifati hamda sog‗liqni saqlash tizimida ulardan
foydalanish samaradorligi mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy,
siyosiy, ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda sog‗liqni saqlash tizimining uzoq
muddatli va barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun ko‗plab rivojlangan
davlatlarning tibbiyot sohasiga iqtisodiy resurslar va moliyaviy mablag‗larni
safarbar etish modellari va usullarini chuqur o‗rgangan holda, bu boradagi ijobiy
tajribalarni yurtimizda ham tatbiq etish, pirovardida
tibbiyot sohasida ijtimoiy